2. Ordinalistik yondashuvda qator tovarlarni afzal ko‘rish tartibi bo‘yicha
joylashtirishda naflilikning ma‘lum ketma-ketligiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda
iste‘molchi tovarning bir-biriga qiyosan muhimlilik darajasi bo‘yicha xulosa
chiqarish mumkin. Masalan, birinchi tovar ikkinchisiga, ikkinchisi uchunchisiga
nisbatan afzal ko‘riladi va h.k.
Iste‘molchi uchun naflilikning ikki turi: umumiy va keyingi naflilik muhim.
Keyingi naflilik (marginal utility)
– muayyan ne’matning navbatdagi
birligini iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilikdir.
Keyingi naflilik umumiy naflilikning o‘sgan qismidan iborat bo‘lib, u
naflilik funktsiyasining natijasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir
navbatdagi ne‘mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo‘ladi.
Ne‘matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam
darajada qondiruvchi «so‘nggi nusxasi» mavjud bo‘ladi
5
.
So‘nggi qo‘shilgan naflilik pasayib borish tamoyiliga ega bo‘lib, bu
iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Uning mohiyati shundan iboratki, agar
alohida olingan iste‘molchining holatidan kelib chiqilsa, ne‘matlarni iste‘mol qilish
hajmining ko‘payib borishi bilan, ma‘lum vaqtdan boshlab, muayyan ne‘matning
navbatdagi birligini iste‘mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik oldingisiga
nisbatan kamayib boradi
6
.
Kishi qanchalik ko‘p miqdordagi tovarni iste‘mol qilsa, u shunchalik ko‘p
umumiy naflilikka ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: