|
9-mavzu. Tadbirkorlik etikasi va madaniyati9-mavzu. Tadbirkorlik etikasi va madaniyatiTadbirkor madaniyati
Tadbirkor madaniyati deganda tadbirkor odobi va iqtidori o’rtasidagi
dialektik bog’lanish tushuniladi. Bu bog’lanish quyidagi fazilatlar majmua- sida
o‘z aksini topadi:
Odob –
aqlning suyanchig’i, barcha fazilatlarning mezoni. Bejiz xalqimizda: “Aql
bilan odob – egizak”, deyishmaydi. Odob – yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish,
foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Odob vositasida kishi o‘z jonini yomon
xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ay- blardan poklaydi, chiroyli fazilatlardan bezaydi.
Odob tadbirkorni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada aql egalari
bunday tadbirkordan har ishda rozi bo‘lishadi. Odobli tadbirkor esa kundan kunga obro’
topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq topadi.
Umuman odob ikki xil bo‘ladi:
hikmat odobi;
xizmat odobi.
Hikmat odobi
poklik va to‘g‘ri yo‘lga etaklaydi.
Xizmat odobi
esa badavlatlik va
obro’ga yetkazadi. Har ikkisi ham ulug’ fazilat bo‘lib, biri aziz qilsa, ikkinchisi qudratli
qiladi.
Odob rahbarni
aql va axloq egasi bo‘lishga, vijdonli, or-nomusli, sof ko’ngilli,
subutli bo‘lishga da’vat etadi.
Imon
arabcha so‘z bo‘lib, lug’aviy ma’nosi – ishonchdir. Imonli ki- shini, xususan
rahbarni yoki tadbirkorni qisqacha shunday tavsiflash mum- kin:
e’tiqodli,
ya’ni o‘z fikr va qarashlariga mahkam, sobitqadamlik bilan
ishonish va o‘zgalarni ham o‘zidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan ishonishdir.
Ye’tiqod jur’atni, mardlikni, fidoiylikni taqozo etadi;
maslakli,
ya’ni o‘ziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi
ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, g’oyaviy va diniy yo‘l sohibi;
taqvodor,
ya’ni birovning haqiga xiyonat qilmaydigan;
sharm-hayoli,
ya’ni har qanday nojo’ya xatti-harakatlardan o‘zini tiya
oladigan;
Dostları ilə paylaş: |
|
|