Shartli belgilar: taqrizchilar


Misr da siyosiy va iqtisodiy muhit oʻta beqaror edi.  1952-yili



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

Misr
da siyosiy va iqtisodiy muhit oʻta beqaror edi. 
1952-yili 
mamlakatda inqilob amalga oshirilib, hokimiyatga 
Jamol Abdul
Nosir
boshchiligidagi 
“Yosh ofitserlar”
keldi. Dastlab bu odatdagi harbiy toʻntarish­
ga o‘xshab ko‘rindi. Ammo voqealarning keyingi rivoji bu antiimperialistik va antifeodal 
inqilob ekanligini koʻrsatdi. Inqilob uzoq davom etgan milliy­ozodlik harakatiga yakun 
yasadi va Misrning chinakam mustaqillik davrini boshlab berdi.
Yangi hukumat Misrda bir qator islohotlarni amalga oshirdi. Mamlakatdagi 
barcha siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. Yagona rasmiy siyosiy uyush-
ma – 

Ozodlik tash kiloti”
tuzildi va u yangi rejimning tayanchiga aylandi. Yer 
islohoti natijasida koʻplab dehqonlar yerga ega boʻldi. Ammo hukumat faoliyati
-
ga “Musulmon birodarlar” diniy-mutaassiblik tashkiloti qarshi chiqdi. Aholining 
katta qismi savodsiz boʻlgan mamlakatda ular kuchli taʼsirga ega edi. 1954­yili 
“Musulmon birodarlar” tarafdorlari bilan 

Ozodlik tashkiloti

tarafdorlari oʻr
-
tasidagi qonli toʻqnashuvda “Musulmon birodarlar” tashkiloti tor­mor qilindi. 
J. A. Nosir hukumati Misrni rivojlantirishda SSSR yordamiga tayandi. 1970-yili
J. A. Nosir vafot etgandan soʻng Misr prezidenti etib saylangan 
Anvar Sadat
SSSR 
bilan barcha aloqalarni uzib, AQSH bilan yaqinlashdi va uning yordamida iqtisodiy 
rivojlanishni boshladi. 1981­yil 6­oktyabrda Anvar Sadatning oʻldirilishi ham yangi 
iqtisodiy kursni oʻzgartira olmadi. 
Husni Muborak
prezident etib saylangandan soʻng 
butun 80-yillar va 90-yillar boshlarida Misr jadal rivojlanishda davom etdi. 
Sh
imoliy Afrikadagi arab mamlakatlariga Misr, Sudan, Liviya hamda Magʻrib 
davlatlari – Jazoir, Tunis, Marokash va Mavritaniya kiradi. Bu mamla-
katlarda aholi asosan islom diniga eʼtiqod qiladi. Shu sababli mintaqa arab­islom 
sivilizatsiyasi mamlakatlari hisoblanadi.

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə