1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ma’muriy hujjatni tushuntirib berish va uni tuzatish



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

56-modda. Ma’muriy hujjatni tushuntirib berish va uni tuzatish
Ma’muriy organ manfaatdor shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra ma’muriy hujjatning
mazmunini o‘zgartirmagan holda uni tushuntirib berishi, shuningdek yozuvdagi yo‘l qo‘yilgan
xatolarni va yanglishishlarni ma’muriy hujjatning mohiyatiga daxl qilmagan holda, o‘z
tashabbusiga yoki manfaatdor shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra tuzatishi shart.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirganlik
uchun davlat bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar undirilmaydi.
57-modda. Tegishli hujjatni va uning dublikatini berish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tegishli hujjatni berganlik uchun qonunchilikda belgilangan hollarda yig‘im olinishi
mumkin.
Ma’muriy hujjat asosida berilgan hujjatlarni to‘xtatib turish, qayta tiklash va qayta
rasmiylashtirish tartibi qonunchilikda tartibga solinadi.
Berilgan hujjat yo‘qolgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan taqdirda, manfaatdor shaxsning
arizasiga ko‘ra yangi hujjat yoki uning dublikati qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.
Ma’muriy organ hujjatni yoki uning dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan
kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda yangi hujjatni yoki hujjat
dublikatini berishi (yuborishi) shart, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bunda hujjatning dublikatini berganlik uchun yig‘im ma’muriy organ tomonidan arizani
odatdagi tartibda ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan, dublikat berish to‘g‘risida ariza berilgan
sanada amalda bo‘lgan summa miqdorining yarmidan oshmasligi kerak.


(57-moddaning birinchi — to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
Yangi hujjat yoki dublikat berish uchun yig‘im miqdori ushbu harakatni amalga oshirish
uchun ketgan xarajatlardan oshib ketmasligi kerak.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə