Abdulla oripovning so‘z qo‘llash mahorati usmonova Shahina Xudoynazar qizi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#141893
1   2   3   4   5
yig‘lamoq
 
so„zining bir necha 
sinonimlarini keltiradi. (Ular holatlar hamdir). Xususan, 
bo‘zlamoq, o‘kramoq, bo‘kramoq, siqtamoq
va 
hokazo. Bizning shoirlarimizning qahramoni yig„layapti deylik. Ammo u qaysi sababga ko„ra va qanday 
holatda ko„z yoshi to„kmoqda? Uzoqroq izlanishga toqati qolmagan yoki didi nomukammal shoir 
qahramonim umuman yig„layapti, deb qo„ya qoladi. Holbuki, haligiga o„xshash sinonimlar shoirga 


159
bunday o„rinda juda qo„l kelishi mumkin. Masalan, tasavvurimcha, bolasi o„lgan ona bo„zlaydi, ota 
o„kraydi. Yoki ma‟lum bir satrda unli va undoshlarning uyg„un kelishi uchun tuproqni 
tufroq
deyishga 
ham to„g„ri keladi. Bunday misollarni ko„plab keltirish mumkin”. 
[3]
Shoir aksar hollarda aynan xalq naqlini, azaliy haqiqatlarni she‟r matnda qo„llashi jarayonida «Deydilar», 
«Deydiki» tarzidagi ifodani ko„p ishlatadi. Shoirning mashhur «
Deydilar,
it hurar - O„tadi karvon», 
misralari bilan boshlanuvchi to„rtligi fikrimizni isbot etadi. «Deydilar» fe‟lida majhullik nisbati bor. 
Ammo shoirning har bir go„zal satri shu so„z ortida xalq donoligining javhari turganini ta‟kidlab turadi. 
Shoir ba‟zan dono odam yoki donishmand tildan so„z aytishga jazm qiladi: 
Donishmand 
dediki,
 
 
Osonni kutma, 
 
Imkondan ortiq bir imkonni kutma. 
Aslida shoirning o„zi ham donishmand, faylasuf. Uning she‟riy misralarida dono fikrlar ko„p. Shoir 
aytmoqchiki, har narsaning o„z o„lchovi bor, har narsa o„ziga mos bo„lsin, tuban odamdan saxovat 
kutma, tuban tuban, yuksak yuksakdir. 
Abdulla Oripov qaysi mavzuda asar yaratmasin, yo "g„am", yoki "shodlik" tushunchalari bilan aloqador 
bo„lib chiqadi. Yo shodlik tuyg„ularini uyg„otadi, yoki g„amgin kayfiyat yaratadi.
Shoirning "Munojot”ni tinglab" she‟ri so„z san‟atining yuksak namunasi sanaladi. Bu asar shunday 
mukammal yaratilganki, uning alohida bandi haqida ham, hatto, ayrim misralari ustida ham bemalol ilmiy 
mulohaza yuritaverish mumkin.
E
shilib, to‘lg‘anib ingranadi kuy, 
Asrlar g‘amini so‘ylar munojot. 
Bu band kuyning harakatdagi tasviri bilan boshlanadi: e

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə