N. M. Kayumova


ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR
RIVOJLANISHIGA QO'YILADIGAN DAVLAT TALABLARI
O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabr- 
dagi PK-2707-son" 2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizi­
mini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 
qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929- 
son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi 
to'g'risida"gi nizomi va “Maktabgacha ta'lim muassasalari rah­
bar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasi-
78


ni oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida"gi qaroriga aso­
san Davlat talablari qabul qilindi2.
Davlat talablarn O'zbekiston Respublikasi hududida mulk- 
chilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat'iy nazar, quyidagi 
ta’lim muassasalarida qo'llaniladi:
- davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
- nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
- maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo'lgan "Mehri- 
bonlik” uylari.
- maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi 
o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari, makta­
bgacha ta’lim turlari bo'yicha pedagogik kadrlar malakasini 
oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshirish muassasalarida 
xodim va rahbarlar Davlat talablariga rioya qilishlari lozim.
Davlat talablarining maqsadi - mamlakatda o'tkazilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg'or taj- 
ribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion 
kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktab­
gacha ta'lim tizimida ma'nan mukammal va intellektual rivoj- 
langan shaxsni tarbiyalashdir.
Davlat talablarining asosiy vazifalari:
- maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta'lim- 
tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash;
- milliy umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bo­
lalarga ta'lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakl­
lari va usullarini joriy etish;
- ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy ax- 
borot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan 
va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə