Tarbiya 3 sinf muqova P. cdr



Yüklə 376 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/40
tarix23.12.2023
ölçüsü376 Kb.
#155230
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
96463 c17bc0f304beec87c3e0dbee56a9c558 2

MAHALLAGA MAHALLA FUTBOL
Ko‘chada maza qilib to‘p tepayotgan Adhamni onasi chaqirib 
qoldi. Bundan norozi Adham xohlamay onasining 
oldiga yugurdi.
- Mahallaga mahalla futbol o‘ynayapmiz. Agar 
men ketsam, mahallamiz yutqazib qo‘yadi!
- Mayli, mana bu chiqindilarni tashlab kelib, 
o‘yiningni davom ettirarsan, - dedi buyruq 
ohangida onasi. Adham onasidan javob tek- 
kanidan xursand bo‘lib, chiqindi solin- 
gan xaltani olib 
yugurib ketdi. Le- 
kin chiqindilarni 
yo‘l chetidagi 
ariqqa to‘kib 
yubordi.
Ijodiy faoliyat
1. Adhamning qilmishini «Mahalla taqdiri mamlakat taqdiri 
bilan chambarchas bog‘liqdir. Mahalla obod bo‘lsa, yurt 
obod, mahalla tinch bo‘lsa, yurt tinch bo‘ladi» degan 
hikmat asosida baholang.
2. Adham qaysi qadriyatlarga zarar yetkazdi?


о 
edurtm_uz
II bob. Bilim va odob - inson ziynati
YONG‘IN
Ko'chaning birinchi muyulishida bir 
ayol yolg'iz o‘zi yashar edi. Kechasi 
uning uyida isitgichning nosozligi 
tufayli yong'in sodir bo'ldi. Uning 
uyi hech bir hovliga tutashmagan 
bo‘lsa-da, mahallaning katta-kichi- 
gi o‘t o'chirishga shoshildilar. 0 ‘t 
o'chiruvchilar kelganda ham odam- 
lar yong'in sodir bo'lgan xonadon- 
dan turli narsalarni olib chiqishar, 
mahalla oqsoqoli ko'rsatgan yerga 
yig'ar edilar. Odamlar yelkama- 
yelka turib, bir-birlariga suv uzati- 
shar, kimdirqum separdi. Yong'in 
bartaraf etildi. Mahallaning ahilligi 
tufayli ayol va uning hovlisiga katta 
zarar yetmadi.
L Y i
Ma’lum bir mahallada istiqomat qiluvchi odamlar faqat 
qo‘ni-qo‘shnichilik rishtalari bilangina emas, balki ichki 
tartib-qoida, ma’naviy-axloqiy me’yorlar, urf-odatlar, an’analar, 
umumiy manfaatlar va majburiyatlar bilan ham bog‘liqdir. 
Mahalla hayotining jamoa bo‘lib yashash tarzi jamoatchilik 
tizimini 
keltirib 
chiqardi. 
Mahallaga 
uning 
hududida 
yashaydigan aholi tomonidan saylab qo‘yiladigan oqsoqol 
(mahalla raisi) boshchilik qiladi.



Yüklə 376 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə