N. M. Kayumova



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

Umumiy o‘rta 

ta’lim 
j
bosqichlari
Boshlang'ich
ta’lim
(1-4 sinflar)
Tayanch ta’lim
(5-11 sinflar)
58


ynalishda mutaxassislik yoki kasb-hunar maTumotini berish 
va ularda bu boradagi amaliy ko'nikma va malakalarni shakl- 
lantirishdan iboratdir. O'quvchilar to'qqiz yillik umumiy-maj- 
buriy ta'limni tugatganlaridan so'ng yana uch yil o'rta max­
sus yoki kasb-hunar ta’limini ixtiyoriy tarzda o'zlashtiradilar. 
O'rta maxsus kasb-hunar ta'Iimi akademik litsey va kasb-hu- 
nar kollejlarida olib boriladi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb- 
hunar bo'yicha ishlash huquqini beradigan, shuningdek, ixti- 
soslik faoliyati yoki ta'limni navbatdagi bosqichda davom et- 
tirish uchun asos bo'luvchi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limini 
beradi.
Akademik litsey o'quvchilarning aqliy qobiliyatlarini jadal 
o'stirish, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va muayyan mu- 
taxassislikka yo'naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydi. Aka­
demik litsey o'rta maxsus uch yillik o'quv yurti hisoblana­
di. Ushbu o'quv yurtida o'quvchilar o'zlari tanlagan yo'nalish 
bo'yicha bilimlarni oshirish va muayyan fanlar asoslarini 
chuqur, mukammal o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 
Akademik litseylar asosan oliy o'quv yurtlari qoshida tashkil 
etiladi.
Insonning tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisob­
lanadi. Ular har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqi- 
yotini belgilaydigan omillardir. Shunday o'quvchilar borki, ular 
o'rta ta'lim jarayonida ma'lum yo'nalish bo'yicha o'zlarining 
iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan 
oqilona foydalanish, uni to'g'ri yo'naltirish katta ahamiyat 
kasb etadi. Akademik litseylar aynan shu maqsadni amalga 
oshirishga iqtidorli, iste'dodli bolalarni tarbiyalashga xizmat 
qiladi.
Kasb-hunar kolleji o'quvchilarning muayyan kasb-hunarga 
moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tan- 
langan kasb-hunar yo'nalishi bo'yicha bir yoki bir necha ixti- 
soslik ma'lumotini olishni ta'minlovchi hamda uch yil davo­
mida tashkil etiluvchi kasb-hunar ta'limini yo'lga qo'yadigan 
o'quv yurtidir.
59


O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida"gi Qonuniga 
ko'ra akademik litsey va kasb-hunar kollejining maqomi teng- 
dir. Mazkur turdagi o'quv yurtlarida tahsil olgan o'quvchilar 
oliy o'quv yurtiga kirishda yoki tanlangan yo'nalish bo'yicha 
faoliyat ko'rsatishda, konstitutsiyaviy haq-huquqlaridan foy- 
dalanishda teng huquqlidir. Akademik litsey va kasb-hunar 
kollejlari yuqorida qayd etilganidek, o'z oldilariga qo'ygan 
maqsadlari bilangina bir-biridan ma'lum ma’noda farq qiladi.
Kasb-hunar kollejlari, o'rta maxsus o'quv yurtlari va boshqa 
ta'lim muassasalari turli yo'nalishlarda tashkil etiladi. Shuni 
alohida qayd etish joizki, yangidan tashkil etilayotgan kasb- 
hunar kollejlari ayni vaqtda ishlab turgan bilim yurtlaridan 
ham mazmunan, ham shaklan tubdan farq qiladi. Bu farqlar ni- 
malarda ko'rinadi?
Yangi tipdagi kasb-hunar kollejlarining faoliyati, o'quv ja­
rayonini samarali texnika va texnologiya yutuqlari yordami­
da tashkil etilib, yuksak malakali usta, kichik mutaxassis tay- 
yorlashdan iboratdir. Ta'lim jarayoni jahon talablariga javob 
beruvchi, istiqbolni ko'zlab chiqilgan o'quv rejasi va dasturlari 
asosida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari uchun ishlab chi­
qilgan o'quv dasturlari o'zidan oldingi ta'lim bosqichi umumiy 
o'rta ta'lim maktablarini o'zidan keyingi bosqichda turgan oliy 
o'quv yurtlarining o'quv dasturlari bilan o'zaro bog'liqlikda 
bo'lib, ta'limning uzluksiz va izchillik tamoyiliga to'la mos ke­
ladi.
Navbatdagi farq, kasb-hunar kollejlari pedagoglarining sa- 
viyasi yuqoriligi va ta'lim jarayoniga pedagogik texnologiya­
ning tatbiq etilganligidadir.
Kasb-hunar kollejlarida zamonaviy asbob-uskunalar, o'quv- 
uslubiy qurollar, ko'rgazmali vositalar, axborot texnologiya- 
lar va kompyuterlar bilan jihozlanishi ham tubdan farq qila­
di. O'quv binolari, ustaxonalarning zamonaviyligi bilan ajralib 
turadi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, kasb-hunar kollejlarida 
ishchi kadrlar emas, balki keng ixtisoslikdagi kichik mutaxas- 
sislar tayyorlanadi. Yana bir afzalligi bunday o'quv yurtlarida
60


har hududning o'ziga xos jug'rofiy va demografik shart-sha- 
roitlari va mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojlari hisobga olingan 
holda kadrlar tayyorlanadi.
Kollejlarda kadrlar tayyorlash jarayoni ikki yoqlama tizim 
asosida amalga oshiriladi. O'quvchilarga beriladigan ishlab 
chiqarish ta'limi o'quv muassasasining ustaxonalarida va ish­
lab chiqarish korxonalaridagi amaliyot bilan uzviy bog'liq hol­
da olib boriladi.
Umumiy o'rta maktablarning to'qqizinchi sinfini tugatgan- 
lar yakuniy davlat attestatsiyasi natijasini, o'quvchi tomonidan 
yig'ilgan reyting ko'rsatkichlari hamda pedagogik-psixologik 
tashxis markazlarining tavsiyalariga asosan akademik litsey 
va kasb-hunar kollejlarida muayyan yo'nalish bo'yicha o'qishni 
davom ettiradilar.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə