Befarqlik egri chizig‘i pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi. Befarqlik egri
chizig‘ining pasayib borishi shu bilan izohlanadiki, tanlanishi lozim bo‘lgan har
ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bir tovarlar
to‘plami (masalan, A) dan boshqa bir tovarlar to‘plami (masalan, V ga) tomon
harakat qilib, iste’molchi naflilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi
shuncha miqdordagi naflilikka ega bo‘lgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V
tovar qanchalik ko‘p bo‘lsa, A tovar shunchalik oz bo‘ladi, chunki A va V tovarlar
o‘rtasida teskari aloqa mavjud. O‘zgaruvchilari o‘rtasida teskari aloqa mavjud
bo‘lgan har qanday egri chiziq esa pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi.
Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to‘plamlari bo‘yicha afzal
ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa,
Dostları ilə paylaş: