21
paketlar omboriga ega - foydalanishga tayyor dasturlar va kutubxonalar
- va agar soni bo‗yicha bo‗lmasa, qo‗llab-quvvatlanadigan arxitekturalar
soni bo‗yicha: o‗rnatilgan qurilmalarda ishlatiladigan ARM dan boshlab,
eng mashhur x86- 64 va PowerPC va IBM S / 390 mainfreymlari bilan
tugaydi. Ombor bilan ishlash uchun turli vositalar ishlab chiqilgan,
ulardan
eng
mashhuri
Advanced
Packaging
Tool
(APT)
hisoblanadi.Debian bir qator distributivlarning asosiga aylandi. Ulardan
eng
mashhurlari antiX, Kali Linux, Knoppix, Linux Mint, Maemo,
SteamOS, TAILS, Ubuntu."Debian" nomi loyiha asoschisi Yan Merdok
va uning rafiqasi Debra Linning ismlaridan olingan.
Juda yosh, lekin istiqbolli Ubuntu Linux;
Ubuntu
([ʊˈbʊntuː];
Zulu
tilidan ubuntu —
odamiylik;
Ubuntu)
—
Debian
GNU/Linux
asosidagi
GNU/Linux
distributivi.
Asosiy ishlab chiquvchi va
homiysi
Canonical
kompaniyasi hisoblanadi. Hozirda loyiha faol rivojlanmoqda va erkin
hamjamiyat
tomonidan
qo‗llab-quvvatlanmoqda.
Canonical
ma'lumotlariga ko‗ra, Ubuntu butun dunyo bo‗ylab taxminan 20 million
foydalanuvchi tomonidan ishlatiladi. U web-serverlar uchun eng
mashhur
GNU/Linux
distributivlari
ro‗yxatida
1-o‗rinni
egallaydi.Odatda, distributivning yangi
versiyalari har olti oyda
chiqariladi va 9 oy davomida xavfsizlik yangilanishlari bilan qo‗llab-
quvvatlanadi (13.04 versiyasidan boshlab, bundan oldin qo‗llab-
quvvatlash bir yarim yil davomida amalga oshirilgan).Ubuntu server va
ish stantsiyalar uchun dasturiy ta'minotlar to‗plami bilan birga keladi. U
Live CD (Desktop versiyasi) yordamida shaxsiy kompyuterlariga
o‗rnatiladi (o‗rnatishda DVD va USB qurilmalardan foydalanish
mumkin).Rasmiy ravishda qo‗llab-quvvatlanadigan arxitekturalar uchun
versiyalar mavjud, masalan, i386 (20.04 gacha; LTSda - 18.04 gacha),
AMD64, ARM.
Bundan tashqari, 2013 yildan boshlab ARM va x86
22
arxitekturasida smartfonlar uchun Ubuntu‘ning maxsus versiyasini
ishlab chiqish boshlandi. IoT qurilmalarida va robotlarda ishlay
oladigan Ubuntu Core versiyasi xam mavjud.
Ubuntuda foydalanish
qulayligiga asosiy e‘tibor qaratilgan. U
sudo
yordam
dasturidan keng
foydalanadi, bu foydalanuvchilarga potentsial xavfli superfoydalanuvchi
sessiyasini ishga tushirmasdan ma'muriy vazifalarni bajarishga imkon
beradi.Ubuntu shuningdek, turli til guruhlaridagi odamlarga maksimal
darajada kirishni ta'minlash uchun keng qamrovli xalqarolashtirishga
ega. 5.04 versiyasidan boshlab standart kodlash sifatida UTF-8
kodirovkasi belgilangan. Ubuntuni o‗rnatishda 4 gigabayt operativ xotira
va qattiq diskda 5 gigabayt bo‗sh joy tavsiya etiladi. Xotiraga bo‗lgan
minimal talablar esa ancha past hisoblanadi.
Ubuntu (11.04
versiyagacha) GNOME ish stoli tizimiga asoslangan bo‗lib, u bepul,
sodda va intuitiv interfeysni ta'minlash
va zamonaviy ish stoli
ilovalarining to‗liq spektrini taklif qilish uchun mo‗ljallangan.
GNOMEga kiritilgan ilovalardan tashqari, Ubuntu qo‗shimcha dasturiy
ta'minot bilan birga keladi, jumladan LibreOffice (OpenOffice.org 11.04
versiyasigacha), Mozilla Firefox veb-brauzeri.Ushbu o‗quv qo‗llanmada
ko‗plab misollar aynan Ubuntu distributivi uchun ko‗rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: