Shartli belgilar: taqrizchilar



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

Oltin Qirgʻoq
oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va oʻzini 
Gana
davlati deb atadi. Fransiya mustamlakasi 
Gvineya ham oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Bu dastlabki qadamlar butun Afrika tomo
-
nidan qitʼaning mustamlakachilikdan ozod boʻlishi ramzi sifatida qabul qilindi. 
Mustamlakachilikdan ozod boʻlish jarayonlarining eng yuqori nuqtasi 1960­yilga 
toʻgʻri keldi. U tarixga 
“Afrika yili”
sifatida kirdi. Jahon xaritasida 17 ta yangi Afrika 
davlati paydo boʻldi. Keyingi yillarda Buyuk Britaniyaga qarashli deyarli barcha dav
-
latlar oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. 
TROPIK VA JANUBIY AFRIKA MAMLAKATLARI
Mustaqillikdan 
soʻng deyarli birdaniga hayot tubdan yaxshilanadi, degan ishonch 
keng tarqalgan edi. Ammo koʻp hollarda nokapitalistik rivojlanish yoʻlini tanlagan 
mamlakatlarda qiyin vaziyatlar vujudga keldi, mustaqillik uchun kurashgan kechagi 
liderlar va hukmron partiyalar hokimiyatga kelgach, zolimlar va diktatorlarga aylandilar, 
fuqarolar urushlari esa koʻplab qon toʻkilishlariga olib keldi. Kapitalistik yoʻlni tanlagan 
boshqa bir qator davlatlarda ham shunday, deyarli bir xil muammolar paydo boʻldi. 
Bir 
qator Afrika davlatlarida koʻp sonli, tajribasiz va samarasiz, qulogʻigacha 
korrupsiyaga botgan, davlat boyliklarini talon-toroj qiluvchi va shu asosda bir-birini 
qoʻllab­quvvatlovchi byurokratik apparatlar vujudga keldi. 
Bunday sharoitda armiya 
yagona tartib va kuchga ega bo
ʻlgan tashkilot bo‘lib qoldi. Natijada toʻxtovsiz harbiy 
toʻntarishlar yuz berdi. Qashshoqlikdan, urush va genotsiddan, sanoatning yoʻqligi 
tufayli ishsizlik va ilojsizlikdan qutulish uchun millionlab afrikaliklar oʻz qitʼasini tashlab 
ketishga majbur bo‘ldilar.
Sizningcha, Afrika xalqlari tarixidagi V Panafrika 
kongressi hamda “Afrika yili” qanday ahamiyat kasb 
etadi? Fikringizni asoslagan holda T-chizma grafik orga
­
nayzeridan foydalanib taqdimot tayyorlang.

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə