9-mavzu. Tadbirkorlik etikasi va madaniyati


Nutq va tafakkur sifatlari



Yüklə 328,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix29.11.2023
ölçüsü328,5 Kb.
#140767
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
9-mavzu. Tadbirkorlik etikasi va madaniyati

Nutq va tafakkur sifatlari 
– kuchli xotira, doimiy diqqatning bar- qarorligi
sog’lom aql, fikrning kengligi, chuqurligi, tezligi, muammo mohiyatini tez anglab olish, 
ijodiylik, fikrni og’zaki va yozma shaklda qisqa, tushunarli, aniq tarzda ifodalash. 
Xarakter sifatlari – 
maqsadga intiluvchanlik, dadillik, mardlik, ishonch, o‘zini 
tuta bilish, o‘zi va boshqalarga nisbatan talabchanlik, tavakkal qilish qobiliyati, qiyin 
vaziyatlarda ham o‘zini yo’qotmaslik, xazil-mutoyiba tuyg’usi. 
His-tuyg’u sifatlari 
– his-tuyg’ularning turg’unligi, aniqligi, ifodaliligi, kuchli 
xayajonli holatlarda to‘g‘ri harakatlar qilish qobiliyati, muloqotga kirishganda boshqalar 
kayfiyatini, his-tuyg’ularini hisobga olish, o‘z his- hayajonlarini va kayfiyatlarini 
boshqara olish. 
Xulq-atvor sifatlari 
– yanada yaxshilashga intilish va uni himoya etish, kishilar 
bilan munosabatda samimiylik, halollik. 
Tadbirkor rahbarning ruhiy-fiziologik sifatlari: 
1.
Arzimas narsalardan janjal chiqarmaslik, achchiqlanmaslik, ba’zan ko’rib 
ko’rmaganga olish. 
2.
Ruhiy jarayonlarda bosiqlik. 
3.
Ruhiy, xayajonli xavf-xatar hollarida o‘zini yo’qotib qo‘ymaslik. 
4.
O‘zini anglashda faollik, kayfiyatda o‘ta sezgirlik. 
5.
Jismoniy sog’lom va har tomonlama barkamollik. 
Tadbirkor rahbarning axloqiy, ma’naviy sifatlari: 
1.
Mehnasevarlik, 
kishilarga 
nisbatan mehribonlik,
insonparvarlik, samimiylik, halollik, vijdonlilik, sabr-matonat, holislik. 
2.
Tartiblilik va intizomlilik, o‘ziga va boshqalarga talabchanlik, o‘zgalar 
fikrini tushunish va hisobga olish. 
Uyushish-jipslashish 
bosqichi. 
Mehnat 
jamoasiga 
uyushish-jipslashish 
hamkorlikda faoliyat qilish zaruratidan kelib chiqadi. Bunda jamoa a’zolarining 
malakasi, qobiliyati, qiziqishlari e’tiborga olinadi. Shaxsiy ehtiyojlarni qondirishdagi 
faoliyat kishilarni jipslashtiradi. Tadbirkor rahbar mehnat jarayonida kishilarning bilimi, 
kasbi, malakasi, yoshini hisobga olib, ularni jamoaga to’playdi. Bunda tadbirkor 
rahbarning tashkilotchilik qobili- yati namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 328,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə