9
Tabiiy fanlar ichida fizika yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
Birinchi mav
zuda aytib o‘tilganidek, uning o‘rganadigan
sohasi keng
qamrovlidir. Fizikaning har bir o‘rganilgan yangi qonuniyatlari jamiyat
rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsa tadi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonimizda
ham fizika fanini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib
borilmoqda. Bu ishlar bilan asosan O‘zbekiston Fan
lar
akademiyasiga
tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy ta’lim muassasalari
laboratoriyalaridagi olimlar shug‘ullanadilar.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining
Ulug‘ bek
nomidagi Astronomiya instituti, Akademik S.A.
Azimov
nomidagi «Fizika-Quyosh» IICHB qoshidagi Fizika-texnika instituti
va Materialshunoslik instituti, G‘.Mavlonov
nomidagi Seysmologiya
instituti va Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlar ilmiy-tekshirish institutida
mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik va tovush hodisalariga doir ilmiy
izlanishlar olib borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: