N. M. Kayumova


Adabiyotlarni o'rganish metodi



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

Adabiyotlarni o'rganish metodi 
- Pedagogik adabiyotlarni 
o'rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks 
ettiruvchi, mutafakkir va ma'rifatparvar pedagog olimlarning 
asarlari, mustaqil O'zbekistonning iqtisodiyotiga, mafkurasi- 
ga va ma'naviyatga doir adabiyotlar, tadqiqot mavzusiga doir 
darsliklar, monografiyalar, risolalar va maqolalar, tadqiqot 
mavzusiga doir pedagogik, psixologik tadqiqotlar, dissertatsi- 
yalar o'rganiladi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi.
Kuzatish metodlari 
- Kuzatish adabiyotlarni o'rganishdan 
keyin boshlanadi. Kuzatishni tadqiqotchi biror maqsadni 
ko'zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning das­
turi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vazi- 
yatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilana­
di. Kuzatish muddatiga ko'ra ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq 
muddatli kuzatish - qisqa kuzatish obyektning kundalik faoli- 
yatdagi o'zgarishlaridan ma'lum xulosaga kelish. Uzoq mud­
datli kuzatish - qo'yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib
31


borilib, ma'ium ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishni 
yakuniy qayd qilishda kinosyomka, video yozuvi, televideniye 
va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin. Kuzatish 
metodidan to'g'ri foydalanish o'quv-tarbiya jarayonining sa­
maradorligini oshiradi. Yangi ijodiy faoliyatga boshlaydi.
Suhbat metodi - Tadqiqot mavzusining biror tomoni yo­
ki hodisalari haqida bilib olish maqsadida mas’ul shaxslar bi­
lan og'zaki savollar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. 
So'roqlar mavzu doirasida mantiqan mazmunli, tartibli, aniq 
ifodaga ega bo'lishi lozim va uni to'g'ri yoki noto'g'rililigiga qa­
rab jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida 
intervyu olish ham mumkin. O'rinli, mantiqan yuksak javoblar 
yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil 
etiladi.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə