Sensor, perseptiv hamda kognitiv rivojlanish. Predmetlar bilan o‘ynash, his-tuyg‘uning o‘sishi yoki jonlanishi


Predmetlar bilan o‘ynash, his-tuyg‘uning o‘sishi yoki jonlanishi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix19.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#117975
1   2   3   4   5   6   7
4 - Mavzu 4975e6a4db20669c144e2697de71f05b

Predmetlar bilan o‘ynash, his-tuyg‘uning o‘sishi yoki jonlanishi.
Chaqaloqning hayoti qichqiriq sadosi bilan boshlanadi va bu ko‘pincha 
shartsiz reflektor xususiyatidan kelib chiqadi. Dastlabki qichqiriq tovush oralig‘i 
qisilishining bevosita mahsuli sifatida, organizmning tabiiy ehtiyoji natijasida 
vujudga keladi. Qisilish avval nafas olish refleksini ham boshqaradi. 
Shungaqaramay, mutaxxassis olimlarning fikricha, birinchi qichqiriq noxush his-
tuyg‘uning namoyon bo‘lishidir. Qisilish tanglik (zo‘riqish) tuyg‘usining vujudga 
kelishidir. Shuning uchun chaqaloqdagi muskul reaksiyasi bilan emotsional 
munosabatni farqlash ancha qiyin. Qichqiriq noxush kechinma va sezgilarga javob 


tariqasida vujudga kelib, issiqqa, ochlikka va namlikka qarshilik vazifasini bajaradi. 
Chaqaloqni to‘g‘ri tarbiyalash jarayonida qichqiriq emotsional kechinmalarning 
yana bir turi yig‘lashga aylanadi. Yig‘lash bola jismniy og‘riqni, ruhiy qayg‘uni, 
iztirobni tabiiy aks ettirishining manbai bo‘ladi, tashqi olam bilan aloqa 
o‘rnatishning eng zarur vositasi sifatida chaqaloqning hayot faoliyatida alohida 
ahamiyat kasb etadi. U noxush tuyg‘ularnigina aks ettirib qolmay, tabiiy ehtiyojlarni 
qondirish mexanizmi sifatida xizmat qilishi mumkin.
Go‘daklik va ilk bolalaik davridagi bolalarning psixologik o‘ziga
 
h
osligi. 
Ko‘rsatkichlar 
2-3 yosh 
Tafakkur 
Ko‘rgazmali harakatli. 
Nutq 
So‘zlar birkmasi, fe’lni tushunish. 
Bilish 
jarayonlarining 
ixtiyoriyligi 
D\T va xotira ixtiyorsiz. 
Fiziologik ta’sirchanlik 
Jismoniy noqulaylikka yuqori ta’sirchanlik. 
Bilish obekti 
Bevosita o‘rab turgan predmetlar, ularning ichki 
tuzilishi. 
Bilish usuli 
Predmetlar bilan manipulyatsiya qilish, ularni 
ajratish. 
Muvaffaqiyat sharti 
Rivojlantiruvchi sohaning turli-tumanligi. 
Muloqot shakli 
Vaziyatli – shaxsiy. 
Tengdoshlar 
bilan 
munosabat 
Kam qiziqarli. 
Kattalar bilan munosabat 
Himoya, erkalash va yordam manbai 
Nizolar 
Kattalar bilan (“meno‘zim”) 
Emotsiyalar 
Kuchli modallik,,keskin o‘yinlar. 
O‘yinning faoliyati 
Predmetli-manipulyativ- o‘yin “yonimda”. 
 
Bola bir oyga to‘lgach o‘zini parvarish qilayotgan odamga initiladigan, 
talpinadigan bo‘ladi va buning misoli tariqasida uning kishilar orasida “o‘z” 
kishisini tanishi va ajratishini aytish mumkin. 
Mazkur psixolog holatni N.L.Figurin va M.P. Denisovalar “jonlanish” deb 
ataganlar. Bu davrda, bolaning psixik dunyosida tetiklik, his-tuyg‘usida esa atrof-
muhitdan ta’sirlanish o‘z aksini topadi. Ularning fikricha, bolaning katta yoshdagi 
odamlarga o‘z munosabatini bildirishi uning bundan keyingi o‘sishini belgilovchi 
bosqich va zifasini o‘taydi. 
Psixolog Ye.K.Kaverina bolaning tashqi ta’siriga javob bildirishini tadqiq 
qilib, unda odamning va jismlarga munosabat bir xilligini ta’kidlaydi. Uning 
fikricha, insonning aft-angoriga qarab ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘onishi keyinchalik 
vujudga keladi. Ta’sirga berilish va ta’sirlanishning mazkur shakli bola bilan kattalar 
o‘rtasidagi aloqaning boshlang‘ich ko‘rinishi hisoblanadi. Shaxslararo aloqaning bu 
shakli chaqaloqlik davrining tugashi va ilk bolalikning boshlanishidan dalolat 
beradi. 
PsixologD.B.Elkonin nazariyasiga ko‘ra chaqaloqlik davridan ilk bolalik, 
go‘daklik davriga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Bular: 


1.
Ko‘z va quloq yordamida diqqatni muayyan ob’ektga qaratish 
(to‘plash)ning 
paydo 
bo‘lishi, 
bolaharakatfaoliyatiningqaytaqurilishiboshlangani, 
alohidanamoyonbo‘luvchiharakatningxulqhodisasigaaylanishi. 
2.
Sirtdan idrok qilinuvchi barcha ob’ektlarga (sub’ektlarga) yo‘nalgan 
alohida qo‘zg‘atuvchiga nisbatan shartli reflekslar hosil bo‘lishi. 
3.
Katta yoshdag odamlarga (onasiga va yaqin kishilarga) nisbatan 
emotsional reaksiyalar (his-tuyg‘ular, kechinmalar) yangi ehtiyoj paydo 
bo‘lishining ko‘rsatkichi ekanligi. 
4.
Bolaning (chaqaloqning) kattalar bilan muloqatda bo‘lish ehtiyoji uning 
keyingi psixik o‘sishi negizini tashkil etish va hokazolar. 
Go‘dakning bir yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarini o‘rganish 
bo‘yicha qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N.L.Figurin, M.P.Denisova, 
M.Yu.Kistyakovskaya, A.Vallon, D.B.Elkonin, Ye.A.Arkin, S.Fayans, Sh.Byuler, 
F.I.Fradkinalarning asarlari alohida ahamiyatga molikdir. 
S.Fayans tajribasida go‘dakka chiroyli va jozibador o‘yinchoqlar 9 sm 
masofadan ko‘rsatilganda u butun vujudi bilan ularga intilgan keyinchalik oraliq 60 
sm bo‘lganida bolaning intilish, qo‘l cho‘zishi, sustlashgan va nihoyat ular 100 sm 
dan ko‘rsatilganda bolada intilishi, cho‘zilishi, ixtiyorsiz harakati mutlaqo so‘ngan. 
U o‘yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga ham ana shunday befarq qaragan. 
Masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik kuchayib 
borishini kuzatib borish mumkin.
Yuqoridagi tajriba materiallari asosida, shunday xulosa chiqarish mumkin: 
kattalar go‘dak qatnashayotgan faoliyatni jonlantiradilar. Go‘dakni qurshab turgan 
jismlar borgan sari uning nigohini o‘ziga tortib, maftun qilib, qo‘zg‘atuvchi 
vazifasini bajarib, bolaning qidirish, mo‘ljal olish, chamalash faoliyatini 
kuchaytirishga xizmat qiladi. 
Tadqiqotchi 
A.V.Yarmolenko 
yarim 
yoshlik 
go‘daklarda jozibali 
narsalarning o‘zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Muallif olgan ma’lumotlarga 
qaraganda, go‘dak behisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) tobora 
aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. Shu bilan birga harakatsiz ko‘ruv 
qo‘zg‘atuvchisiga diqqatni to‘plash 26 sekunddan 37 sekundgacha, harakat 
qilmayotgan odamga bolaning tiqilishi 34 sekunddan 111 sekundgacha, harakatdagi 
ko‘ruv qo‘zg‘atuvchisiga qarashi, 41 sekunddan 78 sekundgacha, harakatdagi 
insonga e’tibor berishi 49 sekunddan 186 sekundgacha ortgan. Tajribada go‘dakning 
harakatlanayotgan odamga diqqatni to‘plab turishi to‘rt marotaba ortgani 
aniqlangan. 
Bizningcha, go‘dak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini 
barqarorroq qaratishi uning kattalarga munosabati o‘zgarganidan emas, balki ular 
bilan aloqaga kirishganda sust ritseptor o‘rnini faolroq retseptor egallaganidandir. 
Go‘dakda fazoviy tassavurning boyishida jismlarni idrok qilishdagi farqlashning 
takomillashuvi muhim vosita hisoblanadi. Hayot tajribasi ortib borishi, mashqlar 
natijasida jismlarning alomat va belgilarni farqlash o’quvi paydo bo‘ladi.
Fransuz psixologi Anri Vallon go‘dakda ijtimoiy ta’sirlanish ortib borishini 
atroflicha tadqiq qilgan olimdir. Uning ta‘kidlashicha, yarim yoshli bolada boshqa 


odamlardan farqli ravshda javob reaksiyasi (ta’siri) o‘zining yuqori bosqichiga 
ko‘tariladi. Bola olti oyligida boshqa kishilarning imo-ishorasiz ta’siriga javob 
berishi (ta’sirlanishi) 50 foizni tashkil qiladi, yetti oyligida esa aynan shu reaksiya 
20 foizga kamayadi, ammo imo-ishora orqali muloqot 41 foizga ortadi; yetti-sakkiz 
oylikda boshqa kishilarga talpinishi, tabassum qilish birinchi yarim yillikdagidan 
to‘rt marta ko‘pdir. 
Yuqoridagi tadqiqotlarning fikr-mulohazalarini umumlashtirsak, qimmatli 
umumpsixologik fikrlarni muayyan tartibda, izchil joylashtirish mumkin bo‘ladi. 
Birinchidan, mazkur yosh davrida bola bilan uni parvarish qilayotgan kattalar 
o‘rtasida yaqin va nisbatan barqaror aloqa o‘rnatiladi. Ikkinchidan, go‘dak 
qatnashadigan har qanday favqulodiy holat va muammoli vaziyatda kattalar 
markaziy siymoga aylanadilar. Uchinchidan, go‘daklik davrining oxirida 
hamkorlikdagi o‘yin faoliyati individual o‘yin faoliyatiga aylanadi. 
Shunday qilib, go‘daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish ehtiyoji 
tug‘iladi va bu aloqa nutq davrigacha muloqotning o‘ziga xos yangi shakli sifatida 
bolaning o‘sishida muhim rol o‘ynaydi. Bir yoshgacha davrda paydo bo‘lgan 
ehtiyojning tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha muloqot cheklanganligining
nomutanosibligi bir yoshdagi inqirozi keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan qarama-
qarshilik o‘z yechimini nutq orqali muloqot davrida topadi va bola o‘sishning bir 
bosqichidan ikkinchi bosqichiga o‘tayotganini ifodalaydi. Go‘dakning nutq faoliyati 
takomillashgani sayin muloqotning mazmuni boyib, ko‘lami kengayib boradi. 
Natijada haqiqiy ma’nodagi shaxslararo munosabat vujudga keladi, go‘dakning 
shaxsga aylanishi va ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi. Mazkur davrda 
go‘dakning o‘sishini ta’minlovchi ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlar yaratilishi – 
bolaning faollligi ortishi uchun psixologik negiz bo‘ladi. 
Harakatning psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini qator tajribalar 
asosida o‘rgangan olimlardan D.B.Elkoninning ishonch bilan ta’kidlashicha 2-3 
haftalik go‘dakda ko‘z konvergensiyasi vujudga kelsa ham, o‘z nigohini turli 
jismlarga qaratib turish jarayoni qiyin kechadi, hayotining 3-5 haftalarida esa uning 
nigohi oz fursat bo‘lsada, muayyan ob’ektga to‘plana boshlaydi. 4-5 haftalik 
go‘dakda 1-1,5 metr naridagi jismlarni kuzatish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. Ikki oylik 
bola 2-4 metr uzoqlikdagi narsani kuzatishni o‘rganadi, uch oyligida 4-7 metr 
oraliqdagi jismlarni ham payqay oladi, nihoyat, 6-10 haftalik go‘dak hatto, 
aylanayotgan predmetning harakatini idrok qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Keyinchalik hissiy organlarining ko‘z bilan funksional aloqalar o‘rnatish qaror 
topadi. Go‘dak to‘rt oyligida uning jismga tiqilish va uni tomosha qilishi nisbatan 
barqaror bo‘ladi. 
Yuqoridagi fikrlarga qaramay, mazkur yoshdagi bolalarda qo‘l harakati hali 
beixtiyor xususiyatga ega bo‘lib, jismlarna maqsadga muvofiq harakatlantirishdan 
ancha uzoqdir. Go‘dak 4 oyligidan boshlab narsaga qo‘lini yo‘naltiradi, asta-sekin 
unda paypaslash o’quvi namoyon bo‘la boshlaydi. 5-6 oyligida predmetni ushlash 
va uni o‘ziga tortib olish (qo‘ldan yulib olish) ko‘nikmalari shakllanadi. Harakat va 
teri tuyush organlari sifatida qo‘sh vazifani o‘tuvchi ko‘rish qobiliyati bir maromda 
rivojlanishdan birmuncha kechikadi. Bola 6 oyligida unda o‘tirish, turish, emaklash, 
yurish, gapirish ko‘nikmalari shakllanadi.


Qo‘l ushlash harakatining vujudga kelishi ham go‘daklik davrining muhim 
rivojlanish pallasi hisoblanadi. Chunki qo‘l bilan ushlash harakati, birinchidan 
ko‘rish harakatini muvofiqlashtirsa, ikkinchidan, mazkur psixologik holat birinchi 
yo‘naltirilgan harakatni ifodalaydi, uchinchidan, jismlarni ishlashga intilishning o‘zi 
predmet bilan turli harakatlarni bajarish (manipulyatsiya)ning eng qulay shartidir. 
Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, “yangilik” alomati bola uchun muhim 
ahamiyat kasb etgani sababli unda orientir refleksi borgan sari faollashib borgan. 
Shuning uchun “yangi”lik alomatining qo‘zg‘atuvchilik xususiyati bolaning 
faoliyatida uchraydigan takroriy va uzluksiz harakat mexanizmlarini tushinishga, 
idrok qilinayotgan narsalarga faol ko‘z yugurtirish va predmet bilan turli 
harakatlarni bajarishning psixolgik mohiyatini ochishga xizmat qiladi. 
R.Ya.Abramovich – Lextman go‘dakning bir yoshgacha davrida predmetlar 
bilan harakat qilishini o‘rganib, ularning oltita rivojlanish bosqichidan iborat 
ekanligini aytadi. Bular: a) faol sergaklik (tetiklik)-2 haftalikdan 4-5 haftalikkacha; 
b) sensorfaollik-1,5 oylikdan 2,5-3 oylikkacha; v) harakat oldi-2,5-3 oylikdan 4-4,5 
oylikkacha; g) sodda “sermahsul” harakat –4 oylikdan 7 oygacha; d) o‘zaro 
bog‘langan (uyg‘un) harakat-7 oylikdan 10 oylikkacha; ye) funksional harakat –10-
11 oylikdan 12-13 oylikkacha davom etadi. Muallif har bir bosqichining o‘ziga xos 
xususiyatlarini ham sxematik, ham tekstual tarzda ifodalagan. 
Bir yoshgacha bolalarda ta’sirlanishning eng muhim jihatlari paydo bo‘lishi 
va shakllanishi jarayonining rivojlanishi sxemasini N.L.Figurinva M.P.Denisova 
tuzdilar. Buning uchun ular ta’sirlanishning 34 ta ko‘rinishini tanlab: ta’sirlanish 
mavjud emasligi, ta’sirlanish namoyon bo‘lishi, uzil-kesil ta’sirlanish shakllanishi 
bosqichlarida psixologik tavsif berganlar. 
Predmetning 
xususiyatiga 
qarab 
bola 
harakatidagi 
o‘zgarishlarni 
M.Yu.Kistyakovskaya, D.B.Elkonin, Ye.A.Arkin, V.S.Muxina, N.A.Menchinskaya 
va boshqalar, retseptor faoliyat mexanizmlarni I.P.Pavlovvauning shogirdlari 
F.R.Dunaevskiy va boshqalar o‘rganishgan. Ularning talqinicha, emaklash 
go‘dakning 
fazoda 
mustaqil 
holda 
o‘rin 
almashtirishi, 
harakatqilishningdastlabkiko‘rinishidir. Mustaqilyurish – go‘dakning insonlarga xos 
yo‘sinda fazoda siljish, joyidan qo‘zg‘alishni amalga oshirish uchun muayyan 
darajada tayyorgarlikni taqozo qiluvchi harakatlarining yangi ko‘rinshidir. 
Shunday qilib, go‘dakning jismlar bilan bevosita amaliy aloqaga kirishuvi va 
ular yordamida harakatlanishi narsalarning yangi xossa va xususiyatlarini bilib 
borishi, ular bilan munosabatini yanada kengaytirishi uchun imkon yaratadi. 


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə