Shartli belgilar: taqrizchilar


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Lotin Amerikasi davlatlariga qaysi davlatlar kiradi?
2. Ikkinchi jahon urushiga qadar Lotin Amerikasi qaysi davlat mustam
­
lakasi hisoblangan?
163


164
diktatorlik rejimlariga qarshi kurash 
faollashdi. Bu 1979-yili Nikaraguada inqi-
lobga, Salvador va Gvatemalada isyon-
chilik harkatining kuchayishiga olib keldi. 
Janubiy Amerika davlatlari – Ekvador, 
Peru, Boliviya, Argentina, Braziliya va 
Urugvayda harbiy rejimlar fuqarolik huku-
matlari bilan almashtirildi. XX asrda Lotin 
Amerikasi mamlakatlari uchun umumiy 
boʻlgan modernizatsiyalashning uchta – 
inqilobiy, neokonservativ 
va
 islohotchilik
variantlari yaqqol koʻzga tashlandi. Bu 
variantlarni uchta mamlakat misolida 
koʻrib chiqamiz.
1950
-yillar oxirida Karib dengizidagi kichikina orol – 
Kuba
da yuz bergan 
voqealar butun dunyoning eʼtiborini oʻziga jalb qildi. Kuba jamiyatni 
modernizatsiya qilishning inqilobiy yoʻlini tanladi. 
1959-yil 1-yanvar
kuni 
Fidel
Kastro
boshchiligida qoʻzgʻolonchilar Gavanaga kirib kelishdi, inqilob gʻalaba qozondi. 
F. Kastro hukumati faqat keskin sifat oʻzgarishi Kubani qoloqlikdan olib chiqadi, jami
-
yatni taraqqiyotning zamonaviy darajasiga koʻtaradi deb oʻylab, keskin ijtimoiy­iqtisodiy 
siyosatni amalga oshirdi. AQSHning Kubadagi yangi hukumatga dushmanlarcha 
munosabati aniq boʻlgach, F. Kastro hukumati SSSR bilan kelishuv orqali mamlakat 
mudofaa qudratini mustahkamlay boshladi. Bu esa 
1962-yilgi 

Karib inqirozi”
ga olib 
keldi. Kuba dastlabki davrda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini moderni-
zatsiya qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Sof agrar mamlakat boʻlgan Kubani 
agrar-industrial mamlakatga aylantirish kursi tanlandi. Ammo 1980-yillardan jamiyatni 
modernizatsiya qilishning Kuba variantida kamchiliklar koʻzga tashlana boshladi. Iqtiso
-
diy oʻsish surʼatlari, aholining yashash darajasi pasaydi. SSSRning parchalanishi Kuba 
uchun juda katta zarba boʻldi. 1990­yillarda koʻpchilik F. Kastro rejimining qulashini 
bashorat qilgan edi, ammo unday bo‘lmadi.
Ikkinchi jahon urushida Lotin 
Amerikasi mamlakatlari ishtiroki 
haqida nimalarni bilasiz?

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə