O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Muzokaralar olib borishdagi qoidalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   135
KITOB

3.6. Muzokaralar olib borishdagi qoidalar 
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, suhbatning muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlovchi 
omillardan biri - vakolatxona ish olib borayotgan mamlakat bilan muhokama 
qilinayotgan masalalar va boshqa konkret ishlarni hisobga olish, muhokama qay 
darajada ekanligiga e’tibor berishdan iborat. Shu bilan birga ikki tomonlama va 
xalqaro munosabatlarning qator muammolarini atroflicha o‘rganish zarur. Bir qator 
masalalar bo‘yicha axborotga ega bo‘lgan, korxona vakili bo‘lajak tashrifga yaxshi 
tayyorlanishi lozim. Hamda suhbat jarayonida o‘ta nazokatlilik va bosiqlik bilan o‘z 
korxonasining manfa’tlarini himoya qilishi lozim.
Odamlarga muayyan va e’tiborli munosabat, bosiqlik, odamshavandalik va 
suhbat olib borish maxorati korxona vakili uchun eng zarur xislatlardan hisoblanadi.
Istalgan suhbatlarda korxona vakili o‘zi turgan mamlakat hukumatining ichki va 
tashqi siyosatini tanqid qilmasligi lozim. Shu bilan birga mamlakat urf-odatlari
an’analarini xurmat qilishi va aloxida shaxslar haqida nojo‘ya fikr bildirmasligi 
lozim. Bunday tanqid yoki munosabat o‘zi turgan mamlakatning ichki siyosatiga
aralashuv sifatida baholanishi mumkin. Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, yuqorida 
ta’kidlangan tarzda tanqidiy fikr bildirgan korxona vakili odatda «nomaqbul shaxs» 
(«persona non grata») deb e’lon qilinadi. Korxona vakili faoliyat ko‘rsatayotgan 
mamlakatning hukumatini, uchinchi mamlakatlar hukumatlarini tanqid qilishi ham 
tavsiya qilinmaydi. 
Ayrim hollarda korxona vakili bilan koalitsion kuchlar, hukumat tarkibiga 
kirmagan muholif partiyalar vakillari uchrashib, ular hukumatni tanqid qilishga moyil 
bo‘ladilar. Ba’zan ular korxona vakilining hukumat siyosati haqidagi fikrlarini
so‘raydilar. Bunday savolga javob berishdan qochgan ma’qul. Jurnalistlar bilan 
suhbatlarda juda extiyot bo‘lish lozim. Chunki jurnalistlar, garchi korxona vakililari 
ularga hech qanday ma’lumot bermagan bo‘lsa ham, u bilan o‘tkazgan suhbat 
dalilidan foydalanishlari mumkin. Aynan ana shunday jurnalistlar o‘zlari o‘ylab 
topgan xabarlarni «Korxona vakillari vakolatxonaga yaqin doiralar» ga ishora qilib 
e’lon qiladilar. 
Ba’zida suhbatdosh korxona vakiliga norasmiy tarzda suhbatlashishni taklif 
qiladi. Bunday usul korxona vakilining xushyorligini susaytirish uchun qo‘llaniladi. 
Natijada bunday holatlarda juda ham xushyor bo‘lish zarur. 
Korxona vakillari suhbatida o‘zaro manfaatdorlik ruxi hukm suradi. Har bir 
suhbatdosh sherigidan o‘ziga noma’lum bo‘lgan ma’lumot yoki xabarni olishga 
intiladi. Shuning uchun suhbat ikki tamonlama bo‘lishi lozim. O‘z tomonidan 
korxona siriga daxldor bo‘lmagan barcha ma’lumotni bayon qilishi mumkin. 
Korxona vakilining xorijiy korxona vakili bilan uyushtiradigan suhbati - tashqi 
siyosiy tadbir sifatida baholanishi mumkin. Bu suhbat asosida markazga telegraf 
axboroti jo‘natiladi, natijada markazga va o‘z korxonasiga zarur tezkor choralar 
ko‘riladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə