Shartli belgilar: taqrizchilar


UCHLAR ITTIFOQI VA ANTANTANING VUJUDGA KELISHI



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

UCHLAR ITTIFOQI VA ANTANTANING VUJUDGA KELISHI
 
1882-yili Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya 
Uch-
lar ittifoqi
 harbiy-siyosiy blokini tashkil qildi.
1904–1907-yillari Uchlar ittifoqiga qarshi Buyuk Brita
­
niya, Fransiya va Rossiya oʻrtasida harbiy-siyosiy blok 
shakllandi va u 
Antanta
 nomi bilan tarixga kirdi.
YODDA TUTING


52
1914
-yil 28-iyunda Avstriya-Vengriya taxtining vorisi – shahzoda Frans 
Ferdinand va uning xotini Bosniyaning Sarayevo shahrida “Mlada 
Bosna” (“Yosh Bosniya”) tashkilotining aʼzosi Gavrilo Prinsip tomonidan otib oʻldirildi. 
Gavrilo Prinsipning bu qilmishi mudhish oqibatlarga olib keldi. Avstriya-Vengriya 
imperatori Vilgelm II oʻz hukumatidan bu qotillikka javoban urush eʼlon qilishni talab 
qildi. 23­iyulda Avstriya­Vengriya Serbiyaga ultimatum eʼlon qildi, uni qabul qilish 
Serbiya uchun oʻz mustaqilligini yoʻqotish bilan barobar edi. Shunga qaramas
-
dan, Serbiya deyarli barcha talablarni qondirishga rozi boʻldi, ammo 
28-iyul
kuni
Avstriya­Vengriya Serbiyaga urush eʼlon qildi.
Serbiyani aniq halokat holatiga tashlab qoʻyish Rossiyaning imperiyachilik man
-
faatlariga zarar yetkazardi hamda slavyan va pravoslav birdamligi anʼanalariga xilof 
edi. Shu sababli Rossiyada umumiy safarbarlik eʼlon qilindi. Germaniya hukumati 
Rossiyaga ultimatum eʼlon qilib, safarbarlikni toʻxtatishni talab qildi. Rossiya bu 
ultimatumga javob bermadi. Shundan soʻng Germaniya 
1-avgust
kuni Rossiyaga, 
3-avgust
kuni esa Fransiyaga urush eʼlon qildi. 
4-avgust
kuni Angliya Germaniyaga 
urush eʼlon qildi.
Urush umumyevropa xarakteriga ega boʻlib, tezda Yevropa chegaralaridan chiqib 
ketdi. Yaponiya urushdan Xitoyni boʻysundirishda, Tinch okeandagi Germaniya 
mustamlakalarini egallab olishda hamda Uzoq Sharqda oʻz hukmronligini oʻrnatishda 
foydalanmoqchi boʻldi. 

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə