69
ALKEY
( M.o. 630-640 yy. tug‘.)
Lesbos orolining poytaxti Mitilena shahrida
badavlat oilada tug‘ilgan. Shoir,
taxminan miloddan
oldingi VII – VI asrlar o‘rtasida ijod qilgan. Bu
davrlarda zodagonlar bilan quyi tabaqa o‘rtalaridagi
ijtimoiy-siyosiy munosabatlar juda keskinlashib
ketgan edi. Uning ijodida siyosiy kurashlar,
fuqarolar urushi, muhojirlar hayotini
aks ettirish asosiy o‘rinni egallagan bo‘lsada, muhabbat mavzularida ham juda
ko‘p jo‘shqin misralar yaratgan. Lesboslik shoira binafsha soch, nozik tabassumli,
Sapfo sharafiga ham she’rlar bitgan.
Lesbos taxtiga o‘tirgan Pittakga
unga qarshi chiqqanligi sabab, uzoq
o‘lkalarga quvg‘inda yashashga majbur bo‘ladi.
She’riyatning oddiy turlari hisoblangan yamb hamda elegiya bilan birga
miloddan oldingi VII – VI asrlarda monodik, ya’ni yakkaxon
lirika ham taraqqiy
etgan. Monodik lirikaning ohang xususiyatlari faqatgina musiqa maqomi bilan
belgilangan. Yakkaxon lirikaning vazni rang-barang, baytlari esa g‘oyatda
nafis
bo‘lgan. Shoir ixtiro qilgan turli-tuman vaznlar bilan monodik lirikani mislsiz
yuksak san’atkorlik cho‘qqisiga ko‘tardi. Alkeydan keyin jahon she’riyatida abadiy
o‘rnashib qolgan bir vazn hamon ulug‘ shoirning nomi bilan ataladi.
Alkey o‘z she’rlarida ertangi kuniga katta umidlar bog‘lamaydi. O‘zi
yashayotgan polisni to‘lqinlar taloto‘pi ichra dengizda suzayotgan kemaga
qiyoslaydi. Shoir Siyosiy mazmundagi she’rlardan
tashqari, quvonch va qayg‘u,
muhabbat izxori, qaxraton qish va jazirama yoz mavzularida, dasturxon atrofidagi
gurung qo‘shiqlarini ham yaratgan. Bu qo‘shiqlar ijodkorning ulfatlari oldida o‘z
tuyg‘u hamda fikrlarini bayon etish vositasi bo‘lgan. Ularning aksariyati qayg‘u va
alamlarni unutish uchun mayxo‘rlik qilishga undov bilan tugallanadi. Alkey o‘z
qo‘shiqlarida “may bor joyda haqiqat bor”, “may-insonlar ko‘zgusi” degan
iboralarni qo‘llagan.
70
Qadimgi Yunonistonda Alkey she’rlarining g‘oyat keng tarqalganligi
to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Shoirning asarlari Aleksandriya
olimlari tomonidan
mazmuniga qarab, o‘n jildga ajratilgan.
Manbalardan
ma’lum bo‘lishicha, Alkeyning she’rlari o‘zining
muxtasarligi, tilining ravonligi, misralarning nafis va ohangdorligi hamda
o‘lchovlarning rango-rangligi bilan antik dunyo kishilarini o‘ziga maftun etgan va
keyingi davrlar adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan.