Abdulla Qahhor



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/39
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160527
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Abdulla Qahhor. Anor [@kitoblar pdf]

1935-yil
MIRZO
Mezbon uzoq yo‘ldan kelgan mehmonni ochiq chehra
bilan qarshi olmasa, bir piyola choyini darig‘ tutsa, biron


165
harakati yoki so‘zdagi ohangi bilan «nega kelding, yo‘qlab
turgan edimmi?» degan ma’noni bildirsa, mehmonning qay
holatda qolishini tasavvur qila olasizmi? Agar mehmon
mezbon oilasida biron janjal bo‘layotgani ustidan chiqsa,
bundan ham yomon, o‘ng‘aysiz holatda qoladi. Mezbon uning
uchun jonini fido qilsa ham, o‘sha janjalning natijasi
bo‘ladigan bir necha minutlik jimlik yoki asabiy yuzda aks
etgan soxta tabassum hammasini yuvib ketadi.
Boqi mirzo bir necha yildan beri ko‘rishmagan qarin-
doshinikiga uzoq yo‘ldan mehmonga kelib janjal ustidan
chiqdi. Kechki payt edi. U bukchayib, mirzolik kasbining
serdaromad kunlaridan xotira qolgan kumush naqshli hassasini
do‘qillatib eshikdan kirganida mezbonlar (aka-uka) yengil
kiyimda baland ayvonning bahavo yeriga qo‘yilgan stolning
ikki yog‘ida xomush o‘tirishar edi. Stolning ustida donalari
sochilgan shaxmat taxtasi, bir chetda patefon. Mirzo ariq
bo‘yiga kelganda ham uni hech kim ko‘rmadi. Ayvonning bir
chetida kachalkada o‘tirgan yoshgina juvon irg‘ib o‘rnidan
turdi-da, patefonning oldiga kelib, uning membramini ko‘rdi.
– Zardangizni patefonga qilasizmi, qarang, membramini
yordingiz! – dedi va patefonni ko‘tarayotib mirzoga ko‘zi
tushdi.
– Assalomalaykum, – dedi mirzo.
Mezbonlar dilsiyohlik kayfiyatini yashirishga urinishdi,
ammo yotar mahaligacha bu bir necha martaba yuzaga chiqdi
va oqibat, mehmonning ko‘ngliga bo‘lak gaplar kelmasin
uchun, ikki orada o‘tgan gapni aytishga majbur bo‘lishdi.
Keyindan ma’lum bo‘ldiki, bu, Boqi mirzoning bu yerga
kelishdan kuzatgan muddaosiga daxldor janjal ekan.
Boqi mirzo shu nom bilan o‘z shaharida ma’lum kishi
edi. U Nikolay zamonasida shirkatlarda, fermalarda mirzolik
qilib, o‘z xizmatini manzur qilgan edi. Inqilobga yaqin bir
hissador shirkatga oz sarmoya bilan bo‘lsa ham sherik bo‘ldi
va bir-ikki yil qattiqchilikni ustiga olib mustaqil bir ish
boshlashga niyat qilganida inqilob niyatiga yetkazmadi, shuning
uchun inqilobdan koyidi va o‘zini chetga tortib, qolgan uch-
to‘rt kunlik umrini qanday qilib ham bo‘lsa o‘tkazish ko‘yiga
tushdi: har kimlarga turli arizalar, duoyi salomlar yozib berishni
kasb qilib oldi. Ammo uch-to‘rt kunlik umrda bir sababi


166
tirikchilik deb boshlagan bu ish unga boylik va’da qila
boshladi. Yangi hukumatga arz-dodi ko‘p bo‘lgan xaloyiq
uning uyidan uzilmas, u bir kunlik daromadini o‘n kun yer
edi. Nomi 
о
‘sib ketgan Boqi mirzo ko‘p vaqt o‘tmay «Inobatli
mirzo» nomi bilan bosh ko‘tardi. Inobatli mirzo desa
shaharning to‘rt dahasi bilar edi, chunki, u yozgan arizalarning
ko‘pchiligi «mahkamalar qoshida inobatga o‘tar», shuning
uchun hali bu mahkamalarning siriga tushunib yetmagan bir
mahsido‘z hamma sirni ariza yozish tartibida gumon qilib,
unga «Inobatli mirzo» deb nom qo‘ygan edi.
Vaqti kelib bu odamga nima uchun «inobatli» sifati
berilgani kishilarning esidan chiqib ketdi. Mirzo arizalar va
o‘qishga ketgan farzandlarga duoyi salomlar yozish bilan kun
o‘tkaza berdi. Ammo zamon o‘tgan sayin uning xizmatiga
muhtoj kishilar va shu bilan birga daromad ham kamaya
berdi. Oqibat shu darajaga yetdiki, mirzo shahar pochta-
xonalarining biriga muttasil qatnashga va har kimning qo‘liga
qarab, adres yozib berish va blanka to‘ldirishga o‘z xizmatini
taqdim qilishga majbur bo‘ldi. Biroq bu kasbdan putur ketdi:
mirzo ilgari bir kunlik daromadini o‘n kun yesa, endi o‘n
kunlik daromadi bir kunga ham yetmas edi. Endilikda hech
oila yo‘qki, unda bir yoki bir necha savodli odam bo‘lmasin.
Mana shuning uchun mirzo, kunlarning birida, kampiri bilan
maslahat qilib, boshqa kun o‘tadiganroq shaharga ko‘chish
rejasini tuzdi va bu yerga shu reja yuzasidan shahardagi
sharoitni o‘rganish uchun kelgan edi.
Ertasi hordiq kuni edi. Ertalab choydan so‘ng mehmonning
oldida munozara yana yangilandi. Bulardan biri Samarqand
ta’lim-tarbiya akademiyasidagi bir ilmiy xodimning tez savod
chiqarish to‘g‘risidagi tajribasini quvvatlar, ikkinchisi Tosh-
kentdagi ta’lim-tarbiya ilmiy-tekshirish institutining metodi
to‘g‘risida so‘zlab, unga so‘z bermas edi.
– Bola albatta bundan mustasno, – der edi biri, – lekin
katta odamni o‘n besh kunda savodli qilaman...
– Sen o‘n besh kunda savodini chiqarsang, men o‘n
kunda chiqaraman.
– Xo‘p, ikki odam top, ko‘ramiz!
– Sen top!


167
Savodsiz odam topish mojarosi avvalgi mojarodan ham
ortib tushdi. Inobatli mirzoning zardasi qaynab ketdi:
– Xayr, mana men topay, qo‘yinglar, – dedi Mirzo,
kechqurun samovarga chiqdi, ikkita choynak choy ichdi.
Samovarchi uchinchi choynak choyni keltirib qo‘yganida, mirzo
sekin undan «savodlimisan?» deb so‘ragan edi, samovarchi
zaharxanda qilib, «sizni uch yil o‘qitishga qudratim yetadi», dedi.
Bundan bir yil burun shu choyxonaning devoriy gazetasida
«So‘nggi savodsiz» sarlavhasi bilan bir maqola bosilgan va
bunda shu mahalladagi so‘nggi bir savodsizni chandilgan,
kalaka qilingan, shundan beri «savodingiz bormi?» degan so‘roq
bu mahallada «aqlingiz rasomi?» deganday haqorat bo‘lib
tushadigan bo‘lib qolgan edi. Mirzo samovarchining g‘ashi
kelganiga tushunolmay qaytib ketdi. Mirzo savodsiz odam
qidirib uch-to‘rt kun ichidayoq bu shahardagi sharoitni bila
qoldi: «Chakki kelgan ekanman, bekor chiqimdor bo‘ldim»,
dedi. Uning mo‘ljali kelar hordiq ertasi qaytish edi.
U, hordiq oqshomi hammomga tushdi-yu, xodimgarlardan
biriga haligi so‘rog‘ini berdi. Xodimgar hammomda berilgan
bu savolga ajablandi-yu, jo‘rttaga: «G‘irt omiman», dedi. Mirzo
sevinib uning birorta o‘ziga o‘xshagan ulfati bilan ertaga borib
bir piyola choy ichib qaytishini iltimos qildi, adres berdi.
Ertasi kuniga mezbonlar bir talay mehmon chaqirishgan edi.
Ikki xodimgar mehmondorchilik ustidan chiqdi. Mezbonlardan
biri mehmonlarga voqeani bayon qildi. Voqeadan xabardor bo‘lgan
xodimgarlar tipirchilab qolishdi. Mehmonlardan biri yosh bolalarni
to‘plab she’r o‘qib berayotgan bir juvonga ta’na qildi:
– Musobaqada ko‘z bo‘yash bilan yutgan ekansiz-da,
To‘tixon!..
Juvon yugurib keldi.
– Nega? Nima qipti?
– Mana, ikki savodsiz. Mahallamda sakkiz yashardan qirq
besh yashargacha hammasi savodli, degan edingiz-ku!
Juvon xodimgarlarga qaradi va so‘radi:
– Shu mahallalikmisizlar yo boshqa mahalladan kel-
dinglarmi?
– Yo‘q, shu mahallalikmiz?
– Savodsizmisizlar?
– G‘irt omimiz, opa.


168
Juvon qizardi.
Juvonning eri ikkala xodimgarning o‘rtasida o‘tirar edi.
U, xodimgarlarning savodsiz ekaniga ishonmadi-da, sinab
ko‘rmoqchi bo‘ldi, bir taxta qog‘oz so‘rab olib qizil qalam
bilan yirik-yirik qilib yozdi:
«Qosimjon, hammomga tushganimda butun kiyimlarimni
o‘g‘irlagan shu ikkovi».
U xatni yozib bo‘lib endi Qosimjonga uzatmoqchi bo‘l-
ganida, ikkala xodimgar baravar uning qo‘liga tarmashdi.
– Nima deyayotibsiz?! – dedi biri ko‘zi olayib.
– Og‘zingizga qarab gapiring! – dedi ikkinchisi undan
ham battar darg‘azab bo‘lib, – siz aytgan odam biz emas...
Bu orada nima sir o‘tganidan bexabar bo‘lgan mehmonlar
hayron edi. Juvonning eri xatni baland ovoz bilan hammaga
o‘qib bergandan keyin qiyqiriq kulgi bo‘lib ketdi.
Inobatli mirzo gangib qoldi.
– Olib kelgan odamlaringiz savodli chiqib qoldi-ku, –
dedi mezbonlardan biri mirzoning yelkasiga shappalab.
Mirzoning ko‘zlari olayib, xodimgarlarga qaradi.
– Nega odamni laqillatasizlar!.. – dedi va etagini qoqib
o‘rnidan turib ketdi.
Inobatli mirzo saharda poyezdga chiqdi.
1935-yil

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə