1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Majlisda ko‘rib chiqilgan ma’muriy ish bo‘yicha ma’muriy hujjat qabul qilish



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

51-modda. Majlisda ko‘rib chiqilgan ma’muriy ish bo‘yicha ma’muriy hujjat qabul qilish
Ma’muriy organning mansabdor shaxsi yoki kollegial organ ma’muriy ishni majlisda ko‘rib
chiqish natijalari bo‘yicha ma’muriy hujjat qabul qiladi.
Ma’muriy hujjatni qabul qilish boshqa organlar va mansabdor shaxslarning ko‘rib chiqish
natijalari asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, bunday ko‘rib chiqish ushbu Qonun talablariga
muvofiq amalga oshirilishi kerak.
4-bob. Ma’muriy hujjat
52-modda. Ma’muriy hujjatning shakli
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy hujjat yozma shaklda qabul qilinadi. Qonunchilikda ma’muriy hujjat boshqa
shaklda, shu jumladan boshqa tegishli hujjatni berish yoki muayyan harakatlarni amalga
oshirish yo‘li bilan qabul qilinishi mumkinligi hollari nazarda tutilishi mumkin.
(52-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yozma ma’muriy hujjat ma’muriy organning vakolatli mansabdor shaxsi yoki kollegial
organ a’zolari tomonidan imzolanadi va ma’muriy organning muhri bilan tasdiqlanadi.
53-modda. Ma’muriy hujjatning mazmuni
Ma’muriy hujjat qonuniy, asoslangan, adolatli, aniq va tushunarli bo‘lishi kerak.
Ma’muriy hujjatda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ma’muriy hujjatning nomi va u qabul qilingan sana;
2) ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organning nomi va joylashgan eri (pochta
manzili);
3) ma’muriy ish yuritish ishtirokchilari to‘g‘risidagi axborot;
4) ma’muriy hujjat orqali hal qilinadigan masalaning tavsifi (tavsif qismi);
5) ma’muriy hujjatning asosi (asoslantiruvchi qismi);
6) qabul qilingan qaror bayoni (xulosa qismi);
7) ma’muriy hujjat ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi;
8) ma’muriy organning ma’muriy hujjatni qabul qilgan mansabdor shaxsining (kollegial
organ a’zolarining) lavozimi, ismi va familiyasi.
Ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) asosida qabul qilingan ma’muriy hujjatda
quyidagilar nazarda tutilishi mumkin:
muayyan huquqning yoki majburiyatning kuchga kirish, o‘z kuchini yo‘qotish payti yoki
amal qilish muddati;
muayyan hodisaga yoki kelajakda huquqning yoxud majburiyatning kuchga kirishi yoki o‘z
kuchini yo‘qotishi bilan bog‘liq bo‘lgan shartga doir ko‘rsatma;


ma’muriy hujjatni bekor qilish huquqi yoki kelgusida qo‘shimcha farmoyishlar berish
huquqi ma’muriy organda saqlanib qolishi to‘g‘risidagi izoh;
adresatga muayyan harakatlarni amalga oshirish, amalga oshirishga yo‘l qo‘yish yoki
amalga oshirishdan tiyilish xususida ko‘rsatma beruvchi qo‘shimcha farmoyishlar.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə