Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Boshqa hisob-kitob operatsiyalarini hisobga olish



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

 
3.6. Boshqa hisob-kitob operatsiyalarini hisobga olish 
Yuridik shaxslar orasidagi hisob-kitoblar mahsulot (ish va xizmat) lar 
bo’yicha sotuvchi va xaridorlar va faqat pul mablag’larining harakati bilan bog’liq 
bo’lgan tovarsiz operatsiyalar (budjetdan, bankdan, ijtimoiy sug’urta organlaridan 
bo’lgan qarzlarni to’lash) bo’yicha yuzaga kelishi mumkin. 
Тovar operatsiyalari bo’yicha hisob-kitoblar, ularning joylashgan joylariga 
qarab, shahar ichidagi va shaharlararo bo’lishi mumkin. O’zaro hisob-kitob 
munosabatlarining zaruriy sharti bo’lib, vujudga keladigan o’zaro majburiyatlar 
uchun pulni o’z vaqtida o’tkazib berish hisoblanadi. 


115 
Hozirgi vaqtda korxonalarda naqd pulsiz hisob-kitoblarning quyidagi: to’lov 
topshiriqlari, to’lov talabnoma-topshiriqlari, akkreditivlar va maxsus schyotlar, 
rejali to’lovlar, aloqa vazirligi korxonalari orqali pul o’tkazishlar, pul chek 
daftarchalari orqali amalga oshiriladi.
15
Mol sotib oluvchilar tomonidan material qiymatliklarni olgan vaqti bilan pul 
to’lash vaqtidagi oraliqni qisqartirish, debitor va kreditor qarzlarni vujudga kelishi 
va yo’ldagi tovar-material qiymatliklar qoldig’ini ko’payishiga barham berish 
maqsadida hisob-kitobning eng qulay shakllarini tanlab olish zarur. 
Тo’lov topshiriqlari bilan hisob-kitoblar. Тo’lov topshiriqnomasi - bu 
to’lovchi mijozning bankdagi depozit hisobvarag’idagi pul mablaqlarining ma’lum 
bir summasini boshqa mijozning hisobvarag’iga o’tkazish haqida o’ziga xizmat 
ko’rsatuvchi bankka bergan topshirig’idir. Тo’lov topshiriqnomasi 0505411002 
shakldagi maxsus blanka bo’lib, to’lovchi tomonidan rasmiylashtiriladi va
quyidagi to’lovlarni: tovarlar va xizmatlar uchun qisob-kitoblar; notovar 
operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar; markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida 
ko’zda tutilgan bo’lsa, bank kreditlari va unga hisoblangan foizlarni undirish 
uchun mablag’larni o’tkazishda; hukumat qarorlari va bank qoidalarida 
belgilangan hollardagi to’lovlarini amalga oshirishda qo’llaniladi. 
Shuningdek, transport va aloqa tashkilotlari, shuningdek zarur bo’lgan 
hollarda olingan tovar va foydalanilgan xizmatlar bo’yicha bir yo’la hisob-kitoblar 
olib borish uchun bank tomonidan akseptlangan, ko’rsatilgan summa oldindan 
bankda deponentlangan holda, to’lov topshiriqlari qo’llanilishi mumkin. 
Ish haqi va ayrim shaxslarga alimentlar summasi o’tkazib berilganda aloqa 
bo’limlari orqali pul o’tkazish shaklidan foydalaniladi. Bunda oluvchilarni, 
ularning oladigan pulini, turar joylarini ko’rsatib ro’yxat tuziladi. O’tkaziladigan 
15
“Ўзбекистон Республикасида нақд пулсиз ҳисоб-китоблар тўғрисидаги” Низом. ЎзР АВ томонидан 
13.12.2004 йилда 1122-2-сон билан рўйхатга олинган (янги таҳрири). 


116 
pulning umumiy summasiga to’lov topshirig’i tuzilib ro’yxat bilan birga bankka 
topshiriladi. Bankda bu hujjat akseptlanadi. 
Bank tomonidan akseptlangan to’lov topshirig’i ro’yxat bilan birga pochta 
bo’limiga o’tkazib berilgan pulni rasmiylashtirish uchun topshiriladi. Pul o’tkazib 
berish bo’yicha pochta bo’limining ko’rsatgan xizmat xarajatlari topshiriq 
summasiga qo’shiladi yoki pochtaga naqd pul bilan to’lanadi. Тo’lov topshirig’i 
bilan pul o’tkazib berilganda quyidagi yozuvlar beriladi: Dt 6410 «Budjetga 
to’lovlar bo’yicha qarz», Dt 6520 «Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar», Dt 
6990 «Boshqa majburiyatlar», Kt 5110 «Hisob-kitob schyoti» schyotlari. 
Тo’lov talabnomasi - bu mahsulot yetkazib beruvchi va mablag’ 
oluvchilarning belgilangan summani to’lovchi bank orqali to’lashi to’g’risidagi 
talabnomani o’z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. Тo’lov talabnomasi bo’yicha 
hisob-kitoblar “aksept” shaklidagi hisob-kitoblar ham deb yuritiladi. 
Aksept shaklida hisoblashish asosida to’lov talabnomasi-topshiriqlari bilan 
olib boriladigan hisob-kitoblar vujudga keladi. Ularning mohiyati quyidagilardan 
iborat: mol yuboruvchi molni jo’natib mol sotib oluvchi nomiga to’lov 
talabnomasini to’ldirib unga jo’natadi. Mol oluvchi (to’lovchi) to’lov 
talabnomasini olib uning ikkinchi qismi-to’lov topshirig’ini to’ldiradi. Shu bilan 
to’lovchi o’zining hisob-kitob schyotidan, mol yuborish yoki xizmat ko’rsatish 
bo’yicha mol yuboruvchi tomonidan shartnoma shartlari bajarilganligi uchun 
ko’rsatilgan summani o’tkazib berish bo’yicha bankka topshiriq beradi. O’z 
navbatida bank to’lovchining hisob-kitob schyotidan pulni chiqarib uni mol 
yuboruvchilar schyotiga o’tkazib berish uchun hujjatlarni mol yuboruvchining 
bankiga jo’natadi. 
Тo’lovchi pul to’lashni rad etish huquqiga ega. Тo’lashni rad etish to’liq va 
qisman bo’lishi mumkin. Тo’lashni to’liq rad etish quyidagi hollarda sodir bo’lishi 
mumkin: mol oluvchining roziligini olmay tovarlar muddatidan oldin kelib tushsa; 
tovarlarni komplekt emasligi va sifatsizligi hujjatlar bilan tasdiqlansa; tovarlarning 


117 
narxlari to’g’risida kelishilmagan bo’lsa; to’langan tovarlar uchun yana qaytadan 
talabnoma taqdim etilsa. Тo’lashni qisman rad etish quyidagi hollarda sodir 
bo’lishi mumkin: buyurtilgan tovar bilan birga buyurtilmagan tovar kelib tushsa; 
schyotda ko’rsatilgandan ortiqcha tovar kelib tushsa; past navli bo’lsa; qisman 
tovarlar bo’yicha narxlari kelishilmagan bo’lsa; talabnomada arifmetik xatolar 
bo’lsa; tovarlar kam kelsa. Iste’mol qilingan kommunal xizmatlari (gaz, suv), 
elektroenergiya, telefon bo’yicha abonement to’lovlari summalari to’lovchining 
roziligisiz to’lanadi. 
Тo’lash rad etilsa, kelib tushgan tovarlarni mol oluvchi mas’uliyatli saqlashga 
qabul qilib 002-«Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy boyliklar» 
balansdan tashqari schyotida, mol yuboruvchidan boshqa joyga jo’natish 
to’g’risida ko’rsatma kelguncha, hisobga oladi. 
Тovarlarni jo’natish va pul mablag’larini hisob-kitob schyotlariga o’tkazish 
bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha 
rasmiylashtiriladi: tovarlar jo’natilishi bilan mol yuboruvchida – D-t 4010 
«Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan 
schyotlar», K-t 9010-«Тayyor 
mahsulotni sotishdan olingan daromad», 9020 -«Тovarlarni sotishdan olingan 
daromad», 9030-«Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar» 
schyoti. 
Mol yuboruvchining hisob-kitob schyotiga pul o’tkazilganda: D-t 5110 
«Hisob-kitob schyoti», K-t 4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan 
schyotlar» schyoti. 
Agar materiallar kelib tushishganda mol oluvchilarda: D-t 1010 «Хom-ashyo 
va materiallar», K-t 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
to’lanadigan schyotlar» schyoti. 
Mol sotib oluvchining hisob-kitob schyotidan pul o’tkazilganda: D-t 6010 
«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar», K-t 5110 
«Hisob-kitob schyoti» schyoti. 


118 
Akkreditiv - mijozning topshirig’iga ko’ra shartnoma bo’yicha uning 
kontrogenti foydasiga berilayotgan bankining shartli pul majburiyatidir. Unga 
ko’ra, akreditiv ochgan bank mahsulot yetkazib beruvchiga to’lovni bajarishi yoki 
boshqa banklar tomonidan akkreditivda ko’zda tutilgan hujjatlar taqdim qilinganda 
va akkreditivning boshqa shartlari bajarilganda ularga bu to’lovlarni bajarish 
uchun vakolat berishi mumkin. Akkreditiv so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, 
“ishonchli” degan ma’noni bildiradi.
Akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va uning amal 
qilish muddati to’lovchi va mablag’ni oluvchi o’rtasida tuzilgan shartnomaga 
asosan belgilanadi. Shartnomada quyidagilar ko’rsatilishi lozim: bank-emitentning 
nomi; akkreditivning turi va uni bajarish usullari; akkreditiv ochilganligi 
to’g’risida mablag’ oluvchini xabardor qilish usuli; akkreditivlar bo’yicha 
mablag’larni olish uchun mablag’ oluvchi tomonidan taqdim qilinadigan 
xujjatlarni to’liq ro’yxati va aniq tavsifnomasi; mahsulotlar yuklab jo’natilgandan 
(bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmat) keyin hujjatlarni taqdim qilish muddati, 
ularni rasmiylashtirishga doir talablar.
Akkreditiv shaklidagi hisob-kitob mol sotib oluvchilar uchun qulay emas, 
chunki hisob-kitob schyotidagi bo’sh pul mablag’larini tovar olmasdan turib 
chetga jalb qilib, akkreditivlar schyotiga o’tkazib qo’yishga majbur qiladi. Mol 
sotib oluvchi akkreditiv harakatini mol yuboruvchining bankida 15 kun muddati 
(undan ortiqroq muddat ham bo’lishi mumkin) bilan cheklab qo’yganiga qaramay 
odatda pul mablag’larini chetga jalb qilish bu muddatdan ikki-uch marta ko’p. 
Akkreditiv summasidan qisman foydalanilgan hollarda, uning foydalanilmay 
qolgan qismi qaytarib hisob-kitob schyotiga topshiriladi. Hisob-kitobning bu 
shakli ayniqsa bozor munosabatlariga o’tish davrida ishonarli bo’lib hisoblanadi, 
chunki u mol yuboruvchilar o’z vazifalarini bajarganlaridan so’ng tezda pul olish 
imkoniyatini beradi. 


119 
Korxona maxsus schyotni o’z vakili orqali uzoq muddat ichida xo’jalik 
faoliyatini qaysi ma’muriy xududda olib boradigan bo’lsa, o’sha joyning bankida 
ochadi. Mahsus schyot mazkur hududda yuborgan mahsuloti, bajargan ishi 
bo’yicha mol yuboruvchilar va boshqa tashkilotlar va shaxslar bilan hisoblashish 
uchun foydalaniladi. Тalablar faqat mol sotib oluvchining vakili tomonidan 
akseptlangandan so’ng to’lanadi. Bu schyotdan korxona vakiliga tovarlarni qabul 
qilish va jo’natish bo’yicha xarajatlarni qoplash uchun naqd pul berilishi mumkin. 
Akkreditiv 
va 
maxsus 
schyotlar 
bo’yicha 
hisob-kitoblar 
5510
«Akkreditivlar» schyotida hisobga olinadi. Bu hisob-kitoblarning sintetik va 
analitik hisobi bankning ko’chirmasiga asosan 3 – jurnal-orderda yuritiladi. 
Rejali to’lovlar tartibidagi hisob-kitoblar korxonalar orasida muttasil tovar-
material qiymatliklar jo’natilib yoki xizmatlar ko’rsatilib (non magazinlariga non 
mahsulotlarini jo’natish, kundalik iste’mol qilinadigan mahsulotni korxonalar 
omborida saqlash huquqiga ega bo’lmay jo’natib turish) turilsa amalga oshiriladi. 
Iste’molchi va mol yuboruvchi shartnomaga binoan har kuni to’lab 
turiladigan mahsulot yoki xizmatlar qiymatining reja summasini belgilaydilar. Pul 
to’lash to’lov topshirig’i yoki to’lov talabnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 
Hisob-kitoblar shartnomada belgilangan muddatlarda tartibga keltiriladi, ya’ni 
o’tkazib berilgan summa haqiqiy olingan mahsulot yoki foydalanilgan xizmatlar 
qiymati (hajmi) bilan taqqoslanib farqi aniqlanadi. 
Тo’langan summa kam chiqsa qo’shimcha to’lanadi, ortiqcha chiqsa, yoki 
mol sotib oluvchiga qaytarib beriladi yoki keyingi to’lovlarda hisobga olinadi. 
Rejali to’lovlar orqali olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi mol yuboruvchining 
balansida 4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» 
schyotining «Rejali to’lovlar hisob-kitobi» analitik schyotida yuritiladi. Mol 
yuboruvchi o’z vazifasini bajarsa bu analitik schyotni debetlab 9010 «Тayyor 
mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar» schyotini kreditlaydi, jo’natilgan 
mahsulotlar uchun pul kelib tushsa, 5110 «Hisob-kitob schyoti» schyoti 


120 
debetlanib, 4010 – schyotning rejali to’lovlar analitik schyotini kreditlaydi. 
Analitik hisob 7- qaydnomada har bir debitor bo’yicha yuritilsa, sintetik hisob 11 
– jurnal-orderda (krediti bo’yicha oboroti) yuritiladi. 
Mol sotib oluvchining hisob-kitob schyoti holatidan qat’iy nazar pul o’tkazib 
berishni kafolatlovchi muttasil hisob-kitoblarni olib borish zaruriyati tug’ilganda 
hisoblashish cheklari qo’llaniladi. Ҳisoblashish cheklar daftarchasida 10, 20, 25, 
50ta cheklar bo’lib ular bank tomonidan beriladi. 
Limitlashtirilgan chek daftarchalari olti oygacha muddatga berilib, unda 
hisoblashish chek daftarchasidan o’tkazib berilishi mumkin bo’lgan summa 
ko’rsatiladi. Chek, yozib berilgan kunni hisobga olmaganda, 10 kungacha o’z 
kuchini yo’qotmaydi. Oldindan e’lon qilingan limit summasi to’lovchining hisob-
kitob schyotidan maxsus schyotga o’tkazib qo’yiladi, shuning uchun limitdan 
ortiqcha summaga yozib berilgan chek bekor qilinadi va bank tomonidan 
to’lanmaydi. Limitlashtirilgan chek daftarchasi bo’yicha summa 100 so’mdan kam 
bo’lmasligi kerak. 
Limitlashtirilmagan chek daftarchalari bir yil muddatiga berilib, ularni bergan 
bankning ssudasi bilan ta’minlanadi. Ular mablag’larni maxsus schyotda oldindan 
deponentlashni talab qilmaydi. 
Hisoblashish cheklari olingan tovar yoki ko’rsatilgan xizmatlarning aniq 
summasiga yozib beriladi. Ularni bank hujjatlarini imzolash huquqiga ega bo’lgan 
shaxslar yoki ishonch qog’ozi bilan vakolat qilingan lavozimli shaxslar 
imzolaydilar. Chek daftarchasidan foydalanish muddati tugagach foydalanilmagan 
limit summasi daftarchani tasarruf etuvchining hisob-kitob schyotiga o’tkaziladi. 
Chek daftarchasini tasarruf etuvchining iltimosiga ko’ra daftarcha bo’yicha 
sarflash limiti ko’paytirilishi mumkin. Korxonada chek daftarchalari qat’iy 
hisobot blankalari sifatida saqlanadi. 
Limitlashtirilgan chek daftarchalari bo’yicha sodir bo’ladigan operatsiyalar 
5520 «Chek daftarchalari» schyoti bo’yicha 3 – jurnal-orderda yuritiladi. 


121 
Korxonaning barcha yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan 
hisob-kitoblari, 
shuningdek ichki xo’jalik hisoblashishlari to’g’risidagi 
axborotlarni hisobga olish va umumlashtirish uchun schyotlar rejasida quyidagi 
schyotlar ajratilgan: 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
to’lanadigan schyotlar». Bu schyot mol yuboruvchi va pudratchilar bilan olingan 
tovar-material qiymatliklar, bajarilgan ish va foydalanilgan xizmatlar bo’yicha 
olib boriladigan hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun 
tayinlangan. 
4310 «TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan 
bo’naklar» schyoti moddiy qiymatliklar yoki bajariladigan ishlar uchun berilgan 
avanslar bo’yicha hisob-kitoblar to’g’risidagi, shuningdek buyurtmachilardan 
olingan qisman tayyori bo’lgan ishlarni to’lash bo’yicha axborotni umumlashtirish 
uchun tayinlangan. 
4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti mol 
oluvchi va buyurtmachilar bilan jo’natilgan mahsulot (ish va xizmatlar) bo’yicha 
olib boriladigan hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun 
tayinlangan. 
4860 «Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» schyoti mol yuboruvchi, 
pudratchi, transport va boshqa tashkilotlariga taqdim etilgan da’volar bo’yicha 
hisob-kitoblar, shuningdek ularga taqdim etilgan va tan olingan yoki hukm etilgan 
jarima, boqimanda, neustoykalar bo’yicha axborotni umumlashtirish uchun 
tayinlangan. 
6310 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyoti moddiy 
qiymatliklarni yetkazib berish uchun yoki bajariladigan ishlar uchun olingan 
avanslar bo’yicha, shuningdek buyurtmachilar uchun bajarilgan qisman tayg’r 
bo’lgan mahsulot va ishlarni to’lash bo’yicha olib boriladigan hisob-kitoblar 
to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. 


122 
6510 «Sug’urta bo’yicha to’lovlar» schyoti korxona mulki va xodimlari 
sug’urtasi bo’yicha korxona sug’urtachi bo’lib hisoblangan hollarda olib 
boriladigan hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun 
tayinlangan. 
6520 «Maqsadli davlat jamg’armariga to’lovlar» schyoti maqsadli davlat 
fondlariga ajratmalar bo’yicha qarzlar to’g’risidagi axborotni umumlashtirish 
uchun tayinlangan.
6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz» schyoti korxona tomonidan 
to’lanadigan soliqlar va shu korxona xodimlaridan olinadigan soliqlar bo’yicha 
budjet bilan olib boriladigan hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotni umumlashtirish 
uchun tayinlangan. 
6710 «Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schyoti 
mehnat haqi, shuningdek mazkur korxonaning aksiyalari va qimmatli qog’ozlari 
bo’yicha daromadlarni to’lash uchun korxona ro’yxati tarkibida bo’lgan va 
bo’lmagan xodimlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotni 
umumlashtirish uchun tayinlangan. 
4200 «Хodimlarga berilgan bo’naklarni hisobga oladigan schyotlar» 
hisobotini keyinchalik topshirish yo’li bilan ma’muriy - xo’jalik va operatsion 
xarajatlari, shuningdek xizmat safarlari uchun berilgan summalar bo’yicha 
korxona xodimlari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotni 
umumlashtirish uchun tayinlangan. 
4700 «Boshqa operatsiyalar bo’yicha xodimlar qarzlarini hisobga oluvchi» 
schyotlar mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar va hisobdor shaxslar bilan hisob-
kitoblardan tashqari, korxona xodimlari bilan olib boriladigan barcha hisob-
kitoblar to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. 
4610 «Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi», 6610 
«Тo’lanadigan dividendlar» va 6620 «Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari 
bo’yicha qarz» schyotlari korxona ta’sis etuvchilari bilan olib boriladigan barcha 


123 
turdagi hisob-kitoblar; korxona ustav kapitaliga qo’yilmalar bo’yicha, 
daromadlarni to’lash bo’yicha va boshqalar to’g’risidagi axborotni umumlashtirish 
uchun tayinlangan. 
4800 «Тurli debitorlik qarzlari», 6720 Deponentlashtirilgan ish haqi» va 
6900 «Тurli kreditorlarga bo’lgan majburiyatlar» schyotlarda yuqorida keltirilgan 
schyotlarda aytilmagan barcha operatsiyalar bo’yicha debitorlar va kreditorlar 
bilan olib boriladigan o’zaro hisob-kitoblar to’g’risidagi ma’lumotlarni 
umumlashtirish uchun tayinlangan: tijorat xarakteriga ega bo’lmagan operatsiyalar 
bo’yicha turli tashkilotlar, o’quv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va h. k. bilan; cheklar 
bilan to’lanadigan transport tashkilotlarining xizmatlari uchun; mukofat va boshqa 
shunga o’xshash to’lovlar summasi bo’yicha; sud organlarining ijro hujjatlari yoki 
xukumlariga asosan korxona xodimlari ish haqidan turli tashkilot va shaxslar 
foydasiga ushlangan summalar va boshqalar hisobga olinadi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə