O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


shartlarning xalqaro savdo qoidalari va davlatning amaldagi qonun hujjatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   135
KITOB

shartlarning xalqaro savdo qoidalari va davlatning amaldagi qonun hujjatlari 
talablariga mos kelishidir.
 
Avval shartnomalar tuzish uchun namunali shartnomalar ishlatilgan. Bir 
tomondan, bu shartnoma tuzish jarayonini osonlashtiradi. Boshqa tomondan, 
ma’lumki, universal shartnoma mavjud emas. Bu turli xil tushunmovchiliklar, 
chiqimlar, yuzaga kelgan nizolar tufayli munosabatlar uzilishiga olib keladi. Har bir 
alohida olingan holat, tomonlar savdo munosabatlarini qanchalik ko‘p vaqtdan beri 
olib borishi yoki ular bir birlarini qanchalik yaxshi bilishiga bog‘liq bo‘lmagan 
ravishda alohida yondashuvni talab etadi, namunaviy shakl hech qachon mutaxassis
kadr o‘rnini bosa olmaydi.
Mujmallik va tushunmovchilikka yo‘l qo‘ymang.
Har bir ta’rif, tushuncha,
xattoki, tinish belgisi huquqiy jihatdan jiddiy ahamiyatga egadir. Agar siz uchun 
shartnomada biror bir narsa tushunarsiz bo‘lsa – bu haqda mutaxassisdan so‘rash 
lozim: mazkur tushuncha nimani anglatadi, u yoki bu jumla qanday manoga ega va 
h.k. Mujmallik, jumlalarning noaniqligi, nizolar kelib chiqqanda hamda ularni sud 
tartibida xal etilganida, yo‘l qo‘yilgan noaniqliklar, kontragent tomonidan o‘z 
foydasiga izohlanadi.
Undan tashqari, bunda kontragentning ham xiylasi bo‘lishi mumkin, keyinchalik 
u sizni kutilmagan murakkab, balki, ilojsiz vaziyatga qo‘yishi mumkin.
Binobarin, yuqorida qayd etilgan qoidalar jamlanganda o‘ziga xos ahamiyat 
kasb etadi. Tajribadan ma’lumki, ularni nazarga olmaslik bir qator salbiy iqtisodiy va 
huquqiy oqibatga olib keladi.
Tashqi savdo shartnomasining tarkibini shartlar, tomonlarning huquqi va 
majburiyatlari tashkil etadi. Oldin takidlanganidek, tashqi savdo shartnomalari 
belgilangan strukturaga egadirlar. Shartnomaning bo‘limlari mantiqiy ketma-ketlikda 
joylashtirilgan. Xalqaro oldi-sotdi shartnomasini uning strukturasi bo‘yicha ko‘rib 
chiqish maqsadga muvofiqdir.
 
Ixtiyoriy ishonchli shartnoma to‘rtta qismdan iborat bo‘lishi zarur:
-Preambula (yoki kirish qismi). 
-Shartnoma predmeti. Tomonlarning huquqlarii va majburiyatlari. 
-Shartnomaning qo‘shimcha shartlari. 
-Shartnomaning boshqa shartlari. 
Bularni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasiqonunchiligida eksport-
import shartnomalarining tuzilmasi va shartlariga oid asosiy talablar qo‘yilgan.


25 
2.2.1- jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə