39
I
slom sivilizatsiyasi tarixida XIII–XIV asrlardan bosh-
langan intellektual tushkunlik XVI asrga kelib iqtisodiy
va siyosiy inqirozni ham boshlab berdi. Bir paytlar jahon
taraqqiyotining yalovbardori boʻlgan islom sivilizatsiyasi
XVII asrga kelib chuqur intellektual inqirozga yuz tutdi
va islom mamlakatlaridagi taʼlim va madaniyat markaz
-
larining koʻpchiligi tor fikrli mutaassiblar va murosasiz
jaholatparastlar oʻchogʻiga aylanib qoldi. XIX asr oxiri –
XX asr boshlariga kelib islom sivilizatsiyasi mamlakatlari
Gʻarbdan ancha orqada qolib ketgan edi.
B
ir vaqtlar Usmoniylar imperiyasi islom dunyo-
sining eng qudratli davlati boʻlib,
u sultonning
yakka hukmronligiga asoslangan monarxiya edi. Iqti-
sodiyotining asosini juda qoloq qishloq xoʻjaligi tashkil
qilganligi uchun ochar chiliklar boʻlib turardi. Usmo
-
niylar hukumatining islohotchilik kursi ham puchga
chiqdi. Barcha harakatlarga qaramasdan, XIX asrning
oxirgi choragiga kelib Turkiya yarim mustamlaka, chet
el kapitaliga qaram mamlakatga aylanib qolgan edi.
Ana shunday vaziyatda jamiyatning
ilgʻor qatlam
-
lari orasida mavjud holatga
qarshi norozilik kayfiyati
kuchaya boshladi. 1865-yili Ista
nbulda maxfiy siyosiy
tashkilot tuzilib, uning aʼzolari oʻzlarini “yangi usmoniy
-
lar” deb atadilar. Yevropada bu tashkilot “Yosh Turkiya”,
uning ishtirokchilari “yosh turklar” nomini oldi. Ularning
harakati tufayli Turkiyada islohotlar boshlandi.
Tarix fanidagi
bilimlaringizga
tayanib anʼanaviylik
va islohotchilik
tushunchalariga
taʼrif bering.
Dostları ilə paylaş: