Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


(Doktor Shavqiy Abu Xalil.  Atlas-ul Qur’on. Bayrut. 2001. 14-bet.)  Odam (a.s.) qissasidan dars va ibratlar



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/217
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136939
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   217
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 
(Doktor Shavqiy Abu Xalil. 
Atlas-ul Qur’on. Bayrut. 2001. 14-bet.) 
Odam (a.s.) qissasidan dars va ibratlar 
Odamning yaratilishi va unga barcha farishtalar hurmat bajo keltirib sajda qilgan holda, Iblis Odamni 
mensimasdan takabburlik bilan sajdadan bosh tortgani haqidagi qissa Qur’oni karimning turli suralarida qayta-
qayta zikr etiladi. Sababi bu qissada musulmonlar uchun bir qator dars va ibratlar mavjud. 
1. 
Insoniyatning boshqa maxluqot va mavjudotlardan ulug‘ligi. 
Avvalo, bu qissa orqali Alloh taolo Odamning Yer yuziga xalifa, ya’ni Yer yuzining egasi, xo‘jayini qilib 
yaratgani xabarini bermoqda.
(Baqara, 30.)
Alloh taolo Odamni boshqa maxluqotlarga, hatto farishtalarga ham nasib etmagan moddiy dunyoni bilish va 
tahlil qila olish qobiliyati, ya’ni ilm bilan ziynatladi, unga kelajakda foydalanish va barchasiga egalik qilish 
uchun jamiki mavjudotning nomlarini, yaratilish hikmatlarini o‘rgatdi. Mufassir olimlarning fikrlaricha,
 
ﺎَﻬﱠﻠُآ
 
َءﺎَﻤْﺳﻷا
 
َمَدﺁ
 
َﻢﱠﻠَﻋَو
 
 
«Alloh taolo Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi»,
(Baqara, 31.)
 
-
oyati karimasida insonga 
berilgan ilmning hududsiz ekanligiga ishora bor. Odam farzandi, ya’ni inson tajriba orqali hamma narsani 
tushunish va bilish quvvati bilan butun borliqlarga hokim bo‘lish uchun yaratilgan. Bu oyatda inson bilim 
darajasining farishtalarnikidan anchayin ustun ekanligi ko‘rsatilmoqda.
Bunday bilim sohibi bo‘lgan Odamning ulug‘ligini bildirish uchun farishtalarni unga sajda qilishga buyurdi.
 
Bu martaba faqat Odam otaning o‘zinigina emas, balki uning barcha zurriyotlarining ham martabalaridir. 
Bunga quyidagi oyati karima dalolat qiladi: 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə