Shartli belgilar: taqrizchilar


Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)
federatsiyasi tashkil 
qilindi. Unga 7 ta amirlik – Abu Dabi, Dubay, Sharja, Ajman, Umm ul-Qayvayn, Al-Fu-
jayra va Raʼs ul­Xayma kirdi. Bu amirliklar ichida eng kattalari Abu Dabi va Dubay 
hisoblanadi. Neftdan oladigan juda katta foyda evaziga mamlakat aholi jon boshiga 
daromad boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlardan birini egalladi. Chet el kapitalini jalb 
qilish uchun erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilingan. BAA Yaqin Sharqdagi eng yirik 
moliyaviy va tranzit savdo markazi hisoblanadi.
1. 1940-yillarning ikkinchi yarmida Suriya tarixida qanday siyosiy jara
­
yonlar kuzatildi?
2. 1932-yili oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan Iroq nima sababdan koʻp jihat
­
dan Buyuk Britaniyaga bogʻliq boʻlib qolgan edi?
3. Saudiya Arabistonida mamlakat qiyofasi oʻzgarib ketishiga sabab 
boʻlgan qaysi omillarni bilasiz?
4. Qaysi voqeadan keyin Arabiston yarimorolining sharqida Birlashgan 
Arab Amirliklari (BAA) federatsiyasi tashkil qilindi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Sanksiya
– 
xalqaro majburiyatlarga yoki xalqaro huquq meʼyorlariga rioya qilmagan, 
ularni buzgan davlatlarga nisbatan bir mamlakat (yoki mamlakatlar guruhi) tomoni-
dan qarshi qoʻllanadigan (iqtisodiy, moliyaviy yoki harbiy) jazo yoxud taʼsir chorasi.
ATAMALAR MAZMUNI
Internetda Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) federatsiyasiga virtual sayohat 
uyush
 tiring va mavzuda oʻrganilgan materiallar asosida tarixiy voqeliklarni tahlil 
qiling.
INTERNET BILAN ISHLASH


 29-
 
mavzu
Lotin Amerikasida 
milliy islohotchilik va 
taraqqiyotning boshqa 
yoʻllari

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə