Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


shubhasiz, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lib qolurmiz!



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/217
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136939
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   217
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

shubhasiz, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lib qolurmiz!
»
(A’rof, 23.)
- degan duoni Alloh ularning diliga soldi va 
shu duo bilan qilgan tavbalarini ham qabul qildi. Ikkovlari ayriliq azobidan qutuldilar, Makkada uchrashdilar. 
Ular bugungi Baytullohga asos solib, uni tavof qildilar. 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Odam Hindistonga, Havvo esa Jiddaga tushirildi. Odam Havvoni qidirib, 
Arafotda topishdilar, Muzdalifada tunashdilar. Odamning Hindistondagi tushgan joyi «Buz» deb ataluvchi 
tog‘ning yoni edi». 
Odam (a.s.) va Havvoni Makka bilan Toif shaharlari orasidagi Dajan nomli joyga tushganlari ham Ibn Abbos 
(r.a.)dan rivoyat qilingan. Ba’zi olimlar: «Odam (a.s.) Safo tog‘iga, Havvo esa Marva tog‘iga tushganlar», - 
deydilar. 
Imom Tabaroniy va Abu Na’im «Al-Hulya» kitobida rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): 
«Odam 
(a.s.) Hindistonga tushganlar», -
deganlar.
(Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlas-ul Qur’on. Bayrut. 2001.)
Ibn Ishoq aytadi: «Ahli Tavrotlarning rivoyatlaricha, Odamning tushirilgan joyi Hindistonning Ad-Dahnaj va 
Al-Mandal shaharlari orasidagi Bahyal vodiysining Vosim tog‘idadir».
(Tarixi Tabariy, 1-j. 81-bet.)
Odam farishtalarni ko‘rishdan, ularning suhbatini eshitishdan mahrum bo‘lganlaridan keyin, yuraklariga 
g‘ulg‘ula tushib, zerika boshladilar va bu holatlaridan Allohga namoz va du’olarida shikoyat qildilar. Alloh taolo 
Odamni Makkaga borishga buyurdi. Odam (a.s.) Makkaga borar ekanlar, qadamlari yetgan joy keyinchalik 
obod qishloq va shaharlarga aylandi. 
Odam (a.s.) Makkaga yetganlarida Alloh jannatdan bir qizil yoqut chiqarib, hozirgi Ka’ba o‘rniga qo‘ydi. 
Odam (a.s.) uni tavof qilib yurdilar. Allohning To‘foni boshlangach, yoqut yana osmonga olib chiqib ketildi. 
Qachonki, Ibrohim payg‘ambar kelib, Ka’bani qurishga taraddud ko‘rdilar, Alloh o‘z payg‘ambariga Ka’baning 
o‘rnini ko‘rsatib berdi:


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə