31
bo‘lmaydi. Xalqaro oldi-sotdi shartnomasi-bu shunday hujjatki,
unda sotuvchi
shartnomada ko‘rsatilgan tovarni ikkinchi tomonning mulkiga o‘tkazib berishi kerak.
Ikkinchi tomon ham o‘z navbatida tovarni qabul qilib, uning pulini to‘lab berishi
kerak.
Shartnomalar quyidagicha rasmiylashtirilishi mumkin:
• muddatli shartnoma - tovarni qatiy belgilangan muddatda yetkazib berilishini
nazarda tutadi va muddat buzilgan taqdirda xaridor shartnomani bekor qilishga
haqlidir;
• uzoq muddatli shartnoma - 3-5 yil va undan ko‘proq muddatga tuziladi;
•
mahsus shartnoma - loyixalash, montaj ishlari, texnik xizmat ko‘rsatish,
sinovlar o‘tkazishga va xokazolarga tuziladi;
• chegarali shartnoma - keyin aniqlashtirilishi kerak bo‘lgan asosiy shartlarnigina
o‘z ichiga oladi;
• niyatlar shartnomasi - xaridorning tovarni qatiy majburiyatlarsiz xarid qilish
niyatini belgilaydi.
Bayon etish shakliga ko‘ra oldi - sotdi shartnomalari
yozma shaklda tuzilishi
kerak. Lekin xalqaro amaliyotda ko‘pincha bitimlar og‘zaki shaklda, telefon orqali,
auksionlar, birjalarda tuziladi. Biroq keyin og‘zaki kelishuv albatta yozma shartnoma
bilan tasdiqlanib, ikkala taraf tomonidan imzolanadi. Shu paytdan boshlab
taraflarning majburiyatlari ham paydo bo‘ladi.
Ko‘pincha xalqaro savdoda ikki tarafli shartnomalar uchraydi,
shuning uchun
uning tarkibi, tuzilishi, amal qilish jarayoniga zarur etibor berilishi kerak.
Xalqaro oldi-sotdi shartnomalarining turli ko‘rinishlari mavjuddir:
Birlamchi yetkazib berish shartnomasi- bir vaqtning o‘zidagi kelishuv bo‘lib,
shartnomada ko‘rsatilgan tovar miqdorini, belgilangan muddatdagi sanada yetkazib
berishdir. Tovarni yetkazib berish belgilangan muddat ichida bir yoki bir necha
marotaba amalga oshiriladi. Belgilangan majburiyatlar
bajarilishi bilan shartnoma
bekor qilinadi. Birlamchi shartnomalar qisqa muddatli va uzoq muddatli yetkazib
berishli shartnomalari bo‘lishi mumkin.
Davriy yetkazib berishli shartnomalari- belgilangan miqdordagi tovarlar
Dostları ilə paylaş: