(
푀
�
) =
∆푇
�
∆�
�
Bu erda,
∆푇
�
- ortib borgan umumiy naflilik
∆�
�
- iste‘mol qilingan ne‘matning ko‘paygan miqdori.
Keyingi va umumiy naflilikni bir-biri orqali ifodalash mumkin. Umumiy
naflilik iste‘mol qilingan biron-bir ne‘matning keyingi nafliliklari yig‘indisi:
푇
�
=
푀
1
+
푀
2
+
푀
�
Keyingi naflilik esa umumiy yoki qo‘shimcha naflilikning o‘sgan qismi
푀
�
=
푇
�
-
푇
�−
1
Iste‘molchi qandaydir tovarning navbatdagi birligini (portsiya, qismi, kg,
dona va h.k.) iste‘mol qila borib, har bir navbatdagi birligidan kamayib boruvchi
qoniqish oladi. Buning sababi shuki iste‘molchi aynan bir tovarga asta-sekin
to‘yinib, pirovardida uning qoniqishi o‘zining oxirgi chegarasiga etadi. Boshqacha
aytganda mazkur tovarning keyingi nafliligi uni iste‘mol qilish hajmi ortib borishi
bilan kamayib borish tamoyiliga ega bo‘ladi. Bu keyingi (qo‘shilgan) naflilikning
pasayib borish qonuni deb nom olgan. Agar iste‘molchiga tamadi qilingan biror
ovqatning birinchisi 10 «yutil (naflilik o`lchovi)» naf keltirsa, ikkinchisi -7,
uchinchisi -4 va to‘rtinchisi faqat 1 ga teng shunday naf keltiradi.
Iste‘molchi uchun har bir keyingi iste‘mol qilinadigan tovardan kamroq
qo‘shimcha naflilik olishi sababli u aynan shu tovarning navbatdagi birligini narxi
tushsagina sotib oladi. Bu esa talab egri chizig‘ining pasayib boruvchi ko‘rinishda
bo‘lishini taqozo etadi. Iste‘molchi narxlarning mavjud darajasida va mablag‘lari
cheklanganligidan kelib chiqib tanlangan tovar (xizmat)laridan yuqori naf olishni
hohlaydi. Iste‘molchi ratsional harakat qiladi, shu sababli u sub‘ektiv sezgilariga
asoslanib xarid qilinadigan mahsulotlar to‘plamini naflilikning o‘sishini
ta‘minlaydigan darajaga etgunicha o‘zgartiradi.
Dostları ilə paylaş: