7
1-§. Linux operatsion tizimi. Linux distributivlari
1.1. Linux operatsion tizimi haqida
Operatsion tizim - bu bir-biri bilan bog‗langan tizimli dasturlar
majmuasidir, uning maqsadi foydalanuvchilarning kompyuter bilan
o‗zaro aloqasini va boshqa barcha dasturlarning bajarilishini tashkil
etishdir.
Operatsion
tizim
kompyuter
uskunalari
va
foydalanuvchi
bajariladigan dasturlar o‗rtasida bog‗lovchi vazifasini bajaradi.
Dunyodagi
eng
mashhur
operatsion
tizimlar
Microsoft
koorporatsiyasidan taklif qilingan va qo‗llab quvatlanadigan Windows
operatsion tizimidir. Uning barcha foydalanuvchilar operatsion tizimlari
orasidagi o‗rtacha ulushi 90%dan ko‗proqni tashkil qiladi. Ko‗pchilik
foydalanuvchilar kompyuterda ishlash uchun Windows operatsion
tizimi
o‗rnatilgan
bo‗lishi
kerak
deb
hisoblaydi.
Hamma
foydalanuvchilar ham muqobil yoki boshqa operatsion tizimlar haqida
bilishmaydi, lekin oxirgi besh yillikda foydalanuvchilar, ayniqsa
axborot texnologiyalari sohasida ta‘lim oluvchi talabalar va ishlovchi
xodimlar Linux operatsion tizimidan foydalanishga o‗tishmoqda.
Linux operatsion tizimi 1991 yil Xеlsinkidagi univеrsitеtlardan
birida taxsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning disеrtatsiya ishi
natijasida, UNIX opеratsion tizimi asosida yangi opеratsion tizimi
sifatida yuzaga kеldi. Avvaliga Torvalds yangi operatsion tizimni Freax
(inglizcha "free", "freak" so‗zlari hamda UNIX oilasiga mansubligini
bildiruvchi "X" xarflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq kernel
birinchi bor joylashtirilgan FTP serverning administratori hamda
Torvaldsning do‗sti Ari Lemka kernelga tegishli jildni linux deb
nomladi. Shu-shu bu operatsion tizim ushbu nom bilan atala boshlandi.
Opеratsion tizim Intеrnеt tarmog‗iga joylashtirishi natijasida tеz
orada o‗z foydalanuvchilari va muxlislariga ega bo‗ldi va ko‗pgina
dasturchi (programmist)larni o‗ziga jalb qilishi Linux opеratsion
tizimining kеskin rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi.
1991 yilda Linux ning 0.01 versiyasi vujudga kelgan. Linux OT
turli mamlakatlarning dasturchilari tomonidan yaratilgan bo‗lib, ochiq
kodli operatsion tizim bo‗lib, internet mahsuloti hisoblanadi.
8
OT quyi darajadagi dasturiy ta'minot bo‗lib, ma'lumotlarni saqlash
va printer, ekran, klaviatura, sichqoncha, printer kabi periferiya
qurilmalariga interfeysni ta'minlab beradi. OT ikki qismdan iborat:
yadro va tizim dasturlari. Yadro kopmyuterdagi barcha dasturlar uchun
CPU, qattiq diskdan, tezkor hotira kabi mashina resurslarini taqsimlab
beradi. Tizim dasturlari yuqori darajadagi topshiriqlarni, klient/server
qismiga oid vazifalarni bajaradi.
Bugungi kunda dunyo miqyosidagi opеratsion tizimlar ichida o‗ziga
xos o‗riniga egadir. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin
tarqatiladigan ta‘minotlardan biridir, ya‘ni har bir foydalanuvchi
dastlabki tizim kodlarini Intеrnеt tarmog‗i orqali yoki bo‗lmasa
kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu opеratsion
tizimning 2 ta ishlash uchun mo‗ljallangan intеrfеyslari bo‗lib, ular GUI
(Graphic User Interface) - grafikali intеrfays hamda CLI (Command
Line Interface) - konsol, ya‘ni komandalar qatoridan iboratdir.
So‗ngi yillarda Linux OT, Unix oilasiga mansub OTning
innovatsion mahsulotlari ichida eng yaxshisi bo‗lib kelmoqda. Linux OT
ning avzalliklari:
Ilovalar: Linux OT ning pullik va pulsiz versiyalari uchun keng
ko‗lamda ilovalarning mavjudligi hamda web server, tarmoq havsizligi,
administratsiyalash, grafik instrumentlarining keng mashtabdaligi bilan
avzal hisoblanadi. Dunyoning yirik kompaniyalari Linux ilovalarining
doimiy yangilab borishini, Linuxning yadrosiga doimiy qo‗shimchalar
kiritib borish qiziqishlarini bildirishgan. Masalan IBM kompaniyasi
Linuxning doimiy hamkori hisoblanadi. Linux POSIX standartining
barcha talablariga javob beradi.
Periferiya qurilmalari: Barcha kompyuter qurilmalari bilan tez oson
ulanishi bilan ajralib turadi.
Dasturiy ta'minot: Foydalanuvchilarga dasturiy mahsulotlardan
foydalana olish imkoniyati, nafaqat dastur kodi (source code) balki
uning kompilyatsiyalangan versiyasi, dasturlarning oson o‘rnatilishi va
tezda ishga tushishi bilan muhim hisoblanadi. Bunday dasturlarga Java
ni qo‗llab quvvatlovchi ochiq kodli dasturiy ta'minot Netscape ni
9
keltirishimiz mumkin. Shu bilan birgalikda Mozilla, Thunderbird,
Firefox ham ular qatoriga kiradi.
Platforma: Linux nafaqat Intel bazasidagi platformalar uchun balki,
Apple (PPC Linux), Compaq's alfa, MIPS, Motorola 68K asoslangan
mashinalar, 64 bitli tizimlar va IBM S/390x platformalari uchun
mo‗ljallangan. Linux ko‗pprotsessorli hisoblash mashinalarida ishlaydi.
Emulyator: Linux boshqa OT uchun mo‗ljallangan dasturlarni,
Linux muhitida ishlashini ta'minlab beruvchi emulyator dasturlarini
qo‗llab quvatlaydi. Emulyator yordamida DOS, Windows va Macintosh
dasturlarini Linux ostida ishlatishni ta'minlaydi. Ochiq kodli dastur
bo‗lgan Wine Unix/Linux oilasiga mansub bo‗lgan x86 arxitekturali
tizimlarda Windowsning 16-32-64 bitli ilovalarini ishlatishni amalga
oshirib beradi.
Linux ixcham (portable) tizim hisoblanib, har xil hisoblash
mashinalarida ishlashi mumkin. Linux oilasiga mansub barcha OT ning
95 foizi C dasturlash tilida yozilgan bo‗lib, hisoblash mashinasiga
bo‗g‗liq bo‗lmagan dasturlash tili hisoblanadi.
Linux
portativ
hisoblangani
uchun,
turli
xil
hisoblash
mashinalarning asosiy talablariga to‗liq javob bergan holda moslashadi.
Masalan Linux mobil telefonlar, Televizor kabel qurilmalari
kontrollerlariga o‗rnatish mumkin. Fayl tizim strukturasi qattiq disk
bilan
tez
ishlashi
uning
ustunligi
hisoblanadi.
Linux
OT
ko‗pfoydalanuvchi OT sifatida qaraladi.
Linux ОT Internet tarmog‗idagi ochiq sistemalar va protokollar
standartlarini qo‗llab-quvvatlaydi hamda Unix, Dos, MS Windows
sistemalariga mos keladi. Sistemaning barcha komponentiari, dastlabki
matnlar
bilan
birgalikda
chegaralanmagan
holda
barcha
foydalanuvchilarga ochiq nusxa olish va o‗rnatish uchun litsenziya bilan
birga tarqatiladi.
Linux ОT Internet PC Pentium Pro platformalarida keng tarqalgan
va qator boshqa platformalarda ham joy egallamoqda (DEP AXP, Power
Macintosh va h.k.).
Dostları ilə paylaş: |