N. M. Kayumova


II. "Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi quyidagi kichik



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

II. "Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi quyidagi kichik
sohalari”
- "Men" konsepsiyasi:
- hissiyotlar va ularni boshqarish;
- ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.
III. "Nutq. Muloqot, o'qish va yozish m alakalari” sohasi
quyidagi kichik sohalarga bo'linadi;
- nutq va til;
- o'qish malakalari;
- qo'l barmoqlari mayda motorikasi.
IV. "Bilish jarayonining rivojlanishi" sohasi qo'yiladi
kichik sohalarga bo'linadi;
- intellektual-anglash malakalari:
- elementar matematik malakalar:
- tarkibiy va samarali refleksiv faoliyat.
1. 
Elementar matematik bilim va ko'nikmalar 
- bunda 
bolaning matematik, jumladan son-sanoq malakalarini rivoj­
lantirish orqali matematik bilimlarini orttirish, mantiqiy fikr- 
lash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini, son-sanoq, 
miqdor, shakl, kattaliklar va o'lchov birliklaridan foydalanish 
malakalarini rivojlantirishga erishiladi, bola son-sanoq va hi- 
soblashga oid bilimlarini namoyon qilishi, predmetlarni toi-
82


falash, guruhlash va tartib bo'yicha joylashtirish qobiliyatini 
namoyon qilishi lozim.
2. Atrof-muhit to'g'risidagi bilimlar 
- bunda bola kuzatish 
va amaliyot orqali atrof-muhit to'g'risida axborot oladi, jonli va 
jonsiz tabiatni kuzatishi va ta'riflay olishi, inson tana a'zolarini 
bilishi lozim.
3. Ijod 
- bunda bola milliy madaniy meros va madaniyat- 
ni hurmat qilishga va o'z hissiyotlarini musiqa, teatr va tas­
viriy faoliyat orqali ifodalashga o'rganadi. Bola turli tovush va 
ovozlarni, tovushlarning balandligi va tembiga ko'ra farqlay 
olish, jamoa bo'lib musiqiy faoliyatlarda ishtirok etishga qizi­
qish bildirishi, cholg'u asboblarida chalish malakalarini namo­
yon etishi, amaliy faoliyatda ishtirok etishga qiziqish bildirishi 
lozim.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə