39
– tadbirkorning tovar ishlab chiqarayotgan yoki saqlagan joyi xaridorga
ma’lum bo‘lsa, uni o‘sha yerda topshirish majburiyati.
Shartnoma bahosi.
Maqsadli shartnoma ishtirokchilar tomonidan kelishilgan
narxda baholanadi. Shartnoma tuzilganidan keyin narxni o‘zgartirish faqat
shartnomada nazarda tutilgan holda mumkin.
Shartnomani bajarish usuli.
Bajarish usuli –
bu bajarish jarayonidagi
tomonlarning shartnomada belgilangan tartibdagi harakatlaridir. Umumiy qoidaga
ko‘ra, agar tomonlar kelishuviga binoan majburiyatni qismlab bajarish nazarda
tutilmagan bo‘lsa, majburiyat butunligicha bir marta bajarilishi shart. Tomonlarning
shartnoma bo‘yicha majburiyatlari bir vaqtda bajariladi. Yana, agar kelishuvda aks
holat kelib chiqmasa.
Shuning uchun, shartnoma tuzishda tomonlar majburiyatlar
qanday bajarilishini aniq va jiddiy belgilab berishlari zarur.
Shartnoma bajarilishing texnik-huquqiy pog‘onasi.
Mazkur pog‘onaning
mohiyati - bajarilgan ishning miqdori va sifatini teksirish hamda buni rasmiy hujjatlar
bilan tasdiqlashdir.
Bajarilgan ishni qabul qilib olgan shaxs qarama - qarshi tomonga tegishli
hujjatni taqdim etishi shart. Faqat majburiyatning bajarilishigina, majburiyat olgan
tomon uchun uning tugashini anglatadi.
Bundan tashqari, majburiyat olgan tomon
majburiyat bajarganligi haqida rasmiy hujjat olmasa, u o‘z zimmasiga olgan
majburiyatlarni to‘laligicha bajargan bo‘lsa ham yuridik jihatdan qarzdor hisoblanadi.
Majburiyatlarning ixtiyoriy bajarilishi rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak,
aks holda, majburiyatlar bajarilmagan hisoblanadi.
Majburiyatlarning
bajarganliligi
haqida
rasmiy
tasdiqlovchi
hujjatlar
quyidagilar:
a) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) topshirish - qabul qilib olish akti;
b) tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) xaq to‘langanligi haqida, bank tomonidan
tasdiqlangan, to‘lov qog‘ozi;
v) transport tashkilotidan yuk qabul qiluvchi manziliga yo‘naltirilgan,
tovar
tushirib bo‘linganligi haqida kvitantsiya;
d) sotuvchi omboriga yuk tushirilishi haqida kvitantsiya;
e) qabul qilib oluvchining tilxati;
f) boshqa hujjatlar va guvohliklar.
Shuning uchun tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi tuzayotgan bitimi uchun
qaysidir qonunchilikni to‘g‘ri tanlab, uni o‘rganib, mo‘ljallab olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: