Tropik va Janubiy Afrika, XX asrning birinchi yarmida rivojlanishning umumiy qonuniyatlari



Yüklə 24,81 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü24,81 Kb.
#151340
Tropik va Janubiy Afrika, XX asrning birinchi yarmida rivojlanishning umumiy qonuniyatlari


Tropik va Janubiy Afrika, XX asrning birinchi yarmida rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi.
Ermamatova Kamola Ismoil qizi
Tel:+998 91 077 7003 E-Mail:ermamatovakamola45@gmail.com
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi.
Nuriddinova Rohila Yo'ldoshali qizi
Tel:+998 91 586 7666 E-Mail: rohilanuriddinova230@gmail.com
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi.
Safarova Manzura Salimjon qizi
Tel:+998 99 178 0614 E-Mail: manzurasafarova30@gmail.com


Annotatsiya: Ushbu maqolada Tropik va Janubiy Afrika davlatlarining Buyuk davlatlar o‘rtasida shavqatsiz raqobat obyekti bo‘lib qolganligi yoritib o’tilgan. Tropik va Janubiy Afrika bir necha o‘nlab mustamlakalarga bo‘lingan edi. Birinchi jahon urush oxirida bu mintaqaning 90,4foiz maydoni Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Portugaliya, Ispaniyaga o‘tgan edi. Eng katta hududlar va unda yashayotgan xalqlar Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan bosib olingan edi. Angliyaga 77 mln aholisi bilan 38 foiz yerlar tegishli bo‘lsa, Fransiyaga 51 mln aholili 43foiz yerlar to‘g‘ri kelar edi.
Faqat Afrikaning Sahara janubidagi uchta davlat nomigagina mustaqilligicha qolgan edi: bu Efiopiya, Liberiya va Janubiy Afrika Respublikasi edilar. Bu uch davlatning tashkil topishi va rivojlanishi tubdan farq qiladi. Qadimgi dunyo davridan mavjud bo‘lgan Efiopiya davlati Yevropa mustamlakachilariga qarshi kurashda o‘z mustaqilligini saqlab qolgan tub joy aholisining sayi harakatlari bilan vujudga keltirilgan to’g’risida yoritilgan.
Kalit so’zlar: Afrika, JAR, Yevropaliklar, Gollandlar, inglizlar, Keyptaun, Qohira, Fransiya, Portugaliya, inqilob, Efiopiya, Rio-Muni, Basutolend, Bechuanalend, Svazilend, Shimoliy Rodeziya.
Liberiya Respublikasi ozodlik olib Afrikaga-o‘z ota bobolari vataniga qaytgan (1847), sobiq Amerika qullari tomonidan tuzulgan JAR Yevropaliklar-Gollandlar va inglizlar tomonidan asos solingan davlatlar birlashmasi sifatida paydo bo‘lgan edi.
Afrika mamlakatlarini anneksiya qilishga intilish, iqtisodiy tovarlar sotiladigan bozorlar va hom-ashyo manbalarini izlash sabablar bilan ham va siyosiy harbiy strategik, nufuzlilik va boshqa sabablar bilan ham belgilanadi. Mustamlakachilar Tropik va Janubiy Afrika zonasida bepayon mustamlaka mulklarini yaratishga intildilar, Buyuk Britaniya Janubiy Afrikadan Shimoliy Afrikaga bo‘lgan hududda Keyptaun-Qohira yo‘nalishida mulklarning uzluksiz zanjirini tashkil qilish loyihasini rejalashtirdi. Fransiya o‘z navbatida o‘z mulklarini Senegaldan to Somaligacha yaxlit massivini yaratishga intildi.
Birinchi jahon urushi arafalaridayoq alohida mustamlakalarini o‘zining qonunchilik va mamuriy markazi bo‘lgan mintaqaviy mulklarga birlashtirish jarayoni boshlandi. Shu asnoda Afrika xaritasida 1904 yili Fransiya G‘arbiy Afrika(FG‘A)si vujudga keldi. FG‘A 8 mustamlakani: Fransuz Gvineyasi (hozir Gvineya Ruspublikasi), Fil suyagi Qirg‘og‘i (Kot-d, I-vuar) Yuqori Volta (Burkina-Faso), Dagomeyani (Benin), Mavritaniyani Niger, Senegal va Fransuz Sudanini o‘z ichiga olardi. Fransuz G‘arbiy Afrikasining mamuriy markazi Dakar shahri (Senegal) bo‘lib qoldi. 1910 yili Fransuz Ekvatorial Afrikasi ( FEA) tuzildi. FEA tarkibiga to‘rt mustamlaka: Gabon, Chad, Fransuz Kongosi (Kongo) va Ubangi Shari (Markaziy Afrika Respublikasi)lar kiradilar.
Brazdavil shahri (Kongo) Fransuz Ekvatorial Afrikasining mamuriy markazi bo‘lib qoldi. Fransiya Sharqiy Afrikada ham Somali Fransuz qirg‘og‘i (Djibuti), Komor orollari(Komor orollari Federal Islom Respublikasi) va Madagaskardan iborat mustamlakalarga egalik qilardi.
Zambezi daryosidan Janubdagi barcha Afrika ingliz mulklarining yaxlit hududi bo‘lib qoldi. Britaniya Janubiy Afrikasi tarkibiga Janubiy Afrika ittifoqqi (JAI) Basutolend (Lesoto) Bechuanalent (Botsvana), Svazilent, Janubiy va Shimoliy Rodeziya (Zimbabve va Zambiya)lar kirardi. Angliya Janubiy Afrika mulklarining yuridik holati bir hil emasdi: Basutolend, Bechuanalend, Svazilend va Shimoliy Rodeziya protektorat hisoblansa, Janubiy Rodeziya o‘z-o‘zini boshqaruvchi ingliz oq mustamlakasi maqomiga ega edi, Janubiy Afrika Ittifoqi (JAI) esa, Britaniya imperiyasi tarkibiga dominion huquqida kirardi.
Sharqiy Afrikada Buyuk Britaniyaning mulklari Nyasalend (Malavi) protektorati, Britaniya Somalisi (Somalilend) va hozirgi Keniya va Uganda hududlari kirgan Britaniya Sharqiy Afrikasidan iborat edi.
Buyuk Britaniya mulklari G‘arbiy Afrikada Nigeriya mustamlakasi va protektorati, Oltin qirg‘oq mustamlakasi (Gana), Serra-Leone mustamlaka va protektaratidan tarkib topgan edi.
Belgiya birgina ammo hudud jihatidan Afrikadagi hamma mustamlakalardan eng kattasi bo‘lgan. Belgiya Kongosiga (Kongo), Portugaliya esa Angola, Mozambik, Portugaliya Gvineyasi (Gvineya-Vissau) ga egalik qiladilar.
Italiyada ikkita mustamlaka-Eritreya va Somaliyya (Italiya Somalisi) bor edi. Barcha ispan mustamlakalari uncha katta bo‘lmay, G‘arbiy Afrikada joylashgan bo‘lib, ular Rio-Muni, Fernando Po orollari va shuningdek kam aholisi bo‘lgan va cho‘l Ispan Saharasidan iborat edi.
Germaniya Afrikada o‘zining Togo va Kamerun, Germaniya Janubiy G‘arbiy Afrikasi (Namibiya) va shunindek Ruanda-Urundi (Burundi) mustamlaka mulklariga egalik qilardi.
Mustamlaka boshqaruvi tizimlarining o‘ziga hos hususiyatlari.
Tropik va Janubiy Afrika bo‘lib olingandan keyin metropoliya mamuriyatidan iborat boshqaruvning mustamlaka organlari shakllana boshlaydi. Ilgarigi doimiy harbiy boshqaruv usuli juda ham serharajat va kam samarali bo‘lib shu bois mustamlakalarda hokimiyatni harbiy- yevropaliklar qo‘lidan amaldor- yevropaliklarga o‘tkazila boshlandi. Bunda mahalliy aholi ayrim vakillari boshqaruvga jalb qilindi, bu avval boshida faqat ho‘ja ko‘rsinga amalga oshiriladi. Biroq malum vaqt o‘tishi bilan Afrika aholisi orasidan loaqal minimal miqdordagi ijtimoiy tayanchsiz mustamlaka aholisini samarali ekspluatatsiya qilinishini taminlash mumkin emasligi ayon bo‘lib qoldi. Yevropa mamuriyatiga yordamga qabila sardorlari va boshqa maxalliy hukmdorlar jalb qilindilar, mahalliy aholi saflarida amaldor kadrlar tayyorlandi. Bu bilan avvalo missionerlik maktablari shug‘ullandilar.
Mustamlakachilik boshqaruvining shakillanayotgan tizimining harekteri konkret shart-sharoitlar bilan; bir tomondan bosib olingan mamlakatning taraqqiyot darajasi, mustamlakachilik tartiblariga mahalliy aholining qarshilik ko‘rsatish kuchi bilan, boshqa tomondan-mustamlakalarda yevropadan u ko‘chib kelganlarning manzilgohlari, jamoalarining mavjudligi va ko‘lami bilan belgilanar edi. Boshqaruvga afrikaliklarni jalb qilishning turli tuman usullari ikki shaklga: to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita boshqaruvga olib boradi. Bevosita boshqaruv tizimi ko‘proq fransuz mustamlakalarida, bilvosita boshqaruv esa ingliz protektoratlarida foydalanilgan. To‘g‘ridan to‘g‘ri boshqaruv usulini o‘zining mustamlakalarida shuningdek Portugaliyaliklar, Belgiyaliklar, Germaniyaliklar ham afzal deb bilganlar. Biroq bazi bir mustamlakalarda (manzilgohni mustamlakalar) inglizlar ham (Keniya, Janubiy Rodeziya va boshqa) to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqaruv variantidan foydalandilar. Tashqi tomondan farqlariga qaramasdan ikkala tizim ham yevropaliklar hukumronligini mustahkamlashga qaratilgan mustamlaka halqlarini siyosiy asoratga solish shakli ekanligini namoyon qilar edi.
Bevosita boshqaruv sharoitida odatda hokimiyatning mahallliy ananaviy instutitlari mustamlaka mamuriy tizimining quyi zvenosiga aylanib qayta shakllantirilardi. Bu tizimning barcha bo‘g‘inlarida yevropacha ish yuritish va huquq tizimi joriy qilindi. Afrika qabilalari sardorlari va boshqa mahalliy hukimdorlar amalda o‘zlarining pul okladlari va ular uchun ajratib berilgan qaramog‘idagi kishilari bilan mustamlakachilik apparatining amaldorlari bo‘lib qo‘ydilar. Ularni almashtirish, bir mamuriy rayondan ikkinchisiga o‘tkazish tez-tez uchrab turadigan hodisa bo‘lib, bunday mahalliy amaldorlar o‘zining malumoti va mustamlakachilar oldidagi hizmatlari darajasiga qarab toifalarga bo‘linar edi.
Mustamlaka boshqaruvining to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaklini boshqa bir harakterli jihati Yevropa mamuriyati tomonidan o‘tkazilayotgan assimlyatsiya yoki naturilizatsiya siyosati bo‘lib, u asosan Fransiya va Portugaliya tomonidan amalga oshirilgan. Uning birinchisi irqlarning tengligini elon bo‘gan qilgan Buyuk Fransuz inqilobi tamoyillaridan kelib chiqsa, ikkinchisi portugal ko‘p irqli jamoasini tashkil qilish g‘oyasidan kelib chiqar edi. Bazi afrikaliklarga metrapoliyaning to‘la qonli fuqarolari bo‘lib yetishish sharoiti berildi. Biroq bunday fuqarolikni olishga har kimning qurbi yetmas edi albatta. Masalan: “Naturalizatsiya haqida”gi 1912 yilgi qonunni oladigan bo‘lsak, bu qonun Fransuz G‘arbiy Afrikasida tug‘ilgan har qanday inson agar u fransuz manfaatlariga o‘z sadoqatini isbotlagan, kamida 10 yil davlat yoki hususiy fransuz xizmatida bo‘lgan bo‘lsa, fransuzcha o‘qish va yozishni bilsa, o‘ziga to‘q va yahshi harakterga ega bo‘lsa fransuz fuqaroligini olish mumkinligini ko‘zda tutadi. Kimki bu talablarga javob bera olmaydigan bo‘lsa, ularga fransuz imperiyasi qaramog‘idagi kishilar sifatida qaralar edi. Sivilizatsiyalashmagan xalqlar qatoridan silivizatsiyalashgan xalqlar toifasiga o‘tishni hohlovchilar uchun ana shunday talablarni partugal mustamlakachi mamuriyati ham ilgari surdi.Natijada fransuz mustamlakalarida 1930 yillarning ohiriga kelib “Qora tanli yevropaliklar” 80 ming kishini, portugal mustamlakalarida esa, chamasi 26 ming kishini tashkil etar edi.
Bevosita boshqaruvdan farqli tarzda, bilvosita boshkaruvning mohiyati shundan iboratki, unda odatda tuzilgan mustamlakalar doirasida mustamlakaga qadar mavjud bo‘lgan ananaviy davlat va ularning hokimiyat institutlari bilan qabila birlashmalari saqlanib qolardi. Biroq bunda mahalliy hokimiyat faoliyati mazmunining o‘zi butunlay o‘zgaradi. U oliy mustamlakachi mamuriyatga xizmat qilishga va u tomondan kelib tushayotgan ko‘rsatmalarni bajarishga qayta yo‘naltiriladi. Mahalliy hokimiyat raxbarlari, ular lavozimining barcha tashqi alomatlari saqlab qolindi. Bunday hukmdorlar agarda o‘zlarini mustamlaka mamuriyati oldida obro‘sizlantirib qo‘ymasalar, o‘z lavozimlarida butun umrga qolishlari ham mumkin edi.
Xulosa
Afrika hukmdorlarining faoliyati ingliz toji nomidan chiqarilgan uchta asosiy qonun-mahalliy hokimiyat, mahalliy sudlar va mahalliy daromadlar to‘g‘risidagi qonun bilan tartibga solingan.
Birinchi marta 1907 yil Shimoliy Nigeriya uchun qabul qilingan. Undan keyin Tropik Afrikadagi boshqa ingliz mustamlakalari uchun tarqatilgan mahalliy hokimiyat to‘g‘risidagi qonun, mahalliy aholi ustidan Afrika hokimiyati nazoratini rasman mustaxkamlab berdi. Ingliz mustamlaka mamuriyati barcha tizimni qo‘llab quvvatlash qabila sardorlariga yuklandi. U yosh bu mahalliy hukmdorni tayinlash huquqini gubernatorda qoldirildi.
Inglizlar tomonidan tan olingan hukmdorlarning hokimiyati ularga ijrochilik funksiyalarini mustahkamlab qo‘yilishiga tayanadi. Mahalliy mamuriyat havfsizlik va ular nazoratiga ishonilgan hududlardangi jamoat tartibini taminlashga majbur edi. Unga shuningdek yo‘llar, bozorlar, jamoat binolari, shu jumladan mexmonxonalar va yevropa amaldorlarining turar joylarini holati ustidan nazorat qilish ham yuklanadi.
Sudlar to‘g‘risidagi qonunga muvofiq Afrika sud institutlari faoliyati ingliz amaldorlari tomonidan qattiq nazorat qilingan, sudlar cheklangan vakolatlarga ega edilar. Ingliz rezidentlari mahalliy sud raisining o‘rinbosarini, sudning istagan azosini tayinlash, shuningdek ularni almashtirish huquqlariga ega edilar.
FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR
1. Кром. M.M. Историческая антропология. Пособие к лекционному курсу. 1-е изд. СП б: 2000; 2-е изд. СП 6-2004; 3-е изд. СП б 2010.
2. Kottak С.Ph. Anthropology: the ehploration of human diversity. 12 th ed. - New York: Mcgraw-Hill Inc., 2008,R.3^23.
3. Barnard A. History and Theory in Anthropology. Cambridge University Press. 2004.R.1-15.
4. Феллер В. Введение в историческую антропологию. М. 2005
5. Малиновский Б. Магия, наука и религия. М., 1998 С. 70-91.
6. Historische Anthropologie. Der Mensch in der Geschichte / Hrsg. von H. Siissmuth. Gottingen, 1984.
7. Александров Д. А. Историческая антропология науки в России // Вопроси истории естествознания и техники. 1994. № 4
8. Asqarov А.А. CTzbek xalqining kelib chiqishi tarixi. - Toshkent. « 0 ‘zbekiston» NMIU, 2015.
9. Suleymanov R.X. «So‘g‘d madaniyati tarixidan lavhalar» (Naxshab yoki Qarshi vohasi arxeologiyasi asosida). uslubiy qo‘llanma. Toshkent. 2018 174
10. Ashirov A.A.Etnologiya: o‘quv qo‘llanma. - Toshkent. 2014,544b.
11. Sagdullayev A.S.Qadimgi 0 ‘rta Osiyo tarixi. Toshkent. «Universitet»-2004 y. 12.Isomiddinov M.N. Tarixiy antropologiya. Toshkent. «Navro‘z», 2019,157 b. 13. Марк Блок. Апология истории, или Ремесло историка. Перевод Е.М. Лысенко. М. Издательство «Наука» 1973 г. 234 с. 14. Марк Блок. Короли-чудотворцы. Перевод и комментарии В. А.
Yüklə 24,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə