O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   135
KITOB

Shartnoma predmeti. 
Shartnoma predmetida tomonlarning huquq va 
majburiyatlari, majburiyatlarni bajarish muddati va joyi, usuli ko‘rsatiladi. Shartnoma 
predmeti shartnomaning muhim shartlaridan iboratdir. Mazkur bo‘limda quyidagilar 
ko‘rsatiladi: tovarning (ish va xizmatning) nomi va to‘liq tavsifi, sifati va miqdori, 
assortimenti, o‘lchovlari, modellari, yig‘ilish, tovar ishlab chiqilgan mamlakat, 
tovarni ta’riflash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, jumladan, mahsulotga doir 
xalqaro va milliy standartlarga ishora.
 
Majburiyat huquqi. 
«Majburiyat-fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga 
asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni 
amalga oshirishga: chunonchi, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar 
ko‘rsatish, pul to‘lash yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, 
kreditor esa-qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega 
bo‘ladi»
6
.
 
Majburiyat mulkiy munosabatlar kelishuviga ko‘ra bitim asosida vujudga keladi. 
Bunda ikki taraf qatnashib, ma’lum huquq va burchlarni amalga oshiradi. Burchni 
bajarish – majburiyatni keltirib chiqaradi. Fuqarolik huquqida majburiyat, bu 
kimningdir foydasiga muayyan harakat qilish burchidir deyilgan.
Majburiyatlarni tartibga solib turadigan normalar yig‘indisi majburiyat huquqi 
deb ataladi. Majburiyatlar shartnoma asosida bo‘ladi. 
Majburiyatning taraflari-kreditor yoki qarzdor sifatida bir yoki bir paytning 
o‘zida bir necha shaxs ishtirok etishi mumkin. 
Majburiyat shartlarga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar 
va talablar bo‘lmaganida esa ish odatiy yoki qo‘yilgan boshqa talablarga muvofiq
bajarilishi kerak. Majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish va shartnoma 
shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonun hujjatlarida va 
shartnomaning o‘zida belgilangan hollar bundan mustasno. 
Majburiyatni bajarish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoki talab qilib olish 
muddati belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, kreditor ijroni talab qilishga, qarzdor esa-ijroni
amalga oshirishga haqli bo‘ladi. Majburiyatni darxol bajarish vazifasi qonundir. 
Shartnomada qarzdor bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab yetti 
kunlik muddat ichida bajarishi shart. 
Majburiyatni bajarish joyi qonun hujjatlarida va shartnomada belgilab qo‘yilgan 
bo‘lmasa, ijro quyidagi joylarda amalga oshirilishi kerak: 
-ko‘chmas mol-mulkni topshirish majburiyatlari bo‘yicha mol-mulk turgan 
joyda; 
6
O`zRning fuqarolik kodeksi 234-модда T. Adolat 1996yй. 104-b 


28 
-tashish nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish 
majburiyatlari bo‘yicha kreditorga yetkazib berish uchun tovarni birinchi tashuvchiga 
topshirish joyida; 
-qarzdorlarning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan o‘zga 
majburiyatlari bo‘yicha- mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida (basharti 
majburiyatning kelib chiqishi paytida bu joy kreditorga ma’lum bo‘lgan bo‘lsa); 
-pul majburiyati bo‘yicha-majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor yashagan 
joyda, (agar kreditor yuridik shaxs bo‘lsa-uning majburiyati vujudga kelgan paytda 
joylashgan yerida). Agar kreditor majburiyatni bajarish vaqtigacha o‘z yashash joyini 
yoki joylashgan yerini o‘zgartirgan bo‘lsa va bu xaqda qarzdorni xabardor qilgan 
bo‘lsa-ijro etish joyi o‘zgartirilishi bilan bog‘liq hamma xarajatlarni kreditor 
hisobidan qoplanadigan joyida; 
-boshqa barcha majburiyatlar bo‘yicha-qarzdorlarning yashash joyida, agar 
qarzdorlar yuridik shaxs bo‘lsa, uning manzilida. 
Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash quyidagi usullar asosida amalga 
oshirilishi mumkin: 
-neustoyka (jarima va penya) 
-garov
-kafillik
-ushlab qolish
- kafolat
-oldindan pulning bir qismini to‘lash
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida majburiyatlarni buzganlik 
uchun javobgarlik asoslari belgilangan. 
Majburiyatlar uning bajarilishi tufayli, voz kechish orqali, hisobga o‘tkazish 
bilan, qarzdor bilan kreditor bir shaxs bo‘lib qolishi, majburiyatning yangilanishi, 
qarzdan voz kechish, bajarish mumkin bo‘lmaganligi tufayli, davlat organi hujjati 
asosida, fuqaro vafot etishi bilan, yuridik shaxslarning tugatilishi sababli bekor 
bo‘lish holatlari qonun hujjatlarida belgilangandir.
7
Qarzdorlar majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi 
tufayli kreditorga yetkazilgan zararni to‘lashi shart. 
Majburiy shartlarga quyidagilar kiradi 
1. Shartnomaning nomlanishi, asos qilib olingan va qonun bilan 
mustaxkamlangan bitim nomi bilan bir xil bo‘lishi kerak.
2. Shartnomaning tuzilgan joyi va sanasi (imzolangan). 
3.Tomonlarning xuddi mamlakatidagi savdo reestrida rasmiylashtirilgan 
nomidek belgilanishi. Chunki, amaliyotda bir insofsiz tadbirkor shirkatining nomini 
to‘liq yozmay, shartnoma shartlarini bajarmay, uning bu shartnomaga ta’lluqli 
emasligiga harakat qilgan. Shuning uchun tomonlarning to‘liq nomlari va joylashgan 
mamlakati ko‘rsatilishi zarur; 
4. Shartnomaga imzo chekuvchi shaxslar. Ayniqsa ularning mansablari ham 
ko‘rsatilishi kerak.
5.Shartnomaning predmeti (oldi-sotdining predmeti hisoblanmish tovar va 
7
O`zRning fuqarolik kodeksi 34-352-м. Т.Аdolat 1996 145-148-b. 


29 
xizmatning belgilanishi, qo‘shimcha ravishda uning sifati ko‘rsatilishi, odatda 
tovarning xalqaro yoki milliy standarti ko‘rsatiladi); 
6. Tovarning hajmi va yetkazib berish muddatlari; 
7. Yetkazib berishning bazis shartlari (FOB, CIF, DAF, Franko va b.s.); 
8. Tovar bahosi va shartnomaning umumiy summasi.
9. Kafolatlar (masalan, avtomobil, mashina, texnologiyalar, qurilish montaj 
ishlarida)
10. To‘lov shartlari. 
11. Sanktsiya va reklamatsiyalar (jarima, pretenziyalar); 
12. Tomonlarning yuridik manzillari va imzolari; 
O‘z navbatida kalitli va eng zaruriy shartlardan birlari, bu yetkazib berishning 
bazis shartlari va to‘lov shartlaridir. Chunki ular bitimning eng katta qismini 
bajaradilar. Masalan, narx-navo darajasi, transportirovka masalasi, sxema va hisob-
kitob tartibi, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, chunki undagi yo‘l qo‘yilgan xato va 
kamchiliklar shartnomani bajarilishini qiyinlashtiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə