Sensor, perseptiv hamda kognitiv rivojlanish. Predmetlar bilan o‘ynash, his-tuyg‘uning o‘sishi yoki jonlanishi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix19.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#117975
  1   2   3   4   5   6   7
4 - Mavzu 4975e6a4db20669c144e2697de71f05b



4- Mavzu: Chakaloklik davrining psixologik xususiyatlari va uning
psixodiagnostikasi
Reja:
1.
 
Chaqaloqlik davrida jismoniy rivojlanish. Chaqaloqlik davrida psixologik 
rivojlanish xususiyatlari.
2.
 
Sensor, perseptiv hamda kognitiv rivojlanish.
3.
 
Predmetlar bilan o‘ynash, his-tuyg‘uning o‘sishi yoki jonlanishi.
4.
 
Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari.
5.
 
Go‘dak va muloqot, go‘daklik davrida nutqning vujudga kelishi, kognitiv va 
perseptiv jarayonlarning rivojlanishidagi shart –sharoitlar. 
Tayanch tushunchalar: 
Pernitaldavr, “jonlanish” kompleksi, emotsional 
muloqot, sensor deprivatsiya, emotsional deprivatsiya, ko‘z kenvergensiyasi, 
sensorfaollik, predmetli harakat. 

Chaqaloqlik davrida jismoniy rivojlanish.
Chaqaloqlik davrida psixologik rivojlanish xususiyatlari.

Chaqaloqning yangi sharoitda yashashini ta’minlovchi asosiy omil tug‘ilishda 


unda vujudga kelgan tabiiy mexanizmlardir. U tashqi sharoit va muhitga moslashish 
imkonini beradigan, nisbatan yetilgan nerv sistemasi bilan tug‘iladi. Tug‘ilganidan 
boshlab mazkur reflekslar organizmda qon aylanishi, nafas olish hamda nafas 
chiqarishni ta’minlaydi. 
Birinchi kundanoq kuchli qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan ko‘zni qisish, 
pirpiratish, uning qorachig‘ini kengaytirish yoki toraytirish mexanizmlari ishlay 
boshlaydi. Bu reflekslarni himoya reflekslari deyiladi.
Chaqaloqda himoya reflekslaridan tashqari, qo‘zg‘atuvchilar bilan aloqa 
o‘rnatishga xizmat qiladigan reflekslar ham bo‘ladi. Bularni orientir reflekslari deb 
ataladi. Chaqaloqlarni kuzatishlarda ikki uch kunlik bola xonaga quyosh nuri 
tushishi bilan boshini yorug‘lik tomonga burishi, chaqaloq xonaga asta kirib 
kelayotgan nur manbaini ham sezishi yaqqol ko‘rindi. 
Yuqorida aytilgan reflekslardan tashqari, bolada bir necha tug‘ma tabiiy 
reflekslar ham uchraydi; emish refleksi og‘ziga tushgan narsani so‘rishga o‘z 
ifodasini topsa qo‘l kaftiga biror narsaning tegishi ushlash, chang solish reaksiyasini 
vujudga keltiradi. o‘zidan narsani itarish, uzoqlashtirish refleksi mavjudligini 
ko’rsatadi va bu hol tovonga qandaydir jism tegishi bilan uni o‘zidan 
uzoqlashtirishda namoyon bo‘ladi. 
Psixolog 
V.S.Muxinaning fikricha, chaqaloqda tug‘ilshiga qadar ham 
shartsiz reflekslar bo‘lishi, unga homilalik paytidayoq o‘z qo‘lini so‘rish imkonini 
yaratadi. 
Tug‘ilgan chaqaloqning vazni tez kamaya boradi. Buning sababi undan 
suyuqlik moddasining chiqib ketishi, vaznsizlik holati atmosfera bosimiga, quyosh 
nuriga, turli xususiyatli moddalar ta’siriga, o‘zgaruvchan havo haroratiga 
moslashish davrida ko‘p kuch-quvvat sarflanishidir. Bu davrning kechishida 
chaqaloqlarning ham individual, ham jismoniy tafovutlari ko‘zga tashlanadi. Oradan 
ko‘p vaqt o‘tmay chaqaloq vaznnining kamayishi tabiiy ravishda to‘xtaydi va uning 


yangi muhitga moslashishi boshlanadi. Kindik tushish davri organizmda keskin 
o‘zgarishlar yuz berish pallasi hisoblanib, murg‘ak organning mustaqil 
yashayotganidan dalolat beradi. Chaqaloqning oldingi vazniga yetishda va 
hayotining birinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri keladi. 
Chaqaloq organizmining anatomik- fiziologik, morfologik tuzilish bo‘yicha, 
boshqa yoshdagi odamlarnikidan farqi ham rivojlangani, zaifligi, ish qobiliyatining 
kuchsizligidir. Uning suyak sistemasi, pay-muskullari va tog‘ay to‘qimalarining 
o‘sishi katta yoshdagi kishilarnikidan ham sur’at, ham sifat jihatidan farqlanadi. 
Chaqaloqdagi muskullarning takomillashishi harakat negizini vujudga keltiradi; shu 
bilan birga har bir biologik organning mustaqil harakati va faoliyatini ta’minlashga 
xizmat qiladi. Bolada bo‘yin muskullarining o‘sishi bo‘ynini tutishga olib kelsa, tana 
muskullarining rivojlanishi kattalar yordamida ag‘anash imkonini, qo‘l va oyoq 
muskullarining yetilishi esa jismoniy harakat qilish, jismlarga qo‘l cho‘zish uchun 
sharoit yaratadi.Bolaning chaqaloqlik davri jismoniy jixatdan juda tez rivojlanish 
davridir. Odatda odamning yoshi tug’ilgan kunidan boshlab xisoblanadi. Lekin 
aslida odamning dunyoga kelishi, rivojlanishi tug’ilmasdan ilgarigi, ya’ni ona 
qornidagi davridan boshlanadi. Bola onaning qornidaligi davrida, ya’ni to’qqiz oy 
mobaynida juda tez va juda murakkab taraqqiyot yo’lini bosib o’tadi. Bolaning 
tug’ilgandan keyingi normal taraqqiyoti uning ona qornidagi tarakkiyoti bilan uzviy 
bog’liqdir. 
Shuning uchun bolaning tug’ilgunga qadar bo’lgan taraqqiyotiga xam diqqat-
e’tibor bilan qarash lozim, chunki tug’ilgandan keyin xam bolaga tashqi muhit ta’sir 
qiladi. Lekin bu ta’sir faqat ona orqali, onaning organizmi orqali bo’ladi. 
Xomiladorlik davrining xar jixatdan normal o’tishi bolaning ona qornidagi normal 
taraqqiyotini va xar jixatdan yetuk tug’ilishini ta’minlaydi. 
Bolaning tug’ilgandan keyin bir yoshgacha bo’lgan davri nisbatan kam xarakat 
va «nutksiz» taraqqiyot davridir. Bu davrda bolaning o’sishi va taraqqiyoti tor, oila 
va yasli doirasida yuzaga keladi. Ammo shunday bo’lsa ham bu davrlar jixatdan juda 
tez rivojlanish davridir. Bu davrda bola deyarli faqat ona suti bilangina ovqatlanadi, 
u xali gapira olmaydi va mustaqil harakat kila olmaydi. Bu davrda bola ojiz bo’lib, 
kattalarning doimiy va to’g’ri parvarish qilishlariga muhtoj bo’ladi. 
Yangi tugilgan va bir yoshgacha bo’lgan bolalarning tashqi qiyofalari katta 
odamlarning tashqi qiyofalaridan ancha farq qiladi. Yangi tug’ilgan bolaning boshi 
gavdasiga nisbatan juda ham katta gavdasining to’rtdan bir qismiga barobar) , bo’yni 
deyarli yo’q darajada kiska, gavdasi uzun, oyoq-ko’llari gavdasiga nisbatan qisqa 
bo’ladi. Katta yoshli odamning boshi gavdasining sakkizdan bir qismiga to’g’ri 
keladi. 
Bundan tashqari chaqaloq bolaning yuzi juda kichkina bo’ladi, chunki yuqorigi 
va pastki jag’lari xali ishlamaganligi tufayli rivojlanmagan bo’ladi. Chaqaloq bolalar 
ichk organlarining holati va faoliyati ham katta odamlarnikidan anchagina farq 
qiladi. Masalan, undagi xavo kiradigan mayda pufakchalarning soni mikdor 
jixatidan katta odamlarniki bilan barobar bo’lsa ham, ular juda mayda bo’ladi (katta 
odamlarnikiga nisbatan uch barobar kichik bo’ladi). Buning uchun chaqaloq bolalar 
katta odamlarga nisbatan uch barobar tez nafas oladilar. Chakaloq bola bir minutda 
50 - 60 marta nafas olsa, katta yoshdagi odam xuddi shu vaqt ichida 14-16 marta 


nafas oladi. Chakaloq bola jismoniy jihatdan juda tez o’sayotganligi tufayli sof 
havoga ayniqsa muxtoj bo’ladi. Ilk yoshdagi bolalarning taraqqiyotida, buni albatta 
hisobga olish zarur. 
Agar chaqaloq bola o’ringa o’ngay holatda yotqizilmasa, siqib yo’rgaklansa va 
ochiq xavoga olib chiqilmasa, uning nafas olishida qo’shimcha qiyinchilik vujudga 
keladi. 
Chaqaloq bolaning yuragi katta odamning yuragiga nisbatan anchagina tez uradi. 
Masalan, katta odamning yuragi bir minutda o’rtacha 70 – 75 marta ursa, chaqaloq 
bolaning yuragi 120 va undan ortiq marta uradi. Buning asosiy sababi chaqaloq 
bolalar yuragining har bir qisqarishida bosib chiqargan qon xajmining (miqdorining) 
ozligi, yurak muskullarining hali zaifligi bilan bog’liq. Bundan tashqari, chaqaloq 
bolalar yuragining nisbatan tez urishi ular organizmida modda almashinish 
jarayonining intensivligi jadalligi bilan xam bog’liqdir. 
Chaqaloq bolalarda badanning xaroratini idora qilish xali yaxshi rivojlanmagan 
bo’ladi. Chaqaloq bolalarda tanasining vazniga qaraganda terisining umumiy sathi 
(yuzasi) nisbatan katta xamda terisi katta odamlar terisiga qaraganda ancha yupqa 
bo’ladi. Shu sababli ular normal taraqqiyot uchun kerakli haroratni yo’qotib sovuq 
qotishi mumkin. Chaqaloq bola bilan munosabatda bo’ladigan tarbiyachi shuni na-
zarda tutishi lozimki, bu yoshdagi bolalarning haroratlari (temperaturalari) tez 
o’zgaruvchan bo’ladi. Bolaning ortiqcha harakatlari ham ovqat yeyishi ham 
temperaturasiga ta’sir qiladi. Shu sababli chaqaloq bolalarni tarbiyalashda rejimning 
ahamiyati nihoyatda kattadir. 
Chaqaloq bolalarni hamisha o’z vaktida ovqatlantirish, uxlatish va o’z vaqtida u 
bilan shug’ullanish (gaplashish, o’ynatish) kerak. 
Chaqaloq bolalarning ovqat hazm qilish a’zolari ham o’ziga xos xususiyatga ega. 
Ularning oshqozonlari hali juda kichkina, oshqozon va ichak muskullari 
rivojlanmagan, juda zaif bo’ladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarning eng yaxshi 
ovqati ona sutidir. Bolalar katta odamlarga nisbatan tez-tez ovqatlantiriladi. Buning 
sababi ravshan. Agar katta odamlarga ovqat sarf qilgan quvvatlarini tiklash 
maqsadida kerak bo’lsa, bolalar uchun esa ovqat sarf qilgan quvvatlarini tiklashdan 
tashqari o’sishlari uchun ham kerak. Bolaning organizmi esa to’xtovsiz o’sadi, 
buning uchun esa juda ko’p ozuqa moddalar kerak bo’ladi. Ozuqa moddalarni bola 
ovqat orqali oladi. Shu sababli bolaning jismoniy jihatdan normal o’sishida o’z 
vaqtida ovqatlanishi va ovqatning sifati juda katta ahamiyatga ega. 
Normal tug’ilgan bolaning o’rtacha vazni 2800-25O0 g, bo’yi 45-52 santimetr 
bo’ladi. Bir yil davomida uning vazni va bo’yi ayniqsa sezilarli o’zgaradi. Normal 
o’sib ulg’ayayotgan bola yarim yoshga yetganida uning vazni ikki barobar, bir 
yoshga yetganida esa uch barobar ortadi. Bolaning vazni dastlabki oylarda, ayniqsa, 
bir-uch oyligida ko’proq ortadi. Keyinroq borib vaznning ortishi birmuncha 
sekinlashib boradi va bir yoshga to’lgach, bolaning vazni 9 kg ga yetadi. 
Tarbiyachi bolalarning umumiy psixik taraqqiyotlari va psixologik sifatlarini turli 
faoliyatlar jarayonida o’rganib ular hakida to’la ma’lumotlarga ega bo’la olmaydi. 
To’la ma’lumotga ega bo’lish uchun tarbiyachi bolaning uy sharoitida, xulq-atvori 
va xatti-harakatlariga doir ma’lumotlardan ham habardor bo’lishi shart. Tarbiyachi 
har bir bolaning fe’l-atvori va xatti-harakatlariga doir kuzatgan faktlarni yozma 


ravishda qayd qilib borishi va har bir bolaga maktabga chiqish oldidan 
to’la 
psixologik-pedagogik xarakterisrika tuzishi lozim. 
Chaqaloqning anotamik-fiziologik tuzilishini tahlil qilsak, uning suyak 
sisitemasida ohak moddasi va har xil tuzlar yetishmasligining guvohi bo‘lamiz. Shu 
sababli suyak funksiyasini ko‘proq tog‘ay to‘qimalari bajaradi. Bosh suyaklari 
bolalarning ikki oyligida o‘zaro qo‘shilib ketadi. Bosh suyakning peshona va tepa 
qismlari o‘rtasida liqildoq deb ataladigan qalin parda va teri bilan qoplangan oraliq 
mavjud bo‘ladi. U bola bir yoshdan oshganidan keyin suyak bilan qoplanib boradi, 
lekin u haqiqiy suyak bo‘lmaydi. Bir yoshga to’lgunga qadar bolaning bo’yi ham 
juda tez o’sadi. Xuddi vazni kabi bolaning bo’yi ham dastlabki oylarida ayniqsa tez 
o’sadi. Keyin bo’yining o’sishi xam ancha sekinlashadi. Agar bola bir yoshga 
to’lguncha taxminan 25 sm ga o’ssa, keyingi ikki yil ichida faqat 18 sm ga o’sadi. . 
Yangi tug’ilgan bolaning suyaklari, ya’ni skeleti hali 
katta 
odamlarniki singari 
qattiq va mustahkam bo’lmaydi. Chaqaloq bolaning skeleti deyarli yumshoq 
tog’aydan iborat bo’ladi. Keyingi taraqqiyot davrida ya’ni bir yoshga to’lguncha 
uning skeleti suyakka aylana boshlaydi. Agar bola chaqaloqlik davridan to’g’ri 
parvarish qilinmasa uning skletidagi turli qismlari o’zgarib biror yeri qiyshiq bo’lib 
qolishi mumkin. Keyinchilik xollarda bolaning noto’g’ri o’tirishi, noto’g’ri yotishi 
natijasida umurtqa suyagi qiyshayib qolishi mumkin, chunki umurtqa suyagi juda 
elastik (egiluvchan) bo’ladi. 
So’ngi yillarda bolalar organizmini noto’g’ri parvarish kilish bilan bog’lik 
bo’lgan skolioz kasalligi hakida ko’plab gapirmoqda. Darhaqiqat bolalarda paydo 
bo’ladigan skolioz (umurtqa suyagining kiyshayib kolishi) kasalligi ko’pchilik 
xollarda bolalar gavdasining normal o’sishiga ota-onalar va tarbiyachilarining 
befarq munosabatda bo’lishlari tufayli yuzaga keladi.
Skolioz (bukir) kasalligi juda og’ir majruxlikdir. Skolioz asosan ikki yo’l 
bilan paydo bo’ladi. Ulardan birinchisi tug’ma skolioz bo’lsa, ikkinchisi individual 
hayot davomida orttirilgan skoliozdir. Biz asosan ana shu individual hayot davomida 
bo’ladigan skoliozning oldini olishimiz, ya’ni uning paydo bo’lishiga yo’l 
qo’ymasligimiz kerak. Skolioz kasalligi dastavval mutlaqo bilinmaydi va juda 
sekinlik bilan rivojlanadi, vaqt o’tishi bilan
 
u ko’zga tashlana boshlaydi. 
Skolioz kasalligi juda qiyin davolanadi. Uni davolashda ortoped-vrachlar 
juda kiyinchiliklarga duch keladilar. Skolioz kasalligi o’g’il bolalarda ham qiz 
bolalarda ham uchraydi. Qiz bolalarning muskul va skeletlari o’g’il bolalarga
nisbatan zaifroq bo’lganligi tufayli ular skolioz kasalligiga moyilroq bo’ladilar. 
Bolalarda uchraydigan skolioz kasalligi muskul va skletlarning tez o’sishi va bu 
o’sish davomida bolalarni noto’g’ri o’tirishlari va noto’g’ri yotishlari tufayli 
vujudga keladi. Skolioz kasalligiga uchragan bola juda nogiron qiyofaga kirib 
qoladi. 
Skolioz kasalligiga uchramaslik uchun bola yotadigan to’shak tekis, boshiga 
qo’yiladigan yostiq xam ortiqcha baland bo’lmasligi kerak. Bola yurishni 
o’rganayotganida gox ung, gox chap qo’lidan ushlab unga yordam berish lozim. Ana 
shu kabilarga rioya qilgandagina bolani skolioz (bukir) kasalligidan saqlab qolish 
mumkin.


Chaqaloq nerv sistemasining yuksak darajada rivojlangan qismi, ya’ni bosh 
miya katta yarimsharlari tashqi ko‘rinishi bilan katta odamnikiga aynan o‘xshasa 
ham, aslida undan ko‘p farq qiladi. Odamlarni o‘zaro qiyoslasak, ajoyib manzarani 
ko‘ramiz: miyaning og‘irligi chaqaloq tanasining sakkizdan bir va katta odamlarda 
esa qirqdan bir qismini tashkil etadi. Chaqaloqlarda bosh gavdaga nisbatan kattaroq 
ko‘rinsada, u hali juda bo‘sh, mukammallashmagan bo‘ladi. Ularning organizmi 
jadal sur’at bilan o‘sish davridan o‘tadi. Bu davrda chaqaloqning og‘irligi 3-5 kg 
bo‘lishiga qaramay, miyasining og‘irligi 300-350 grammni tashkil qiladi, xolos. 
Chaqaloqning miyasi xujayralarining miqdori, “ariq” chalarning yaqqol ko‘zga 
tashlanmasligi, nerv hujayralri tarmog‘i jihatidan katta odamlarning miyasidan farq 
qiladi.
Yuqoridagi fikrlarni isbotlashda harakat qilgan psixolog Ye.A.Arkinning 
ta’kidlashicha, -bola tug‘ilishga harakat qilayotgan paytida uning miyasini bir xil 
kulrang massa tashkil etadi, uning nerv tolalarida mislin qobig‘I bo‘lmaydi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə