9-mavzu. Tadbirkorlik etikasi va madaniyati



Yüklə 328,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix29.11.2023
ölçüsü328,5 Kb.
#140767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
9-mavzu. Tadbirkorlik etikasi va madaniyati

Tadbirkor madaniyati 
Tadbirkor madaniyati deganda tadbirkor odobi va iqtidori o’rtasidagi 
dialektik bog’lanish tushuniladi. Bu bog’lanish quyidagi fazilatlar majmua- sida 
o‘z aksini topadi: 
Odob – 
aqlning suyanchig’i, barcha fazilatlarning mezoni. Bejiz xalqimizda: “Aql 
bilan odob – egizak”, deyishmaydi. Odob – yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, 
foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Odob vositasida kishi o‘z jonini yomon 
xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ay- blardan poklaydi, chiroyli fazilatlardan bezaydi. 
Odob tadbirkorni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada aql egalari 
bunday tadbirkordan har ishda rozi bo‘lishadi. Odobli tadbirkor esa kundan kunga obro’ 
topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq topadi. 
Umuman odob ikki xil bo‘ladi: 

hikmat odobi; 

xizmat odobi. 
Hikmat odobi 
poklik va to‘g‘ri yo‘lga etaklaydi. 
Xizmat odobi 
esa badavlatlik va 
obro’ga yetkazadi. Har ikkisi ham ulug’ fazilat bo‘lib, biri aziz qilsa, ikkinchisi qudratli 
qiladi. 
Odob rahbarni 
aql va axloq egasi bo‘lishga, vijdonli, or-nomusli, sof ko’ngilli, 
subutli bo‘lishga da’vat etadi. 
Imon 
arabcha so‘z bo‘lib, lug’aviy ma’nosi – ishonchdir. Imonli ki- shini, xususan 
rahbarni yoki tadbirkorni qisqacha shunday tavsiflash mum- kin: 

e’tiqodli, 
ya’ni o‘z fikr va qarashlariga mahkam, sobitqadamlik bilan 
ishonish va o‘zgalarni ham o‘zidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan ishonishdir. 
Ye’tiqod jur’atni, mardlikni, fidoiylikni taqozo etadi; 

maslakli, 
ya’ni o‘ziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi 
ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, g’oyaviy va diniy yo‘l sohibi; 

taqvodor, 
ya’ni birovning haqiga xiyonat qilmaydigan; 

sharm-hayoli, 
ya’ni har qanday nojo’ya xatti-harakatlardan o‘zini tiya 
oladigan; 


Yüklə 328,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə