Shartli belgilar: taqrizchilar


AFRIKANING BO‘LIB OLINISHI



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

AFRIKANING BO‘LIB OLINISHI


46
AFRIKA XALQLARINING MUS TAM LA KA CHILIKKA 
QARSHI KURASHLARI
XIX asr oxirida Tunis aholisi
Tropik Afrika mamlakatlarida milliy 
mafkuraning shakllanishida yangi, oʻqi
-
mishli ijtimoiy qatlamning paydo boʻlishi 
katta rol oʻynadi. Odatda bu qatlamni 
mustamlaka rejimiga xizmat qilayotgan 
kichik amaldorlar, oʻqituvchilar, ruhoniy
-
lar, shifokorlar va yuristlar tashkil qilardi. 
Koʻp hollarda bu afrikaliklar anʼanaviy 
shakllangan ajdodlar dinidan voz kechi-
shardi. Xristianlikni qabul qilganlaridan 
soʻng ularni bogʻlab turgan qabilaviy 
aloqalar susayib, yevropacha madani-
yatga intilish kuchayib borardi. Ana shu 
yangi qatlam doirasida milliy intelligensi-
ya (ziyolilar) shakllanib bordi.
M
ustaqillik uchun kurash yillarida 
Afrika vatanparvarlarining ajoyib 
qobiliyatlari namoyon boʻldi. Qarshilik 
koʻrsatish harakatlariga asosan katta­ 
kichik davlatlar va davlat birikmalari-
ning hukmdorlari, qabilalar boshliqlari 
rahbarlik qildilar. Ular orasida, ayniqsa, 
Samori

Behanzin, Raboh, Muhammad 
ibn Abdulla
kabilar oʻz jasorat lari va ud
-
daburonliklari bilan mash hur boʻlganlar.
Bu davrda Afrika mamlakatlari 
uchun umumiy boʻlgan mustamla
­
kachilik va taraqqiyot muammolari
­
ning o‘ziga xos jihatlari nimalardan 
iborat?
TARIXIY MUSHOHADA
XIX asrning 70-yillarigacha ... 
1884–1885-yillardagi Berlin konfe
­
rensiyasi ...
1876-yilgacha Yevropa davlatlari ...
BILIB OLING


47
Xullas, Birinchi jahon urushi 
arafasida imperialistik dav-
latlarning Afrikani boʻlib olish 
jarayoni yakunlandi. Oʻz vata
-
nini va mustaqilligini himoya 
qilgan yuz minglab afrikaliklar 
mustamlakachilar bilan boʻlgan 
tengsiz janglarda halok boʻldilar. 
Mustamlakachilar esa qitʼaning 
tabiiy boyliklarini talash, aholisini 
shafqatsiz ekspluatatsiya qilish 
evaziga cheksiz boyliklar orttirib, 
Yevropani yuksaltirishga hissa 
qoʻshdilar.

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə