Shartli belgilar: taqrizchilar



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

Tokugava syogunligi
agʻdarildi. 
Syogun
qoʻshinlari jangsiz taslim boʻldi va 
oʻzining otameros mulkiga joʻnab ketdi. Biroq Tokugava tarafdorlariga qarshi harbiy 
harakatlar davom ettirilib, 1869-yili syogunlik butunlay tugatildi. Bu yillardagi voqealar 
Yaponiya tarixida 
Meydzi inqilobi
nomini oldi. Bu nom shuning bilan bogʻliqki, im
-
perator 
Mutsuxito
hukmronligi rasman 
Meydzi
deb atalib, u 
maʼrifatli boshqaruv
 
maʼnosini anglatadi. Meydzi davri 1868–1912­yillarni oʻz ichiga oladi.
YAPONIYA
Modernizatsiya – ...
ESGA OLING
Meydzi inqilobining sodir bo‘lishi


34
1871
-yilda mamlakatning ya-
gona davlatga birlashish 
jarayoni yakunlandi. Feodal yer mulklari 
tugatildi va toʻgʻridan toʻgʻri markaziy hu
-
kumatga boʻysunuvchi prefekturalar joriy 
qilindi, tabaqalar soni uchtagacha qisqar-
tirildi: unvonli aslzodalar, zodagonlar va 
oddiy xalq.
“Yangi Yaponiya”ni qurish aynan 
imperator hokimiyatining tiklanishi bilan 
bogʻliq. Bu inqilobni amalga oshirganlar 
jadallik bilan mamlakatni qayta qurishga 
kirishdilar. Yaponlar o‘ziga xos moʻjiza ya
-
ratdilar: ular aholi bir paytning oʻzida ham 
Gʻarbda, ham Sharqda yashaydigan – ikki 
xil sivilizatsiyaga asoslangan mamlakatni 
qurdilar.
Iqtisodiy va harbiy jihatdan kuchayishi 
bilan Yaponiyaning mustamlakachilik 
intilishlari ham avj olib bordi. 1904– 
1905-yillardagi rus-yapon urushidan 
keyin Yaponiya Janubiy Manchjuriya va 
Koreya ustidan oʻz hukmronligini oʻrnatib, 
Koreyaning tashqi siyosatini ham belgilay 
boshladi. 1910-yildan Koreya rasman 
Yaponiyaning mustamlakasi boʻlib qoldi.
M
odernizatsiya jarayonida Gʻarb madaniyatiga taqlid qilish, undan ilgʻor fan va 
texnika yutuqlarini qabul qilish mamlakatning umumiy madaniy darajasini oshi-
rishga xizmat qildi. Hukumatning madaniyatni yanada yevropalashtirish talabi aholining 
bir qismi, ayniqsa, ziyolilar oʻrtasida norozilikni keltirib chiqardi. Sanʼat namoyandalari 
orasida yapon milliy madaniyatini, oʻziga xos sanʼatini tiklash gʻoyasi kuchaydi.

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə