1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ma’muriy ishni ma’muriy organ majlisida ko‘rib chiqish



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

47-modda. Ma’muriy ishni ma’muriy organ majlisida ko‘rib chiqish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ma’muriy ish ma’muriy organ majlisida (bundan
buyon matnda majlis deb yuritiladi) ko‘rib chiqilishi lozim.
(47-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ma’muriy ish ma’muriy organning tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxsning
iltimosnomasi bo‘yicha ham majlisda ko‘rib chiqilishi mumkin.
48-modda. Majlis bayonnomasi
Ma’muriy ishni majlisda ko‘rib chiqish chog‘ida majburiy tartibda bayonnoma yuritiladi.


Majlis bayonnomasi ma’muriy ishni ko‘rib chiqishning barcha muhim holatlarini aks
ettirishi kerak. Majlis bayonnomasida, xususan, quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) majlisning sanasi va joyi;
2) majlis boshlangan va tugagan vaqt, majlisdagi tanaffuslar haqidagi ma’lumotlar;
3) ma’muriy organning nomi, ma’muriy organ mansabdor shaxsining familiyasi, ismi,
otasining ismi yoki ma’muriy ishni ko‘rib chiqayotgan kollegial organning tarkibi va majlis kotibi;
4) adresat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning yashash joyi, agar
adresat yuridik shaxs bo‘lsa — uning nomi va joylashgan eri (pochta manzili), agar ish yuritishda
vakil ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakilning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning manzili,
shuningdek ma’muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi uchinchi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
5) ma’muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelganligi haqidagi ma’lumotlar;
6) ma’muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish va ularning majlisga
kelmaganligi sabablari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
7) ma’muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslarga ularning huquqlari va
majburiyatlari tushuntirib berilganligi haqidagi ma’lumotlar;
8) ma’muriy organ mansabdor shaxsining yoki ma’muriy ishni ko‘rib chiqayotgan kollegial
organ raislik qiluvchisining ushbu ishni ko‘rib chiqish jarayonida qabul qilinadigan protsessual
hujjatlari;
9) ma’muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslarning arizalari va
iltimosnomalari hamda ularni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
10) taqdim etilgan dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari
va hokazo haqidagi ma’lumotlar;
11) ma’muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslarning tushuntirishlari,
guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertlarning o‘z xulosalari yuzasidan og‘zaki tushuntirishlari,
mutaxassislarning fikrlari, yozma va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish ma’lumotlari.
Ma’muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslar o‘zlari muhim deb
hisoblaydigan holatlarni majlis bayonnomasiga kiritish xususida iltimos qilishga haqli.
Ma’muriy ish yakka tartibda ko‘rib chiqilganda majlis bayonnomasi ma’muriy organning
ishni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxsi va majlis kotibi tomonidan imzolanadi. Ma’muriy ish
kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqilgan taqdirda bayonnoma raislik qiluvchi va majlis kotibi
tomonidan imzolanadi.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə