41
Neustoyka
-ikki tomondan birining shartnomadagi
biror majburiyatni vaqtida
bajarmaganligi uchun olinadigan jarima.
Undan tashqari, xorijda majburiyatlarni bajarish uchun mulkka huquqni zaxiraga
olib qo‘yish usulidan keng foydalaniladi. Majburiyatlar bajarilishini akkreditiv,
sug‘urta
bitimlar, valyutaga oid qo‘shimchalar kabi huquqiy shakllar ham
ta’minlaydi. Huquq ularni majburiyatlarni bajartirish usullariga kiritmasa ham, ular
shartnoma bajarilishi uchun katta ahamiyatga egadir.
Jarima.
Bu - qonunda yoki shartnomada belgilab qo‘yilgan
pul miqdoridir,
qarzdor o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmasa yoki zarur darajada bajara
olmasa, jumladan, shartnoma
shartlarini vaqtida bajarmasa, mazkur mablag‘ni
muqobil tomonga to‘lashga majburdir. Jarima turlari sifatida penya va shtrafni
ko‘rsatish mumkin.
Shtraf –
qarzdor, oldindan belgilangan miqdorda yoxud qarz miqdori yoki
bajarilishi lozim bo‘lgan butun predmetga (shartnoma bahosiga)
nisbatan foiz
ko‘rinishida, qarz beruvchiga to‘lash majburiyatini olgan, shartnomada belgilangan,
ma’lum pul miqdoridir.
Dostları ilə paylaş: