40
qarama-qarshilik qiladi. U holda, kollizion normalarni
unifikatsiya qilishga
mo‘ljallangan xalqaro Konvensiyalar orqali xal etiladi. (masalan 1955-1986
yillardagi Gaaga Konvensiyasi).
Tashqi savdo bitimini tuzayotib, tomonlar huquqlariini belgilashlari kerak
bo‘ladi.
Boshqacha qilib aytganda, tashqi savdo bitimidagi munosabatlar qaysi
qonunchilik asosida amalga oshirilishi yoki tartibga solinishini belgilash kerak
bo‘ladi. Lekin, bitimga qo‘yiladigan
shartlar, ikki tomonning kelishuvi asosida
amalga oshiriladi. Bunday qonunchilikni tanlash avtonomlik prinsipi deyiladi.
Ko‘pgina mamlakatlarda shartnomalarni lokalizastiyalash printsipi joriy etilgan:
bunda tomonlar tuzayotgan bitim bilan bog‘liq har qanday huquqni tanlash
imkoniyatiga ega boladilar. Yuqoridagi avtonomlik printsipidan kelib chiqqan holda,
shuni
aytish mumkinki, tashqi savdo bitimini tuzayotganda tomonlar qaysi
qonunchilik asosida boshqarilib turishini ko‘rsatib o‘tmasalar, u holda quyidagi aniq
manziliga ega bo‘lgan tomonlar faoliyat ko‘rsatib, ular mamlakatining qonuni asosida
boshqarilib, tartibga solinib turiladi:
Shartnomadagi majburiyatlar nuqtai nazaridan, shartnomaning
shartlari ikkiga
yani majburiy va qo‘shimcha shartlarga bo‘linadi. Shartnomaning
majburiy shartlari
– bu zaruriy shartlar bo‘lib, bitimni ijro etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim va
printsipial masalalarni mujassamlashtirgan va shartnomaning shartida albatta
ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan shartlardir. Modomiki, ularning
birortasi ifoda etilmasa,
bitimni ijrosi qiyinlashadi, ayrim hollarda esa umuman bajarib bo‘lmaydi. Boshqacha
qilib aytganda bu shunday baza, asoski, usiz shartnoma tashqi savdo shartnomasi deb
hisoblanmaydi. Bu borada shuni nazarda to‘tish kerakki, normal tashqi savdo
shartnomasi faqatgina majburiy shartlar bilangina chegaralanib olishi kerak emas.
Unda shuningdek, ananaviy ravishda qo‘shimcha shartlar, bitimni bajarish jarayonida
duch kelishi mumkin bo‘lgan barcha nyu’anslar nazarda tutilib,
bitimning
bajarilishini maksimal ravishda engillashtiruvchi shartlar aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: