Shartli belgilar: taqrizchilar



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I
1. “Yosh turklar” partiyasi qachon tashkil etildi? Partiya faoliyatining 
asosiy yoʻnalishlarini sanab oʻting
.
2. Forsda 1905–1911-yillardagi burjua-demokratik inqilobi qanday yakun
­
landi?
3. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Fors uchun umumiy boʻlgan belgilar 
nimalardan iborat edi?
4. Bu davrda Fors davlatiga nisbatan chet el davlatlarining taʼsiri qanday 
bo‘ldi?
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Xaritadan XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Turkiya va Eron hududlarini 
toping.
MUSTAQIL 
ISH


43
 8-
 
mavzu
Afrika mamlakatlarida 
mustamlakachilik va 
taraqqiyot muammolari
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Afrika mamlakatlarining hududi asosan qaysi qishloq xoʻjaligi mah
­
sulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan?
2. Oʻrta asrlar Afrika mamlakatlari rivojlanishining oʻziga xos xususiyat
­
lari nimalardan iborat edi?
3. Yangi davr boshlarida Afrika mamlakatlari taraqqiyotining orqada qo
­
lish sabablarini sanab oʻting.


44
Y
angi davrning eng sharmandali hodisalaridan biri qul-
chilik va qul savdosi boʻldi. Qul savdosi Buyuk Britaniya, 
Fransiya, AQSH kabi davlatlarda rasman XIX asrning birinchi 
yarmidayoq taqiqlangan edi. 1889–1890-yillardagi Bryussel 
konferensiyasi qul savdosini taqiqladi va Afrikadan qullarni 
maxfiy olib ketishga qarshi kurash boshlandi. 
Qul 
savdosi u bilan shugʻullanuvchilar va savdogarlarga 
juda katta foyda keltirardi. Yevropa va Amerikadagi shaharlar – 
Bristol, Liverpul, Manchester, London, Nant, Ruan, Amsterdam, 
Nyu York, Yangi Orlean, Rio de Janeyro va boshqalarning jadal 
rivojlanishi va gullab­yashnashi qul savdosi bilan bogʻliq edi. 
Qariyb 
toʻrt asr ichida yevropaliklar Amerikaga 15–16 million qul 
olib kelishdi. Atlantika okeani orqali amalga oshirilgan qul sav-
dosi jarayonlarida taxminan 60–70 million kishi halok boʻldi. Qul 
savdosi Afrikaning sillasini quritish evaziga Yevropa va Amerika 
mamlakatlarining iqtisodiy gullab-yashnashiga xizmat qildi.
XIX 
asrning 70­yillarigacha davom etgan qul savdosining Afrika uchun eng ogʻir 
oqibatlaridan biri psixologik holat boʻldi: inson hayoti qadrsizlandi, quldorlar va qullarning 
degradatsiyasi 
(tanazzulga uchrashi) yuz berdi. Qulchilikning eng gʻayriinsoniy koʻrini­
shi – 
rasizm
(irqchilik) mafkurasi shakllandi. Toʻrt asr davomida koʻpchilikning, avvalo 
yevropaliklarning tasavvurida qul deganda afrikalik, yaʼni qora tanli odam aks etadigan 
boʻlib qoldi. Koʻplab avlod Gana, Songay, Benin, Monomotapa kabi oʻziga xos sivilizatsi
-
yalar haqida maʼlumotga ega ham boʻlmasdan, Afrikani faqat qul savdosi va qul tushun
-
chalari orqaligina tasavvur qildi. Qul savdosi Afrika xalqlarining notarixiyligi, yuqori aqliy 
qobiliyatga ega emasligi toʻgʻrisidagi gʻayriilmiy konsepsiyalarni keltirib chiqardi. Yevro
-
paliklar Afrikani zabt etish va mustamlakalarga boʻlib olishdagi oʻzlarining gʻayriinsoniy 
va axloqsiz harakatlarini oqlash uchun bu konsepsiyalardan ustalik bilan foydalandilar.
1884
–1885-yillardagi Ber lin kon-
fe rensiyasi Af ri ka ni mus tam-
lakaga aylantirish davridagi muhim voqea-
lardan biri boʻldi. Konferensiya Yevropa 
davlatlari ishtirokida “Qora qitʼa” taqdirini 
muhokama qilishga bagʻishlangan birinchi 
maxsus yigʻilish boʻldi. Yigʻilish 
Germaniya 
va Fransiya tashabbusi bilan chaqirilib, 
unda 12 ta Yevropa davlati hamda AQSH 
va Turkiya qatnashdi. Konferensiyada Afri-
kaga Yevropa davlatlari mustamlakachilik 
Berlin konferensiyasi
Sizningcha, qul savdosining 
Afrika uchun eng ogʻir oqibatlari 
qaysi jihatlarda koʻrinadi?

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə