Sensor, perseptiv hamda kognitiv rivojlanish. Predmetlar bilan o‘ynash, his-tuyg‘uning o‘sishi yoki jonlanishi


Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix19.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#117975
1   2   3   4   5   6   7
4 - Mavzu 4975e6a4db20669c144e2697de71f05b

Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari 
Gudak bolalar jismoniy jixatdan tez rivojlanishi bilan birga psixik jixatdan xam 
juda tez rivojlanadilar. Chakalok bolalar psixikasining rivojlanishi, birinchidan, 
analizatorlarning takomillashuvi bilan boglik bulsa, ikkinchidan, mustakil 
xarakatlarining usishi bilan boglikdir. Analizatorlarning tez takomillashuvi nati-
jasida bola uch oylik bulgandan sung unda dastlabki shartli reflekslar yuzaga kela 
boshlaydi. Demak, ana shu davrdan boshlab bola psixikasi tez rivojlanish yiliga 
kiradi. Yukorida aytib o’tganimizdek, u dastavval bolada xarakat analizatorlari bilan 
boglik bulgan, undan sung eshitish va kurish analizatorlari bilan boglik bulgan 


shartli reflekslar yuzaga keladi. Ana shu tarika barcha analizatorlarga nisbatan xar 
xil murakkablikda shartli reflekslar tobora ko’plab yuzaga kela boradi. Shartli 
reflekslarning yuzaga kelishi bola psixikasining rivojlanishi uchun moddiy zamin 
buladi.Keyinchalik, ya’ni ikki-uch oylik bolalarda analizatorlar faoliyatining 
takomillashuvi natijasida ta’sir kilayotgan ko’zg’atuvchilarni farqlash kobiliyati 
yuzaga kela boshlaydi. Dastavval turli ovozlarni so’ngra ayrim yorkin ranglarni 
ta’mlarni, farqlay boshlaydi. Nixoyat uch oylik bola atrofidagi juda ko’p narsalardan 
odamni farqlaydigan va odamga nisbatan qandaydir boshkacha reaksiya kiladigan 
bo’ladi. Uch oylik bola oldiga kelgan odamga tikilib, emotsional munosabatda bo’la 
boshlaydi. U odamga uzok, vakt tikilib karaydi. Lablarini xarakatlantirib, tilini 
aylantirib odamning nutkiga taklid kilmokchi bo’ladi. Ana shu davrdan boshlab 
bolalar bilan imkoni boricha mexribonlik oxangida gaplashib turish kerak. Ana 
shunday munosabatlar natijasida bolada kandaydir aktivlik, kattalarga talpinish 
reaksiyasi yuzaga keladi. Psixologlar bolalarda kattalar bilan bulgan munosabatdan 
yuzaga keladigan emotsional reaksiyalarni jonlanish kompleksi deb ataganlar. Bu 
kompleksda bola uning bilan munosabatda bulayotgan odamga muloyim tikilib, 
jilmayadi, qo’l va oyoklari bilan talpinib, kandaydir ovoz chikaradi. 
Bolada kandaydir kuchli mamnunlik xissiyuzaga keladi. Lekin shuni unutmaslik 
kerakki, agar bolalar bilan keragidan ortiq darajada munosabatda bulib, ularda 
jonlanish kompleksini yuzaga keltira berilsa, ular kattalarga urganib qoladilar va 
uyinchoqlarga karamay quyadilar. 
Gudak bola yoshiga tulguncha juda ko’p xarakatlarni uzlashtirib oladi. 
Bolaning kiladigan turli-tuman harakatlari orasida qo’l xarakatlari psixik taraqiyoti 
uchun muxim bulgan xarakatlardir. To’rt oylik bola narsalarga kul chuzadigan 
buladi, ammo u xali uzining qul xarakatlarini idora qilaolmaydi. Bola besh oylik 
bulgach, narsalarni ushlab, uni paypaslab, timirskilab kuradigan buladi.
Bolaning kulxarakatlariatrofidaginarsalarnibilishkuroligaaylanadi, chunki u 
narsalarni paypaslab, timirskilab kurish orkali ularning ayrim xususiyatlarini bilib 
oladi. Bolaning psixik tarakkiyotida murakkab xarakatlarni egallab borish juda katta 
rol uynaydi. Bola olti oylik bulgach, mustakil utira oladigan buladi. Bola utira 
boshlagandan sung uning nazar doirasi kengayib, unda yangidan-yangi taassurotlar 
paydo buladi. Bola ko’z ungida yangi taassurotlarning paydo bulishi idrok, dikkat, 
xotira kabi psixik jarayonlarning rivojlanishiga katta yordam beradi. Bola sakkiz 
oylik bulgach yana bir murakkab xarakatni, ya’ni emaklashni boshlaydi. Bola 
psixikasini rivojlanishida bu yangi xarakatning axamiyati juda kattadir. Emaklay 
boshlagach, bolaning atrofdagi narsalar bilan munosabatda bulish imkoniyati 
kengayadi. Natijada mustakil xarakat kilib, yangidan-yangi narsalarni taniy 
boshlaydi. Bolani xamma narsa kiziqtiradi. U bir narsani olib ikkinchi narsaga urib 
taqillatadi va chikayotgan ovozga kuloq soladi. Odatda bu yoshdagi bolalar bir on 
narsaning qopqog’ini ochib yopishni yoktiradilar. Bunday xarakatlar bolaning qo’l 
muskullarini mustaxkamlaydi va narsalarning turli xossalarini bilib olishlariga 
yordam beradi. 
Og’ir kasallikka uchramay, jismoniy jixatdan sog’lom o’sgan bola 9- 10 oylik 


bo’lganida yura boshlaydi. Bolaning mustakil tarzda yura boshlashi, uning xayotida 
nixoyat katta xodisadir. Bola yura boshlagandan so’ng uning psixik tarakkiyoti 
uchun juda katta imkoniyatlar yuzaga keladi. Yura boshlagan bolaning faolligi kun 
sayin ortib, erkin xarakat kilish doirasi kengayadi. Bemalol yura oladigan bola tor 
uy doirasidan tashkariga chikishim koniyatiga ega buladi. Bu esa idrok doirasini 
kengaytirib, mazmundor bulishiga yordam beradi. 
Olti-yetti oylik bolalarda taklid kilish xarakatlari paydo bula boshlaydi. Bola 
psixikasining tarakkiyotida taklidning roli juda kattadir. Bola juda ko’p xarakatlarni 
va nutkni asosan taklid kilish orkali egallaydi. Bolani besh-olti oylikdan boshlab 
nutkni tushinishga urgata boshlash lozim. Buning uchun bolaga uyinchok yoki biron 
narsani bir necha marta nomini aytib ko’rsatish kerak. Keyinchalik bolada ba’zi 
narsalarning nomi aytilganda, u ko’zlari bilan shu narsani qidirib topadigan bo’ladi. 
Bu narsa bolaning kattalar nutqiga tushuna boshlaganidan darak beradi. Bola nutqini 
ozmi-ko’pmi tushuna boshlagandan so’ng unga faqat narsalarning nomini emas, 
balki ayrim sodda xarakatlarning xam nomlarini o’rgata boshlash lozim. 
Harakatning nomini ogzaki takrorlab, ayni vaktda shu xarakatning bajarilishi ham 
bir necha marta ko’rsatilsa, bola xarakatning nomini eshitish bilan uni bajarishga 
o’rganadi. Masalan, chapak-chapak, deb takrorlab turib chapak chalinsa, bola shu 
so’z aytilishi bilan chapak chaladigan, yosh bolaga «assalom alaykum», deb ta’zim 
kilib kursatilsa, bola shu so’zni eshitishi bilan ta’zim qiladigan bo’ladi. Bola ayrim 
so’zlarga tushuna boshlagach, kattalar bilan ko’prok alokada bo’lishni xoxlaydi. 
Ana shundan foydalanib, bola bilan imkoni boricha ko’prok munosabatda bo’lishga, 
uning nutkini o’stirishga xarakat kilish lozim. Buning eng oson yo’li bola bilan 
mashg’ul bo’lgan paytda unga eng sodda so’z elementlarini to’g’ri ayta bilishni 
o’rgatishdir. Chunonchi, kuchukning rasmini ko’rsatib, «Mana, vov-
vov»,mushukning rasmini ko’rsatib, «mana, miyov-miyov», xo’roz yoki tovukning 
rasmini ko’rsatib, «mana ku-ku» deyish kerak. Bunda bolalar «vov-vov», «miyov-
miyov», «kuk-ku» kabi so’z elementlarini ravon talaffuz qilishga o’rganadilar. 
Bundan tashkari 9-10 oylik bolalarga so’z tana a’zolarining nomlarini xam urgata 
boshlash kerak. Bolaga - «mana burning , «mana og’zing, «mana kuzing» , «mana 
koshi» , «mana kuli» deb bir necha marta takrorlab kursatilgandan keyin, bola uz 
a’zolarining nomini aytish bilan ularni birin-ketin kursatadigan buladi. Keyinchalik 
bolalarda ana shunday sodda suzlarni umumlashtirish qobiliyatini xam ustirish 
kerak. Bolaga «oyingning kuzi kani?», « kugirchokning burni qani?», 
«akangningkulikani?» kabi savollar berilsa, bola bu a’zolarni to’g’ri ko’rsatishga 
o’rganadi. 
Bola dastlabki paytlarda tilga tushuna boshlashi katta odamlarning talaffuz 
intonatsiyalari va bolaga kursatib qiladigan ishora xarakatlari bilan bogliq buladi. 
Shuning uchun xali yoshiga tulmagan bolalar xar bir so’zni shu so’z orkali 
ifodalangan konkret narsalar bilan boglay olmaydilar. Boshkacha kilib aytganda, 
yoshiga yetmagani bolalarda ayrim so’zlarni tushunish xali ikkinchi signal 
darajasiga(ya’ni signalning signali darajasiga) kutarilgan emas. Bu degan so’z shuki, 
xali yoshiga yetmagan bolalar so’zlarni shu so’zlar orkali ifodalangan narsalar bilan 
assotsiativ tarzda bog’lash orkali emas, balki intonatsiya va imo-ishora xarakatlar 
orkal itushunadilar. Bolalar nutkining o’sishi ular idroki, xotirasi, tafakkuri, xayoli 


va irodasi kabi yuksak psixik jarayonlarining rivojlalishiga yordam beradi. 
Shunday qilib, ilk yoshdagi bolaning psixikasi uning aktiv faoliyati, turli-
tuman xarakatlari, o’z atrofidagi narsalarni ko’proq bilib olishi jarayonida rivojlanar 
ekan, uning erkin harakatlari uchun kulay sharoit yaratish zarur. Bola xarakatlarini 
cheklash esa psixikasining normal rivojlanishiga ma’lum darajada zarar yetkazadi. 
Shu sababli bolali xarakat qilishga imkon bermaydigan xolatga solib ko’yish xaddan 
tashkari kattik siqib yo’rgaklamaslik, uzoq vakt yurgaklangan xolatda kolib 
ketmasligi kerak. 
Bir yoshga to’lgan davrdan boshlab bolalarga ayrim gigienik odatlarni 
singdirib borish kerak. Odat qanchalik yoshlikdan boshlab singdirilsa, u shunchalik 
mustaxkam, ya’ni odamning qalbiga shunchalik chuqur joylashadi. Bolalarga 
dastavval ozodalik odatlarini singdirib borish kerak. Buning uchun ovkatlantirishdan 
oldin, bolaning oldiga fartukcha yoki sochikcha tutib qo’yish va ovkatni qoshiqda 
oz-ozdan olish kerak. Agar ovqat bolaning ogiz atroflariga surkalib tegib ketsa, shu 
zaxotiyoq artib turish kerak. Ana shularning xammasi so’z bilan ifodalab bajarilsa, 
bola zexn solib turadi va tez orada shunga odatlanib qoladi. Keyinchali kovkatlanish 
oldidan fartukcha yo sochiq tutmasangiz, bolaning uzi talab kiladigan buladi. 


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə