9-mavzu. Tadbirkorlik etikasi va madaniyati


Jamoaning tarkib topish bosqichi



Yüklə 328,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix29.11.2023
ölçüsü328,5 Kb.
#140767
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
9-mavzu. Tadbirkorlik etikasi va madaniyati

Jamoaning tarkib topish bosqichi. 
Bu bosqichda tadbirkor rahbar jamoa har bir 
a’zosining mehnatga munosabatini aniqlashga harakat qiladi. Kimki faoliyatining ijtimoiy 
ahamiyatini chuqur anglasa, bor kuchi, ijodkorligini ishga safarbar etadi. Jamoada faollar 
va dangasalar, ishga halaqit beruvchilar bo‘lishi mumkin. Tadbirkor rahbar bunday holda 
xodimlar o’rnini almashtirish, mehnatga munosabatini o‘zgartirish, o‘z ishiga qiziqtirish, 
tashabbus ko’rsatishga undash orqali jamoa faoliyatini ta’minlaydi. U bu ishlarni qo‘l os- 
tidagilar faoliyatini kuzatish, nazorat qilish, baholash, mehnat natijalarini chamalab ko’rish 


46 
bilan qo’shib olib boradi. 
Har bir a’zoning jamoaga moslashish bosqichi. 
Bu bosqichda «qolo- qlar», 
«ishga halaqit beruvchilar» qolmaydi. Ularning shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari jamoa 
faoliyati bilan uyg’unlashib, moslashib ketadi. Sof axloqiyruhiy muhit yaratilgan mehnat 
jamoasida faollik, ijodkorlik, kasbga qiziquvchanlik barqaror tus oladi. Shaxsda yaxshi 
niyat paydo bo‘ladi, maqsad va ehtiyojlarini qondirishga intilish, mehnasevarlik 
kuchayadi. Ham- korlikdagi mehnatdan zavq olish shaxslararo munosabatlarni yaxshi-
laydi. 
Insoniy qadriyatlarga erishish bosqichi. 
Bu bosqichda jamoa his- tuyg’ulari bir 
maqsad yo‘lida umumlashadi. Jamoaviy faollik vujudga keladi, an’anaviylik qaror 
topadi. Inson o‘z qiziqish va intilishlarini jamoa hayoti bi- lan bog’laydi. Atrofdagilarga 
ishonch ortadi, do’stlik va muhabbat rishtalari mustahkamlanadi. Bu jarayonlarda 
tadbirkor rahbar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Bunda tadbirkorning o‘ziga xos 
ish yuritishi, boshqaruv malakasi, tashkilotchiligi, tarbiyaviy ishlarni olib borish 
mahorati yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Yaxshi tadbirkor rahbar uchun ma’lum shaxsiy sifatlar zarur. U qat’iyatligi va 
chaqqon, ziyrak bo‘lishi kerak. Tadbirkor o‘ziga kerakli fikrlarni yig’a bilishi kerak. 99 foiz 
ilg’or g’oyalar mutaxassislar bilan muloqotda yuzaga kelsa, 1 foiz g’oyalar odamlarni 
yeshita bilishida paydo bo‘ladi. Buning uchun suhbatlash- ishni bilish, o’rganish, shaxsiy 
g’arazlarni unutish, g’oyalarni tartibga solish, eng asosiysi, doimo o’qish-o’rganish 
kerak. Aks holda, u o‘z ishini baholay olmaydi. 

Yüklə 328,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə