Kegl cc pechat indd


-MAVZU FIZIKADA ISHLATILADIGAN AYRIM ATAMALAR



Yüklə 5,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/134
tarix29.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#139713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
6-sinf Fizika

4-MAVZU
FIZIKADA ISHLATILADIGAN AYRIM ATAMALAR
Fizik jismlar
 deb, tabiatda uchraydigan barcha jismlarga aytiladi.
Ma salan: quyosh, yulduzlar, sayyoralar, toshlar va h.k.
Jismlar sistemasi 
deb, ayrim fizik hodisalar xuddi bitta 
jismdagidek namoyon bo‘ladigan jismlar to‘plamiga aytiladi. 
Masalan, avto 
mobil turli qismlardan tashkil topsa-da, xuddi bitta 
yaxlit qismdek harakatlanadi.
Fizik hodisalar
 deb, moddani tashkil etgan zarralar o‘zgarmay qolgan 
holda sodir bo‘ladigan hodisalarga aytiladi. 
Masalan, toshning 
tushishi, g‘ildirakning aylanishi, suvning qaynashi va muzlashi, 
lampochkadan yorug‘lik chiqishi, radiodan ovoz chiqishi kabi 
jarayonlarda uni tashkil etgan zarralarning ichki tuzilishi o‘zgarmay 
qoladi.
Fizik hodisalarni bevosita 
kuzatish
va 
tajribada tekshirish
orqali 
fizik qonunlar yaratiladi.
Fizik qonun
 deb, hodisalarni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi 
miqdoriy bog‘lanishdan iborat bo‘lgan ifodaga aytiladi.
Kuzatish
 deb, sodir bo‘layotgan hodisaga ta’sir ko‘rsatmasdan, uning 
xususiyatini o‘rganishga aytiladi.
Masalan, jismlarning Yerga tushishini 
o‘rganish da, bu hodisani ko‘p marta kuzatgandan so‘ng, qonuniyat 


10
topiladi. Buning uchun 
tajriba
lar o‘tkaziladi. Tajribalar o‘tkazishda 
kuzatishlar bilan birgalikda 
o‘lchash
ishlari ham olib boriladi.
Masalan, suvning qaynashi o‘rganilayotganda, termometr bilan 
uning temperaturasi o‘lchab boriladi.
Shunday qilib, fizik bilimlarning manbai 
kuzatishlar
va 
tajriba 
o‘tka zish lar
dan iborat ekan.
1. 1-rasmga qarab fizik jismlar va jismlar sistemasini ko‘rsating.
2. Kuzatishlar bilan tajriba o‘tkazishlar orasida qanday farq bor?
3. Fizikaga oid tajribalarga misollar keltiring.

Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə