31
Radiometriya
– radioaktiv manbalardagi nuklidlarning aktivligi (vaqt birligida
parchalanishlar soni)ni o‘lchash usullarining majmuidir. Radioaktiv zararlanish
darajasini aniqlash va o‘lchash uchun qo‘llaniladigan asboblar radiometrlar ya’ni
aktivlikni o‘lchagichlar deyiladi.
1.7. Yadroviy aylanishlar (o‘zgarishlar).
Ionlashtiruvchi nurlanishlarning tavsifi
Yadroviy o‘zgarishlarga yadroviy, yadroviy
zanjirli va termoyadroviy
reaksiyalar kiradi.
Yadroviy reaksiyalar
–
elementar zarrachalar,
-kvantlar yoki bir-biri bilan
o‘zaro ta’sirlashishi natijasida atom yadrolarining o‘zgarishidir.
Bu hodisa tabiiy
sharoitlarda, masalan, birlamchi kosmik nurlantirishlar (
p
С
n
N
1
1
14
6
1
0
14
7
+
→
+
) ta’siri
ostida, yoki yangi kimyoviy elementlar olish maqsadida antropogen faoliyat
(
n
5
Ku
Ne
Pu
1
0
259
104
22
10
242
94
+
→
+
)
natijasida, yadroviy portlashlar (yo‘naltirilgan
aktivlik) va xokazolar natijasida sodir bo‘ladi.
Yadroviy zanjirli reaksiyalar
– neytronlar ta’siri ostida atom yadrolarining o‘z
o‘zini qo‘llab-quvvatlab turuvchi bo‘linish reaksiyasi bo‘lib, bunda xar bir
parchalanish akti kamida 1 ta neytron chiqarilishi bilan kechadi va buning natijasida
reaksiya davom etishi ta’minlanadi. Bo‘linish zanjirli
reaksiyalari tabiiy
235
U (1.6-
rasm) izotopi uchun shuningdek texnogenli
239
Ru va
233
U xarakterlidir. Birinchisi
238
U
yadrolarini, ikkinchisi esa –
232
Th yadrolarini neytronlar bilan nurlantirish natijasida
hosil qilinadi.
Uran
U
235
92
yadrosining parchalanishi energiyasi taxminan 0,1 eV bo‘lgan
sekin (issiqlik) neytronlar ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Bunday neytronlarning
yadrolarga ta’sir samaradorligi nisbiy harakatlanish tezligining kamligi (kichikligi)
oqibatida ularning o‘zaro ta’sirlanish vaqtining ko‘pligi bilan bog‘liq.
Tabiatda
ko‘proq uchraydigan uran
U
238
92
(tabiiy uranning 99,275% tashkil etadi) yadrolarini
parchalash uchun energiyasi 1 MeV ko‘proq bo‘lgan tez neytronlar kerakdir.