9-mavzu. Tadbirkorlik etikasi va madaniyati


Kengash va majlislarni olib borish madaniyati



Yüklə 328,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix29.11.2023
ölçüsü328,5 Kb.
#140767
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
9-mavzu. Tadbirkorlik etikasi va madaniyati

Kengash va majlislarni olib borish madaniyati. 
Tadbirkor rahbar kengash va 
majlislarni olib borish madaniyatiga ham ega bo‘lishi kerak. Kengash – jamoa fikri. Aql 
zakovatini muayyan masalani muhokama etish va oqilona qaror qabul qilish maqsadida 
uyushtirilgan majlisdir. 
Sohibqiron Amir Temur kengash 
to‘g‘ri
sida shunday deydi: 
“Kengash ikki turli bo‘lur. Biri – til uchida aytilgani, ikkinchisi – dildan chiqqani. Til 
uchida ay- tilganini (shunchaki) eshitardim. Dildan aytilgan maslahatni esa qalbim 
qulog’iga quyardim va dilimga joylardim. Agar (g’anim ustiga) lashkar tortmoqchi 
bo‘lsam, urush-yarashdan o’rtaga so‘z tashlab, amirlarim ko’ngillarining bu ikkovidan 
qay biriga moyilligini bilishga intilardim. Agar yarashdan so‘z ochsalar. Buning 
foydasini urush ziyoniga solishtirib ko’rardim. Agar urushga moyil bo‘lsalar, uning naf 
va foydasini yarash ziyo- niga taqqoslab ko’rardim, qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, shuni 
ixtiyor qi- lardim”. 
Tadbirkor rahbar faoliyatining ro’hiy-psixologik xususiyatlari 
Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan tadbirkorlik va ishbilarmonlik, 
boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi. Boshqarish uslublari, asosan, ongli 
ravishda muayyan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga 
ko’ra tarbiyaviy, moddiy rag’batlantiruvchi, ma’muriy-tashkiliy turlarga bo‘linadi. 
Tarbiyaviy uslub, insonning ma’naviy takomillashishi, ruhiyatiga va boshqa 
ijtimoiy xarakteriga mos ravishda tashkillashtiriladi. 
Moddiy rag’batlantiruvchi uslub esa mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot 
sifatini yaxshilash uchun ishchilarni moddiy qiziqtirish maqsadida tashkil etiladi. 
Ma’muriy-tashkiliy uslub 
asosan jamiyat talablarini qondirishga qaratilgan 
bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va mehnat taqsimotini rejali olib borish uchun 
qo‘llaniladi. Bu uslub ikki turda bo‘lishi mumkin: uzoq muddatga moslashtiriladigan va 
bir martalik bo‘lishi mumkin. Shart- sharoitiga ko’ra, kerakli uslub qo‘llaniladi va bu 
takomillashtirib boriladi. Boshqarish uslublarini takomillashtirishdan asosiy maqsad 
daromadni to‘g‘ri taqsimlash, har bir ishchi, xizmatchining o‘z mehnatiga yarasha 
daromad ol- ishini ta’minlashdir. Demak, boshqarish uslublarini hayotga shunday tatbiq 
etish kerakki, har bir inson mehnat qilsagina, turmushi yaxshi bo‘lishiga ishonch hosil 
qilsin. 

Yüklə 328,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə