о
edurtm_uz
II bob. Bilim va odob - inson ziynati
YONG‘IN
Ko'chaning birinchi muyulishida bir
ayol yolg'iz o‘zi yashar edi. Kechasi
uning uyida isitgichning nosozligi
tufayli yong'in sodir bo'ldi.
Uning
uyi hech bir hovliga tutashmagan
bo‘lsa-da, mahallaning katta-kichi-
gi o‘t o'chirishga shoshildilar. 0 ‘t
o'chiruvchilar kelganda ham odam-
lar yong'in sodir bo'lgan
xonadon-
dan turli narsalarni olib chiqishar,
mahalla oqsoqoli ko'rsatgan yerga
yig'ar edilar. Odamlar yelkama-
yelka turib, bir-birlariga suv uzati-
shar, kimdirqum separdi. Yong'in
bartaraf etildi.
Mahallaning ahilligi
tufayli ayol va uning hovlisiga katta
zarar yetmadi.
L Y i
Ma’lum bir mahallada istiqomat qiluvchi odamlar faqat
qo‘ni-qo‘shnichilik rishtalari bilangina emas,
balki ichki
tartib-qoida, ma’naviy-axloqiy me’yorlar, urf-odatlar, an’analar,
umumiy manfaatlar va majburiyatlar bilan ham bog‘liqdir.
Mahalla hayotining jamoa bo‘lib yashash tarzi jamoatchilik
tizimini
keltirib
chiqardi.
Mahallaga
uning
hududida
yashaydigan aholi tomonidan saylab qo‘yiladigan oqsoqol
(mahalla raisi) boshchilik qiladi.