10
Asosiy aktiv schyotlarning ta’rifi
Tartibga soluvchi schyotlar Tartibga soluvchi schyotlar mablag‘larning
baholanishi yoki mablag‘lar manbalarining summalarini tuzatish (korrektivlash)
uchun mo‘ljallangan. Bu erda tuzatish joriy buxgalteriya hisobi tizimidagi asosiy
schyotlardan tashqari u bilan bog‘langan alohpda
echyot kiritish va uning
summasini mazkur ob’ektning kattakichikligini topish maqsadida asosiy schyotning
summasidan ayirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tartibga soluvchi schyotlardan
foydalanish hisob ob’ektlarini har tomonlama tavsiflovchi real hisob ma’lumotlarnni
olish zaruriyatidan kelib chiqqan.
Tartibga soluvchi schyotlar tegishli ob’ektlar bo‘yicha har bir ob’ektni ikki xil
summada (baholanishda) aks ettiruvchi ikki ko‘rsatkichga ega bo‘lishlik
imkoniyatini beradi. Tartibga
soluvchi schyotlar kontrar, to‘ldiruvchi va
kontrarto‘ldiruvchi schyotlarga bo‘linadi.
11
Kontrar schyotlar tartibga solinuvchi ob’ektlarning haqiqiy hajmini tartibga
soluvchi summani ushbu ob’ektning dastlabki baholanishidan ayirib tashlash yo‘li
bilan aniqlash uchun xizmat qiladi. Ularning ikki turi bo‘ladi: kontraktiv va
kontrpassiv.
Kontraktiv schyotlar asosiy aktiv schyotlarga qarama-qarshi qo‘yiladi va
passiv
hisoblanadi. Kontrpassiv schyotlar, aksincha, asosiy passiv schyotlarga qarama-
qarshi qo‘yiladi va aktiv hisoblanadi. Kontraktiv schetga
misol kilib
«Asosiy vositalarning eskirishi» schyotini olish mumkin. Bu schyot yordamida
olinadigan ko‘rsatkichlar xususiyatini aniqlash uchun u bilan bog‘liq bo‘lgan
boshlang‘ich qoldiq summani «Asosiy vositalar» schyotini olamiz.
Dostları ilə paylaş: