Sensor, perseptiv hamda kognitiv rivojlanish. Predmetlar bilan o‘ynash, his-tuyg‘uning o‘sishi yoki jonlanishi


Go‘dak va muloqot, go‘daklik davrida nutqning vujudga kelishi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix19.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#117975
1   2   3   4   5   6   7
4 - Mavzu 4975e6a4db20669c144e2697de71f05b

Go‘dak va muloqot, go‘daklik davrida nutqning vujudga kelishi, 
kognitiv va perseptiv jarayonlarning rivojlanishidagi shart –sharoitlar.
Oldingi sahifalarda bayon qilinganidek, go‘dakning kattalar bilan uzviy 
bog‘liqligi majburiy muloqotga kirishishni taqozo qiladi. Shaxslararo aloqa 
o‘rnatish zarurati bolada noverbal, nutqsiz muloqotning maxsus shakli paydo 
bo‘lishiga olib keladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, organizmning tashqi va 
ichki qo‘zg‘atuvchilariga javobi “jonlanish”ni keltirib chiqaradi. Muloqotning eng 
oddiy ko‘rinishlari keyinchalik boshqa murakkabroq ko‘rinishlarining vujudga 
kelishiga puxta zamin yaratadi. 
Katta yoshli kishilar tovushiga taqlid qilib, go‘dakni qurshab turgan odamlar 
nutqini idrok qilinishi tom ma’nodagi nutq faoliyatini tarkib toptiradi. Muloqotning 
so‘nggi turlari go‘dak hayotining ikkinchi yarim yilida ko‘zga tashlanadi. Uning 
o‘zini parvarishlayotgan, odamlarga ilk tabassum, quvonch va shodlik tuyg‘usi bilan 
boqishi faqat xush kechinmalaridan emas, balki ichki mexanizmlarini ifodalovchi, 
muayyan darajada tashkil topgan ijobiy ta’sirlanishni aks ettiruvchi muloqotdan ham 
iboratdir. Katta yoshli odamlardan ta’sirlanish his-tuyg‘usi go‘dakning hayoti va 
faoliyatida bir necha yo‘nalishda qaror topib boradi. Ulardan bittasi quvonch yoki 
tabassum tuyg‘usida: kattalarga butun vujudi bilan talpinishi, tiqilib turishi
harakatlarini kuzatishi, qo‘lini uzatishi, boshini qo‘zg‘atuvchi kelgan tomonga 
burishi, o‘ziga xos tovushlar chiqarishi yoki gugulashida yaqqol ko‘rinadi. 
Ta’sirlanish his-tuyg‘usi “jonlanish majmuasi” bilangina emas, balki uning alohida 
tarkibiy qismlari (tovush, chehra va hokazolar) ta’sirida ham vujudga keladi. 
Ta’sirlanish tuyg‘usi keyinchalik tanlovchanlik xususiyatini kasb etib, faqat ayrim 
(yaqin, tug‘ishgan) kishilarga nisbatangina hosil bo‘ladi. 
Bolaning hamkorlikdagi (ota-ona, enaga, murabbiy yoki tug‘ishganlari 
ishtrokidagi) o‘yin faoliyati ham, his-tuyg‘uga berilishi ham nutq va nutq faoliyati 
bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.


Olima G.L.Rozengart-Pupko bolaning nutqni tushinishi (idrok qilishi) 
jarayonini o‘rganib, ko‘ruv idroki va predmetlarga ko‘z yugurtirish, ularning 
nomlarini tushinish rivojlanishiga yordam beradi, deya xulosa chiqaradi. 
Tadqiqotchilardan Z.I.Barabanova go‘dakning nutqni idrok qilishini tekshirib, 
undagi turli analizatorlarning roliga baho beradi. Uning ma’lumotlariga qaraganda, 
g‘o‘zg’atuvchi 10 marta namoyon bo‘lishida ko‘ruv analizatorlarining yo‘nalishi 86 
foiz bolaga saqlangan, eshituv analizatorining esa 60 foiz sinaluvchilarda yo‘qola 
boshlagan. Qo‘zg‘atuvchining 20 marta ta’sir ko‘rsatishi natijasida ko‘ruv 
analizatorini ta’sirlanish orientirovkasi 18 foiz bolada so‘ngan, eshituv analizatori 
xuddi shu paytda umuman batamom so‘nib bo‘lgan. 
D.B.Elkonin xulosasiga ko‘ra, nutqni tushinish vujudga kelishining asosiy 
shartalri quyidagilardan iborat: a) umumiy holatdagi predmetni ajrata olish; b) 
predmet diqqat e’tiborini to‘plash; v) favqulodda holatga qarab anglanadigan his-
tuyg‘uning mavjudligi va boshqalar. 
O‘zgalar nutqini tushinish ko‘ruv idrokining zamirida vujudga keladi. Bolani 
o‘zgalar nutqini tushinishga o‘rgatishda katta odamlar biror o‘yinchoqdan 
ta’sirlanishi hosil qiladigan qo‘zg‘atuvchini uyg‘otadi. 
Nutqni idrok qilish va tushunishning oxirgi bosqichi go‘dakning 9-10 
oyligidan boshlanadi va uni o‘zgalar nutqini tushunishning ilk shakli va ko‘rinishi 
deb ataladi.
Tadqiqotchi F.I.Fradkina kattalarning go‘dakka qaratilgan nutqidan quyidagi 
ta’sirlanish holatlarini ko‘rish mumkinligini aniqlagan: 1) nomi aytilgan predmetga 
javob tariqasida burilib qarash (7-8 oylikdan); 2) turmush tajribasiga egallangan 
harakatlarni kattalar eslatishi bilanoq bajarishga intilish (7-8 oylikda); 3) 
kattalarning nutq orqali ko‘rsatmasi bo‘yicha oddiy topshiriqlarni bajarish (9-10 
oylikda); 4) nutq orqali ko‘rsatma bo‘yicha zarur predmetni tanlab olish. (10-11 
oylikda); 5) “Mumkin emas” degan taqiqlovchi so‘z ta’sirida harakatini to‘xtatish 
(12 oylikda) va hokazo. 
Go‘dakda o‘zgalar nutqini idrok qilish va unga javob berishga intilish, 
xususan qo‘zg‘atuvchiga javoban u yoki bu harakatni amalga oshirish 
murakkablashib boraveradi. Bular uning aqliy imkoniyatlari darajasiga (tiyrakligiga, 
topqirligiga) bevosita bog‘liq bo‘lib, bola ulardan ta’sirlanish natijasida narsalarga 
nigoh tashlaydi, uni ushlab olish uchun qo‘l cho‘zadi, unga emaklab boradi. 
Tushunish vujudga kelayotgan jarayonda favqulodda holatga qarab ta’sirlanishning 
o‘zi ham murakkablashib boradi. Dastlab ta’sirlanish biror jismga nisbatan paydo 
bo‘ladi, keyinchalik biror jismni boshqa ob’ektlar bilan yonma-yon turgan joyidan 
tanlab olish birmuncha qiyinchilik bilan ko‘chadi. Tushunishning rivojlanish 
bosqichlari ko‘ruv idroki bilan nutq o‘rtasidagi o‘ziga xos munosabat tariqasida 
namoyon bo‘ladi. Shuning uchun tushunish, ya’ni nutqni idrok qilish go‘dakni 
orientirlash faoliyati negizida vujudga kelib, ko‘ruv orientiri shaklida ifodalanadi. 
Tushunishning o‘zi ham ko‘ruv orientirning o‘sishidan yangi bosqich hisoblanib, 
harakatning so‘z bilan boshqaruv bosqichiga ko‘chganligini bildiradi.
 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə